Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Okrug va uchastka komissiyalarining vakolatlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   250
4-§. Okrug va uchastka komissiyalarining vakolatlari. 
Referendum o’tkazuvchi okrug komissiyasi quyidagi vakolatlarga ega: 

 
okrug hududida qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishi; 

 
referendum  uchastkalarini  tuzish,  ularni  tartib  raqamini  belgilash;  manzilini 
ko’rsatib ro’yxatini e’lon qilish; 

 
 uchastka  komissiyalarini  tuzish,  ularning  tarkibi  va  joylashgan  manzili  e’lon 
qilish hamda uchastka komissiyalari faoliyatini yo’naltirib, muvofiqlashtirib turish; 

 
referendum  uchun  ajratilgan  mablag’larni  uchastka  komissiyalari  o’rtasida 
taqsimlash,  uchastka  komissiyalarini  binolar,  transport  va  aloqa  vositalari  bilan 
ta’minlanishini  nazorat  qilish  va  okrugda  referendumni  moddiy  ta’minlashning 
boshqa masalalarini ko’rib chiqish; 

 
referendumga  qo’yilgan  masaladarni  mazmunini  tushuntirishga  qaratilgan 
tadbirlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalariga ko’maklashish; 

 
tegishli  organ,  tashkilot  rahbarlarini  referendumga  tayyorgarlik  haqida 
axborotlarini eshitish; 

 
ovoz  beruvchi  fuqarolarning  ro’yxatlari  tuzish  va  tanishib  chiqish  uchun 
taqdim qilishni kuzatish; 

 
uchastka komissiyalarini byulleten bilan ta’minlash; 

 
okrug  bo’yicha  ovoz  berish  natijalarini  aniqlab,  ma’lumotlarni  Markaziy 
saylov komissiyasiga taqdim etadi; 

 
uchastka komissiyalari qarorlari va harakatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni 
ko’rib  chiqish,  tegishli  qarorlar  qabul  qilish  va  qonun  hujjatlariga  asosan  boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish. 
Qonunda  uchastka  komissiyasi  vakolatlari  ham  belgilangan,  unga  asosan 
uchastka komissiyasi: 

 
uchastka bo’yicha fuqarolar ro’yxatini tuzadi; 


215 
 

 
fuqarolar ro’yxat bilan tanishtiradi, unda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatadi;  

 
ovoz  berish  kuni  yashash  joyida  bo’lmagan  fuqarolarga  Markaziy  saylov 
komissiyasi tasdiqlagan namunadagi hisobdan chiqish guvohnomasini beradi; 

 
ovoz beruvchilarni ovoz berish kuni, vaqti, joyi haqida ogohlantiradi; 

 
ovoz berish xonalarini tayyorlaydi; 

 
ovoz berishni tashkil etadi, o’tkazadi; 

 
berilgan ovozlarni sanab chiqadi; 

 
ovoz  berishga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish  bo’yicha  tushgan  ariza  va 
shikoyatlarni  ko’rib  chiqib,  ular  bo’yicha  qarorlar  qabul  qiladi  hamda  qonun 
hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Okrug va uchastka saylov komissiyalarining vakolatlarini ko’rsak, ular saylov 
o’tkazuvchi  komissiyalarga  o’xshashligini  ko’ramiz.  Shu  bilan  birga  saylovda  ovoz 
berish  bilan,  referendumda  ovoz  berishning  o’ziga  xos  tartiblar  mavjudligini 
ko’ramiz. 
 
Masalan, saylovda saylovchi ovoz berish kuni yashash joyida bo’lmasa, u muddatidan oldin 
shu  ro’yxatga  olingan  uchastkada  ovoz  beradi.  Referendumda  esa  ro’yxatga  kiritilgan  joyda  ovoz 
berish kuni bo’lmasa, shu kuni qaerda bo’lsa shu еrda, hisobdan chiqarish xaqidagi uchastka saylov 
komissiyasining guvohnomasi asosida ovoz beradi, chunki O’zbekistonning barcha xududida ovoz 
berish byulletiniga bir xildagi masala kiritiladi. 
 
Referendum  o’tkazuvchi  okrug  va  uchastka  komissiyasi  referendum  natijasi 
e’lon qilingach faoliyatini tugatadi. Referendumda takroriy ovoz berish kabi holatlar 
ko’zda tutilmagan. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish