Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Referendumda ovoz berishni tashkil etish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   250
6-§. Referendumda ovoz berishni tashkil etish. 
Ovoz  berish  referendum  o’tkaziladigan  kuni  soat  oltidan  soat  yigirmaga 
o’tkaziladi.  Ovoz  berish  vaqti  va  joyi  haqida  fuqarolar  uchastka  komissiyasi 
tomonidan ovoz berishga kamida o’n kun qolganida fuqarolarni xabardor qilinadi. 
Ovoz berish binosi referendum kuni barcha komissiya a’zolarining uchdan ikki 
qismi hozir bo’lganda ochiladi. Komissiya raisi, komissiya a’zolari hozirligida ovoz 
berish  qutilarini  muhrlaydi,  ovoz  berish  byulletenlari  va  ovoz  beruvchilarning 
ro’yxatlarini komissiya a’zolari o’rtasida taqsimlaydi va ovoz berish boshlanganligini 
e’lon  qiladi.  Ovoz  berish  byulletenlarining  umumiy  soni  alohida  hujjat  bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Fuqaro  ovoz  berish  binosiga  kelgach,  o’z  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatni 
ko’rsatadi ovoz berish byuletenini oladi va ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga imzo 
qo’yadi.  Biror-bir  sababga  ko’ra  ro’yxatga  kirmay  qolgan  bo’lsa,  fuqarolarning 
familiyalari shaxsni, turar joyni tasdiqlovchi hujjatga asosan ovoz beruvchi fuqarolar 
ro’yxati ilovasiga kiritiladi. 
Referendum  byulleteni  ovoz  beruvchi  tomonidan  yashirin  ovoz  berish 
kabinasida  to’ldiriladi.  Ovoz  berish  byulleteni  to’ldirilayotgan  vaqtida  ovoz 
beruvchidan boshqa shaxslarning bo’lishi mumkin emas. 
 
 Agar  fuqaro  o’zi  mustaqil  ovoz  berish  byulletenini  to’ldirish  imkoniga  ega  bo’lmasa  o’z 
xohishiga  ko’ra,  komissiya  azolari  va  kuzatuvchilardan  tashqari  boshqa  biron  kishini  kabina  yoki 
xonaga taklif qilishi va byulleten to’ldirishda uning yordamidan foydalanishi mumkin. 
 
Fuqarolar referendumga qo’yilgan masalaga qarshi ovoz bersa, masala ta’rifini 
o’chiradilar  yoki  masalani  yoqlab  ovoz  beradigan  bo’lsalar,  uni  o’chirmaydi. 
Byulleteni  to’ldirib  fuqaro  uni  saylov  qutisiga  tashlaydi.  Ovoz  berish  qutilari 
komissiya a’zolariga va kuzatuvchilarga ko’rinib turishi kerak. 
Byulleteni  buzib  qo’yilsa,  fuqaroning  iltimosiga  ko’ra  u  yangisi  bilan 
almashtirilishi  mumkin.  Buzilgan  byulletenlar  hisobga  olinadi,  bekor  qilinadi  va 
alohida saqlanadi. 
Ovoz  berish  kuni  o’z  turar  joyida  bo’lmagan  fuqaro  uchastka  komissiyasidan 
hisobdan  chiqish  guvohnomasini  talab  qilib  olishi  mumkin,  va  shu  guvohnoma 


218 
 
asosida  boshqa har  qanday  uchastkada  ro’yxatga  kiritilishi  va  shu  еrda  ovoz  berishi 
mumkin. 
Sog’lig’i yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko’ra fuqaro uchastkaga kela 
olmasa uning iltimosiga ko’ra referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari 
ovoz  berishni  ana  shu  fuqaro  turgan  joyda  o’tkazishlari  mumkin,  bunday  ovoz 
berishda ko’chma ovoz berish qutilaridan foydalaniladi. 
Yashash  joyida  ovoz  berishni  tashkil  qilgani  uchun  boradigan  uchastka 
komissiyasining a’zolari arizalar soniga teng miqdordagi byulletenlarni imzo chekib 
oladilar.  arizalarining  soni,  shuningdek  ishlatilgan  va  qaytarilgan  ovoz  berish 
byulletenlarining  soni  alohida  dalolatnomada  qayd  etiladi.  Xuddi  shuningdek 
umumiy ovoz berish ro’yxatida ham fuqarolar alohida yashash joida ovoz berganligi 
qayd  etib  qo’yiladi.  Ko’chma  ovoz  berish  qutisi  ovozlarni  sanab  chiqish 
boshlanguncha  ochilmaydi.  Ovoz  berishni  referendum  uchastkasi  binosidan 
tashqarida tashkil etilishi, ovoz berishni yashirinligini aslo buzmasligi kerak.  
Uchastka  komissiyasining  a’zosi  yoki  kuzatuvchi  ovoz  berish  sirini  oshkor 
qilsa  yoki  fuqarolarning  xohish-irodasiga  ta’sir  ko’rsatishga  harakat  qilsa,  uchastka 
komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, kuzatuvchi 
esa  ovoz  berish  binosidan  chiqarib  yuboriladi.  Bu  harakatlar  to’g’risida  uchastka 
komissiyasi qaror qabul qiladi. 
Ovoz  berish  tugaganligi  soat  yigirmada  e’lon  qilinadi.  Xorijiy  davlatlardagi 
vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa 
statsionar  davolash muassasalarida,  shuningdek, olis  va borish  qiyin  bo’lgan  еrlarda 
fuqarolar turgan joylarda tuzilgan uchaskalarda, ro’yxatga kiritilgan barcha fuqarolar 
ovoz  berib  bo’lgan  bo’lsa,  uchastka  komissiyasi  istalgan  vaqtda  ovoz  berishni 
tugaganligini e’lon qiladi.  

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish