Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250
 
1-§. Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari. 
Deputatlar
1
,  Senatorlarning  konstitusiyaviy  vakolat  muddati  mavjud  bo’lib, 
ular  shu  muddatda  faoliyat  ko’rsatadi  va  muddati  tugagach  yangitdan  saylovda 
nomzod ishtirok etishi mumkin. Deputat va Senatorlarning vakolat muddati besh yil. 
Lekin qonunlar deputatlar va Senatorlarning vakolat muddati tugamasdan ham 
vakolatni tugatish holatini belgilaydi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zosini 
maqomi  to’g’risida”gi
2
 va  “Xalq  deputalari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashi 
deputatining  maqomi  to’g’risida”gi
3
 Qonunlarda  deputat  va  Senatorlarning  vakolat 
muddati quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi deb belgilangan: 
- ular o’z vakolatini zimmasidan soqit qilish to’g’risida ariza bersa; 
-  deputatlik,  Senatorlik  vakolatlarini  amalga  oshirishga  nomuvofiq  bo’lgan 
lavozimga saylangan yoki tayinlansa; 
- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirsa; 
- u chaqirib olinsa; 
- sud uni muomalaga layoqatsiz deb topsa; 
-  u  sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  qarori  asosida  bedarak  yo’qolgan  deb 
topilsa yoki vafot etgan deb e’lon qilinsa; 
- u O’zbekiston fuqaroligini yo’qotsa; 
- u vafot etsa; 
- vakillik orgnalari tarqatib yuborilsa. 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  mahalliy  Kengashning 
Senator  etib  saylangan  deputati  vakolatini  muddatidan  oldin  vakolatini  tugatilishi, 
uning Senatorlik vakolatining tugatilashiga olib keladi. 
Yuqoridagilardan  deputat  va  Senatorni  chaqirib  olish  –  bizning  o’quv 
kursimiz dasturida alohida mavzu qilib belgilangan. 
                                                           
1
 Deputatlar deganda Оliy Majlis Qоnunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlarning barcha bо‘g‘inidagi 
deputatlar nazarda tutiladi. 
2
 О’zbekistоn Respublikasining Axbоrоtnоmasi. 2005 yil, №1, 8-mоdda. 
3
 Shu hujjat. 2005 yil, №1, 10-mоdda. 


194 
 
Buning  sababi  mazkur  chaqirib  olish  ovoz  berish  orqali  amalga  oshiriladi. 
Unda  saylovdagi  ko’plab  tadbirlar  qo’llaniladi  va  bu  saylov  tizimini  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi. 
Deputat va Senatorni chaqirib olishda hal qiluvchi rolni saylovchilar o’ynaydi. 
Ularning xohishiga ko’ra deputat va Senatorning vakolat muddati, muddatidan oldin 
tugatiladi. 
Deputat va Senatorni chaqirib olish asoslari, tartibi, “Xalq deputatlari mahalliy 
Kengash deputatini, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to’g’risida”gi Qonuni bilan belgilangan
1

Deputat va Senatorlarni chaqirib olish uchun quyidagilar asos bo’ladi: 
-  deputatning,  Senatorning  O’zbeiston  respublikasi  Qonun  hujjatlarini  jinoiy, 
fuqarolik,  ma’muriy  hamda  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  turdagi  javobgarlikka 
olib kelishi tarzda buzilishi; 
-  deputatning,  Senatorning  ahloq,  deputatlik  odobini  umue’tirof  etilgan 
normalarini  qo’pol  ravishda  buzuvchi  va  deputat,  Senator  nomiga  dog’  tushiruvchi 
hamda  davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  obro’siga  putur  еtkazuvchi  harakatlar, 
nojo’ya ishlar sodir etishi; 
- deputatning, Senatorning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’z vazifalarini 
muntazam  ravishda,  uzrli  sabablarsiz,  bajarmaganligi,  shu  jumladan  tegishli  xalq 
duputatlari  Kengashlarining,  Qonunchilik  palatasining,  Senatning  majlislarida, 
ularning organlari ishlarida ishtirok etmasligi, ularning topshiriqlarini bajarmasligi. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senat 
a’zosining  maqomi  to’g’risida”gi  qonunning  8-moddasida  deputat  va  Senatorning 
majburiyatlari, 11-moddasida ( “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi 
deputatining huquqiy maqomi to’g’risida”gi qonunning 6-, 9-moddalarida) deputatlik 
va  Senatorlik  odobi  belgilab  qo’yilgan  bo’lib,  ularni  bajarmaslik,  buzish,  chaqirib 
olishga asos bo’ladi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish