Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Ovoz berishni o’tkazish, natijalarini aniqlash



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   250
4-§. Ovoz berishni o’tkazish, natijalarini aniqlash. 
Deputatni  chaqirib  olish  ishlarini  tashkil  etish,  tegishli  okrug  komissisi 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ovoz  berishni  o’tkazish  uchun  ovoz  berishga  kechi 
bilan yigirma besh kun qolganda ovoz berish uchastkalari va kechi bilan yigirma kun 
qolganda uchastka komissiyalari tuziladi. 
Uchastka saylov komissiyalari saylovchilar ro’yxatini ovoz berish kuniga kechi 
bilan o’n kun qolganda hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi. 
Ovoz  berish  uchastkalari  va  komissiyalarini  tuzish,  komissiyalarining 
vakolatlari,  saylovchilarning  ro’yxatlarini  tuzish,  u  bo’yicha  bahslashuvlar,  ovoz 
berishni  o’tkazish  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  o’tkazish 
to’g’risida”gi  hamda  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga 
saylov to’g’risida”gi Qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 


197 
 
Deputatni  chaqirib  olish  bo’yicha  yashirin  ovoz  berish  byulletenida  uning 
familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  tug’ilgan  sanasi,  lavozimi  (mashg’ulot  turi) 
ko’rsatiladi. Byulletenga alohida-alohida qilib quyidagi matn joylashtiriladi: 
 
Deputatni chaqirib olishni yoqlayman 
 
Deputatni chaqirib olishga qarshiman 
 
 
Saylovchi  deputatni  chaqirib  olish  bo’yicha  ovoz  berish  paytida  deputatni 
chaqirib  olinishini  yoqlashidan  yoki  uni  chaqirib  olishiga  qarshi  ekanligidan  kelib 
chiqib tegishli matn ro’parasidagi kvadratga belgi-krestik qo’yadi. 
Deputatni chaqirib olish bo’yicha tuzilgan okrug va uchastka komissiyalarining 
vakolat  muddati,  deputatni  chaqirib  olish  bo’yicha  ovoz  berish  yakunlari 
chiqarilgandan so’ng tugaydi. 
Ovoz  berish  natijalari  deputatni  chaqirib  olish  bo’yicha  uchastka,  okrug 
komissiyalari  majlisida,  saylov  natijalarini  aniqlash  tartibiga  o’xshab  aniqlanadi. 
Natija  okrug  komissiyasining  majlisida  ovoz  berish  o’tkazilgan  kunning  ertasiga 
aniqlanib, 
bayonnoma 
tuziladi, 
bayonnoma 
tegishlicha 
Markaziy 
saylov 
komissiyasiga, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboriladi. 
Ovoz  berishda  ro’yxatga  kiritilgan  fuqarolarning  kamida  o’ttiz  uch  foizi 
ishtirok  etib,  ishtirok  etganlarning  yarmidan  ko’pi  deputatni  chaqirib  olishni  yoqlab 
ovoz bersa, deputat chaqirib olingan hisoblanadi. 
Ovoz  berishda  qatnashgan  fuqarolarning  yarmidan  kami  deputatni  chaqirib 
olishni yoqlab ovoz bersa, yoki o’ttiz uch foizdan kam fuqaro ovoz berishda ishtirok 
etsa, deputatni chaqirib olish rad etilgan hisoblanadi. 
Deputatni chaqirib olishni yoqlab yoki chaqirib olishga qarshi berilgan ovozlar 
teng bo’lib qolganda deputat o’z vakolatini saqlab qoladi, ya’ni u chaqirib olinmagan 
hisoblanadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  yoki  viloyat,  tuman,  shahar  saylov  komissiyasi 
ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlikka yo’l qo’yilganligi tufayli ovoz 
berish  natijalarini  haqiqiy  emas  deb  topishi  mumkin.  Bunday  holda  takroriy  ovoz 
berish tayinlanib, takroriy ovoz berish ham qonunchilik talablariga to’la rioya qilgan 
holda ikki haftalik muddat ichida o’tkaziladi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  yoki  viloyat,  tuman,  shahar  saylov  komissiyasi 
okrug  saylov  komissiyasidan  olgan  bayonnoma  asosida  deputatni  chaqirib  olish 
bo’yicha ovoz berish natijalarini besh kunlik muddat ichida ro’yxatga olib, bu haqda 
ommaviy axborot vositalari orqali xabar qiladi. 
Qonunchilik  palatasi  deputatini  chaqirib  olish  bo’yicha  ovoz  berish  yakunlari 
to’g’risida Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasini xabardor qiladi. 
Хuddi  shunday  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashi  deputatini 
chaqirib  orlish  bo’yicha  ovoz  berish  yakunlari  bo’yicha  tegishli  viloyat,  tuman, 
shahar saylov komissiyasi tegishli vakillik organini va Markaziy saylov komissiyasini 
xabardor qiladi. 
Deputat  vakolati,  agar  u  ovoz  berish  natijasida  chaqirib  olingan  bo’lsa,  uni 
chaqirib  olish  bo’yicha  ovoz  berish  natijalari  ro’yxatga  olingan  paytdan  boshlab 
muddatidan ilgari tugatilgan hisoblanadi. 


198 
 
Qonunda  Qonunchilik  palatasiga  Ekoharakatdan  saylangan  deputatni  chaqirib 
olish  holati  ham  belgilangan.  Qonun  normalariga  asosan  Ekoharakatdan  saylangan 
Qonunchilak  palatasi  deputati  ham  qonun  hujjatlarini  jinoiy,  fuqaroviy,  ma’muriy 
hamda  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  turdagi  javobgarlikka  olib  kelishi  mumkin 
bo’lgan  tarzda  buzsa;  deputatni  ahloq,  odobining  umum  e’tirof  etilgan  normalarini 
buzuvchi,  deputat  nomiga  dog’  tushiruvchi,  hamda  davlat  hokimiyati  vakillik 
organlarining  obro’siga  putur  еtkazuvchi  nojo’ya  harakatlar  sodir  etsa;  deputat  o’z 
vazifalarini  muntazam  ravishda  bajarmasa,  tegishli  organlar  ishida  ishtirok  etmasa, 
topshiriqlarni  bajarmasa  chaqirib  olish  masalasi  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda 
qo’zg’atilib, chaqirib olish zarurligi haqida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi va 
qarorni  Markaziy  saylov  komissiyasiga  taqdim  etadi.  Qonunchilik  palatasining 
Ekoharakatidan  saylangan  deputati,  Ekoharakatning  Oliy  organi  tomonidan  chaqirib 
olinadi. Uning se’zdi (quriltoyi) deputat saylash uning kvorumi, chaqirib olish uchun 
ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish natijalarini aniqlash, deputatga quyilayotgan 
e’tirozlarning  asossiz  ekanligini  isbotlash  uchun  imkoniyat  berish,  vakillik 
organlarining  boshqa  deputatlarni  chaqirib  olishda  qo’llaniladigan  tartib  asosida 
bo’ladi. 
Deputat  va  senatorni  chaqirib  olish  bilan  barcha  harajatlar  (ovoz  berishni 
o’tkazish)  davlat  byudjeti  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Deputat,  Senatorni  chaqirib 
olish  qonunchiligini  buzilganligi  ustidan  Markaziy  saylov  komissiyasiga  hamda 
tegishli  viloyat,  tuman,  shahar  saylov  komissiyasiga  yoki  sudga  shikoyat  qilishi 
mumkin. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish