Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylovda kuzatuvchilar ishtiroki



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   250
 
8-§. Saylovda kuzatuvchilar ishtiroki  
Saylovlarning demokratik talablarga javob berishi, qonuniyligini ta’minlashda 
kuzatuvchi  instituti  muhim  rol  o’ynaydi.  Kuzatuvchilarning  saylov  ishtirokchisi 
maqomi qonuniy asosga ega. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  5-
moddasida, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi va “Xalq 
deputatlari,  tuman  va  shahar  kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunlarining  6-
moddalarida 
kuzatuvchilarning 
maqomi, 
majburiyati, 
vazifasi, 
turlari, 
rasmiylashtirilish tartiblari belgilangan. 
Saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazishga  doir  barcha  tadbirlarda, 
shuningdek,  saylov  kuni  ovoz  berish  xonalarida  va  ovozlarni  sanab  chiqishda 
Prezidentlikka  va  Qonunchilik  palatasiga,  viloyat  kengashiga  deputatlikka  nomzod 
ko’rsatgan  siyosiy  partiyalardan  bittadan  kuzatuvchi,  ommaaviy  axborot 
vositalarining  vakillari,  boshqa  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  harakatlardan 
kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega
1

Kuzatuvchilar  qonun  normalariga  asosan  milliy  (ichki)  kuzatuvchi  va  xalqaro 
kuzatuvchilar  bo’lishi  mumkin.  Kuzatuvchilar  nomzod  ko’rsatganlarning,  OAV, 
xorjiy davlatlar, xalqaro tashkilotlarning vakillaridan iborat bo’ladi. Kuzatuvchilar bir 
butun  tuzilma  sifatida  emas  har  biri  alohida-alohida  faoliyat  yuritadi.  O’z  vazifasini 
bajaradi. Kuzatuvchilarning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi. 
Yuqorida  qonunda  belgilangan  manfaatdor  tashkilotlar  o’z  kuzatuvchilari 
to’g’risida  tegishli  vakillik  organlariga  saylovga  kamida  o’n  besh  kun  qolganda 
ma’lum qiladilar. Okrug saylov komissiyalari ariza kelib tushgandan so’ng besh kun 
ichida kuzatuvchilarga belgilangan mandatni beradi
2
.
 
                                                           
1
 Tuman,  shahar  kengashlari  deputatligiga  nоmzоd  kо‘rtsatish  huquqiga  fuqarоlarning  о‘zini  о‘zi  bоshqarish 
оrganlari egaligi sababli, ulardan ham bittadan kuzatuvchi ishtirоk etadi 
2
 “Markaziy  saylоv  kоmissiyasi  tо‘g‘risida”gi  qоnunning  5-mоddasida  chet  davlatlarning,  xalqarо  tashkilоtlarning 
kuzatuvchilariga mandatni Markaziy saylоv kоmissiyasi berishi kо‘rsatilgan. 


79 
 
Prezidentlikka  va  Qonunchilik  palatasiga  saylovda  kuzatuvchilar  mandatini 
namunasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan,  viloyat  mahalliy  kengashlariga 
saylovda  mandat  namunasi  tegishli  Kengashga  saylov  o’tkazuvchi  komissiya 
tomonidan tasdqilanadi. 
¶  Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega: 
-  nomzod  ko’rsatishga  bag’ishlangan  yig’ilishlarda,  okrug  va  uchastka  saylov 
komissiyalarining majlislarida ishtirok etish; 
-  saylov  uchastkalarida  bo’lib,  tayyorgarlik  ishlari  bilan  tanishish,  saylov 
qutilarini  rasmiylashtirilishi,  muhrlanishi,  ovoz  berish  kunlari  saylovchilarga 
byulettenlarni tarqatilishini kuzatish; 
-  ovozlarni  sanab  chiqishda  va  uchastka  saylov  komissiyalarining  bayonnoma 
tuzishda ishtirok etish; 
- saylov natijalari to’g’risidagi tasdiqlangan hujjatlardan nusxalar olish; 
 -  agar  saylov  uchastkasida  saylov  to’g’risidagi  qonunlarni  buzilgan  deb 
topishga  asoslar  bo’lsa,  bu  holatlar  haqida  yuqori  saylov  komissiyasiga  ma’lum 
qilish. 
Qonun  kuzatuvchilar  ba’zi  harakatlarni  qilishni  taqiqlaydi.  Jumladan 
kuzatuvchilar  saylovchi  byulletenga  belgi  qo’yayotganida  yashirin  ovoz  berish 
xonasida 
bo’lmasligi, 
byulettenlarga 
belgi 
qo’yishda  yordamlashmasligi, 
saylovchilarga ta’sir o’tkazmasligi, tashviqot materiallari, adabiyotlarni tarqatmasligi, 
saylovchilardan  kimni  yoqlab  ovoz  berganligini  surishtirmasligi,  uchastka  saylov 
komissiyasi  faoliyatiga  aralashmasligi  kerak,  saylov  kutilarini  muhrlashga,  ularni 
ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashishi mumkin emas. 
Xorijiy  mamlakatlarda  kuzatuvchi  institutiga  ijobiy  baho  berish  bilan  birga, 
amalda ularni saylov qonunchiligi buzilishining ko’payishiga olib keluvchi saylovda 
ishtirok  etayotganlarning  agentlari  ham  deb  hisoblanadi
1
.  O’zbekiston  qonunchiligi 
bunday holatga yo’l qo’ymaydi. 
Bizning  saylov  tajribamizda  xalqaro  kuzatuvchilar,  saylovlarni  xalqaro 
miqyosda e’tirof etishda muhim rol o’ynaydi. 
O’zbekiston  Respublikasi  saylov  qonunchiligining  takomillashtirilishi, 
demokratlashtirilishi  natijasida  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasiga  Ekoharakatdan 
deputatlar saylash vaqtida ham kuzatuvchilar ishtirok etishi belgilab qo’yildi. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish