Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Referendum – umumxalq ovozi. Referendum o’tkazish prinsiplari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   250
1-§. Referendum – umumxalq ovozi. Referendum o’tkazish prinsiplari 
Referendum  insoniyat  uylab  topgan  saylov  singari  demokratiyani  yaqqol 
ifodasi,  uni  amalga  oshirishning  vositasidir.  U  baynalminal  atama  bulib,  umumxalq 
ovozi  manosida  ishlatiladi.  Referendumning  jamiyat  hayotidagi  muhim  urni,  uni 
Konstitusiyamizda  alohida  moddada  belgilanganida  ham  ko’rish  mumkin. 
Konstitusiyaning  9-moddasida  “Jamiyat  va  davlat  hayotining  eng  muhim  masalalari 
xalq  muxakamasiga  taqdim  etiladi,  umumiy  ovozga  (referendumga)  qo’yiladi. 
Referendum o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”- deb mustahkamlab qo’yilgan. 
“O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi qonun 1991-yil 18-
noyabrda  qabul  qilingan  bo’lib,  u  keyinchalik  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  bilan 
yangi tahrirda tasdiqlangan.

Saylov huquqi darsligida nima uchun referendumga mavzu ajratilgan ? - degan 
savol tug’ilishi mumkin. Bu darslikda referendum to’g’risida mavzu berilganligining 
sababi, referendum va saylov o’rtasida judda katta umumiylik va o’xshashlik mavjud. 
Avvalo  ularning  har  ikkalasi  demokratiya  ifodasi,  fuqarolarning  davlat  va  jamiyat 
hayotida  ishtirokini  ta’minlovchi  usul;  ularni  har  ikkalasida  maqsadga  ovoz  berish 
orqali  erishiladi;  tashkil  qilish  va  o’tkazishda  amal  qiladigan  prinsiplar  o’xshash  va 
xokazo. 
 Referendumning  saylovdan  farqi  ham  mavjud.  Saylovlarda  mansabdor 
shaxslar,  deputatlar  saylansa,  saylovchi  nomzodlarga  ovoz  bersa,  referendumda 
masalaga  ovoz  beriladi,  biron  bir  masala  hal  qilinadi,  yana  saylov  aniq  belgilangan 
muddatlarda o’tkazilsa referendum zaruriyatga qarab o’tkaziladi. 
Qonunda  qayd  qilinishicha  referendum  saylovlar  bilan  bir  qatorda  xalq 
irodasini  bevosita  ifodasidir.  Referendumda  qabul  qilingan  qarorlar  oliy  yuridik 
kuchga  ega  bulib  u  faqat  referendum  yo’li  bilan  bekor  qilinishi  yoki  o’zgartirilishi 
mumkin. 
Referendum  saylovlar  singari  umumiy,  teng,  to’g’ridan-to’g’ri  prinsipda 
yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi, fuqarolar unda o’z xohish irodasini erkin-
ixtiyoriy bildiradilar. Referendumda ishtirok etishga, shuningdek, ishtirok etmaslikka 
biron bir tarzda ta’sir qilinishi mumkin emas. 
Har  bir  fuqaro  referendumda  teng  asosda  ishtirok  etadi  va  bitta  ovozga  ega. 
Referendumda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, ularni xohish irodasini bildirishi hеch 
qanday yo’l bilan nazorat qilinmaydi. Referendumga tayorgarlik ko’rish va o’tkazish 
ochiq va oshkora amalga oshiriladi . 
                                                           
1
 Qarang: О’zbekistоn respublikasi Оliy Majlisining Axbоrоtnоmasi. 2001 yil, №9-10. 176-mоdda; 2005 yil, №1, 
18-mоdda. 


210 
 
 Referendum 
o’tkaziladigan  kunda  18  yoshga  to’lgan  O’zbekiston 
Respublikasining  har  bir  fuqarosi  referendumda  ishtirok  etish  xuquqiga  ega. 
Respublika  xududidan  tashqarida  yashayotgan  O’zbekiston  Respublikasining 
fuqarolari ham referendumda ishtirok etadilar. 
 Kelib  chiqishi,  ijtimoiy  va  mulkiy  mavqеi,  irqiy  va  milliy  mansubligi,  jinsi, 
ma’lumoti,  tili  dinga  munosabati,  mashg’ulotining  turi  va  xususiyatiga  qarab 
fuqarolarning  referendumda  qatnashish  xuquqlarini  bevosita  yoki  bilvosita 
cheklashga yo’l quyilmaydi. 
Хuddi  saylovdagi  singari,  referendumda  ham,  sud  tomonidan  muomalaga 
layoqatsiz  deb  topilgan  fuqarolar,  shuningdek  sud  xukmi  bilan  ozodlikdan  maxrum 
etish joylarida saqlanayotgan fuqarolar referendumda ishtirok etmaydilar. 
Referendumga  tayorgarlik  ko’rish,  o’tkazishning  ba’zi  tadbirlari  oshkora  va 
ochiq  o’tkaziladi.  Referendumni  oshkora,  adolatli  o’tkazishni  ta’minlashda 
kuzatuvchilar alohida rol o’ynaydi.  
Referendumning  demokratik  xususiyati  yana  shunda  ko’rinadiki,  fuqarolar 
jamoat  birlashmalari,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  referendum 
o’tkazilishini  yoqlab yoki  unga  qarshi,  referendumga  qo’yilayotgan  qonun  loyixasi, 
amaldagi  qonun  yoki  boshqa  masalani  yoqlab  yoki  unga  qarshi  hech  qanday 
moneliksiz tashviqot olib borish xuquqiga ega. 
 Referendum qarorlari jiddiy oqibatlar vujudga keltiradi. Shuning uchun undan 
faqat  ezgulik  yo’lida  foydalanish  maqsadlaridan  kelib  chiqib  ayrim  masalalarni 
referendumga  qo’yish  mumkin  emasligi  ham  qonunda  belgilab  qo’yilgan.  Unga 
ko’ra, referendum predmeti bo’lmaydigan masalalar quyidagilar hisoblanadi:  
- O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o’zgartirish; 
- O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va soliqlar; 
- amnistiya va avf etish; 
-  jamoat  tartibini,  aholi  sog’lig’i  va  xavfsizligini  ta’minlash  bo’yicha 
favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o’tkazish; 
-  respublikasining  xalqaro  shartnomalaridan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarni 
bajarish; 
- mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan harbiy 
vaqt  yoki  favqulodda  holat  sharoitlarida,  shuningdek  harbiy  vaqt  tugagan  yoki 
favqulodda  holat  bekor  qilingandan  keyin  uch  oy  davomida  referendum 
o’tkazilmaydi. 
Referendum  natijalari  rasman  e’lon  qilingandan  keyin  bir  yil  davomida 
mazmun  yoki  ma’nosiga  ko’ra  xuddi  shunday  savol  qo’yilgan  referendum 
o’tkazilmaydi. 
Referendum  O’zbekiston  hayotiga  kirib  kelgan  va  bir  necha  bor  eng  muhim 
masalalarni  hal  qilishda  qo’llanilgan  voqеa  bulib  qoldi.  Oxirgi  referendum  2002-yil 
27-yanvarda  o’tkazilib  uning  natijasida  ikki  palatali  parlament  joriy  etildi  va 
prezidentning  vakolat  muddati  o’zgartirildi.  Shu  referendumda  ovoz  beruvchilar 
ro’yxatiga  13 266 602  fuqaro  kiritilgan  bo’lsa,  ularning  12 113 070  nafari  ovoz 
berishda  ishtirok  etdi.  Ovoz  berishda  ishtirok  etganlarning  92 %  ikki  palatali 


211 
 
parlament  va  prezidentning  vakolat  muddati  uzaytirilishini  yoqlab  ovoz  berdi.

“Referendumni  o’tkazilishi  va  uning  yakunlari  davlatchiligimiz  rivojida,  jamiyatni 
demokratik  yangilash  jarayonida  muhim  bosqich  bo’ldi.  Eng  asosiysi,  referendum 
natijalari  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  siyosatning  jamoatchiligimiz,  axolimiz 
tomonidan qanchalik qo’llab- quvvatlanayotganini amalda yaqqol tasdiqladi”.


Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish