Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Deputat va Senatorni chaqirib olish masalasini qo’zg’atish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   250
2-§. Deputat va Senatorni chaqirib olish masalasini qo’zg’atish. 
Qonun  hujjatlarini,  ahloq  va  deputatlik  odobi  normalarini  buzgan  o’z 
vazifalarini muntazam bajarmayotgan deputatni, Senatorni vakolat muddatidan oldin 
chaqirib  olish  zarurligi  to’g’risidagi  qaror  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar 
Kengashi,  Qonunchilik  palatasi  yoki  Senat  (Senat  Kengashi)  tomonidan  qabul 
qilinadi. 
Deputatni,  Senatorni  chaqirib  olish  masalasini  ko’rish  uchun  huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar va prokuratura tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda  berilgan  so’rov  ham  asos  bo’ladi.  Ya’ni,  chaqirib  olish  masalasini  huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura qo’zg’atishi mumkin. Chaqirib olish uchun 
har  qanday  hollarda  ham  tegishlii  Kengashlar,  Qonunchilik  palatasi,  Senat  qarorlari 
huquqiy asos bo’ladi. 
Deputatni,  Senatorni  chaqirib  olish  zarurligi  to’g’risida  qaror  qabul  qilish 
uchun bir necha jarayonlar, tadbirlar o’tkazilishi qonunda nazarda tutilgan. 
                                                           
1
 О’zbekistоn Respublikasi Qоnun hujjatlari tо‘plami. 2005 yil, 8-9 sоn, 64-mоdda; 2008-yil 52-sоn, 510-mоdda.  


195 
 
Deputat,  Senator  qonun  hujjatlarini  buzgan  deb  hisoblansa,  unga  doir 
materiallar  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashi,  Qonunchilik  palatasi 
yoki  Senat  (Senat  Kengashi)  tomonidan  tegishlicha  viloyat,  tuman,  shahar 
prukuroriga yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga dastlabki tarzda ko’rib 
chiqish  va  shu  masala  yuzasidan  xalq  deputatlari  Kengashini,  Qonunchilik 
palatasining  yoki  Senatning  deputatlik  odobi  qo’mitasiga  (komissiyasiga)  xulosa 
berish uchun yuboriladi. 
Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashi,  Qonunchilik  palatasi  yoki 
Senat (Senat Kengashi) deputatlik odobi qo’mitasining (komissiyasining) va tegishli 
prokurorning  xulosalari  eshitilib  uning  yakunlari  bo’yicha  deputatni,  Senatorni 
chaqirib olish asosli yoki asossiz ekanligi haqida qaror qabul qilinadi. Viloyat, tuman, 
shahar  Kengashlariga,  chaqirib  olish  masalasi  qo’yilgan  deputat  yoki  Senatorning 
hamda  mazkur  masalaga  doir  materiallarni  o’rgangan  prokurorni  ng  fikri  eshitilish 
mumkin. 
Agar  materiallarni  o’rganish,  fikrlarni  eshitish  natijasida  chaqirib  olish 
to’g’risidagi taklif asosli deb topilsa, deputat yoki Senatorni chaqirib olish haqidagi 
tegishli Kengash, Qonunchilik palatasi, Senat (Senat Kengashi) qaror qabul qiladi va 
chaqirib  olish  uchun  deputat  saylangan  okrugda  ovoz  berishni  tashkil  qilish  uchun 
qarorni Markaziy saylov komissiyasiga yuboradi. 
Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  qo’shma  majlisida  saylangan 
Senator,  shu  organlarning  deputati  bo’lganligi  uchun  u  shu  organlarining  deputati 
sifatida chaqirib olinadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  Senatorni  chaqirib  olish  uchun  shu  Senator 
deputat  sifatida  saylangan  saylov  okrugida  chaqirib  olish  bo’yicha  ovoz  berishni 
tashkil etadi. 
Hokimiyat vakillik organining qo’shma  majlisida saylangan Senator deputatni 
chaqirib olish natijasida deputatlik maqomini yo’qotsa, chaqirib olish bo’yicha ovoz 
berish  natijalari  ro’yxatga  olingan  paytdan  boshlab  Senatorlik  maqomini  ham 
yo’qotadi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish