Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov tayinlash va saylov o’tkazish pritsiplari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   250
1-§. Saylov tayinlash va saylov o’tkazish pritsiplari 
O’zbekiston  Respublikasining  eng  quyi  ma’muriy  xududiy  birliklarida, 
qishloq,  shahar,  ovullarda  davlat  hokimiyati  organlari  tuzilmaydi.  Konstititsiyaning 
105-moddasida bu hududlarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tuzilishi, 
bu  organ  –  fuqarolar  yig’ini  bo’lishligi  belgilanib  qo’yilgan.  Shuningdek 
Konstitusiyada  fuqarolar  yig’inlari  shaharlardagi,  mahallalardagi,  qishloqlardagi, 
ovullardagi  mahallalarda  ham  tuzilishi  va  ular  ikki  yarim  yil  muddatga  raisini 
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylashi mustahkamlab qo’yilgan. Shuningdek 
konstitusiya normalarida, o’zini o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini 
tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanishi ko’rsatib qo’yilgan. 
Shunga  asosan,  O’zbekistonda  “Fuqarolarni  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 
to’g’risida”
1
  va  “Fuqarolar  yig’ini  raisi  (oqsoqoli)va  uning  maslahatchilari  saylovi 
to’g’risida”
2
 qonun qabul qilingan.
 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2010-yil 12 noyabrda 
ilgari  surilgan  Konsepsiyasida  “Fuqarolar  yig’ini  raisi  (oqsoqoli)  va  uning 
maslahatchilari  saylovi  to’g’risida”gi  qonunga  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 
raislari  saylovi  tizimini  yanada  takomillashtirish  bo’yicha  oqsoqollar  va  ularning 
maslahatchilari  eng  munosib  fuqarolar  orasidan  saylanishini  nazarda  tutuvchi 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklif qilingan edi.
 
Shu  asosda  qonun  2013-yil  22  aprelda  yangi  tahrirda  tasdiqlandi.  Uning 
natijasida  saylovlarni  demokratik  o’tkazish  pritsiplari  kengaytirildi,  rais  va  uning 
maslahatchilari lavozimiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar kuchaytirildi. 
Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi, O’zbekiston 
Respublikasi  saylov  tizimining  tarkibiy  qismi  bo’lib,  unda  saylovga  xos  asosiy 
xususiyatlar va umumiylik shu bilan birga o’ziga xoslilik mavjud. 
Fuqarolar  yig’ini  raisi  (oqsoqoli)  va  uning  maslahatchilariga  saylov  o’tkazish 
muddati  saylov  boshlanishidan  kamida  ikki  oy  oldin  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi  Senatining  Kengashi  tomonidan  belgilanadi.  Shuningdek  Senat  Kengashi 
tomonidan saylovga tayyorgarlaik ko’rish tadbirlari muddati va tartiblari belgilanadi. 


201 
 
Saylovda  ishtirok  etish  ixtiyoriy  va  erkin  bo’lib,  saylov  huquqiga  o’n  sakkiz 
yoshga  to’lgan,  shu  hududda  doimiy  yashovchi  fuqarolar  ega.  Fuqarolarni  saylov 
xuquqini  cheklash  ta’qiqlanadi.  Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan 
fuqarolar saylovda ishtirok etmaydi. 
Rais va uning maslahatchilarining saylovi oshkoralik, muqobillik, teng saylov 
prinsipi asosida o’tkaziladi. 
Rais  (oqsoqol)  va  uning  maslahatchilarining  saylovi  oshkora  va  ochiq 
o’tkaziladi.  Oshkoralik  prinsipi-saylov  tayinlanganligi,  o’tkaziladigan  sana,  vaqt  va 
joy  to’g’risida,  rais  va  maslahatchi  nomzodlari  to’g’risida,  ovoz  berish  natijalari 
haqida  fuqarolarga  muntazam  xabar  berish  orqali  amalga  oshiriladi.  Saylovga 
tayyorgarlik  ko’rish,  o’tkazish  natijalari  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  keng  va 
batafsil yoritib boriladi. 
Rais  va  uning  o’rinbosarlari  saylovida  nomzodlar  sonini  ikki  va  undan  ko’p 
bo’lishi kerakligini belgilanishi, saylovni muqobillik asosida o’tishini ko’rsatadi. Bu 
fuqarolarga tanlash huquqini beradi. 
Rais va uning o’rinbosarlarini saylashdafuqarolar teng huquqga ega, bu tenglik 
prinsipi  bo’lib,  uning  natijasida  fuqarolar  jinsi,  irqi,  millati,  dini,  ijtimoiy  kelib 
chiqishi,  e’tiqodi  va  ijtimoiy  mavqеidan  qat’iy  nazar  bitta  ovozga  ega.  Saylovda 
fuqaro (fuqarolar vakillar) bir ovozga ega va shaxsan ovoz beradi. 
Saylovda  hech  kim  ovoz  berishga,  ma’lum  shaxsni  yoqlab  yoki  unga  qarshi 
ovoz  berishga  majbur  kilinmaydi.  Saylovda  ishtirok  etishdan  turli  yo’llar  bilan 
cheklashga yo’l qo’yilmaydi. 
Rais  (oqsoqol)  yoki  uning  maslahatchilari  vakolatlari  muddatidan  ilgari 
tugatilgan  taqdirda,  shu  fuqarolar  yig’inida  qonun  talablariga  mos  ravishda  yangi 
saylov o’tkaziladi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish