Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Referendum o’tkazishga tayorgarlik ko’rish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   250
5-§. Referendum o’tkazishga tayorgarlik ko’rish. 
Referendum  o’tkazishga  tayorgarlik  ko’rish  bir  necha  tadbirlarni  amalga 
oshirish orqali olib boriladi. Bular: 

 
ovoz beruvchi fuqarolarni ro’yxatini tuzish – ro’yxat bilan ularni tanishtirish; 

 
ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatidagi noaniqliklarni tuzatish (baxslashuv);  

 
ovoz berish byuletenlari tayorlash, еtkazib berish, qabul qilish rasmiylashtirish; 

 
ovoz berish binolarini, xona va kabinalarni, qutilarni tayorlash; 

 
aholini  ovoz  berish  kuni,  vaqti,  joyi  xaqida  xabardor  qilish  kabi  ishlardan 
iborat. 
Ovoz beruvchilar ro’yxatiga, referendumda ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan 
ovoz  berish  vaqtida  mazkur  uchastka  xududida  doimiy  yoki  vaqtincha  yashovchi 
fuqarolar kiritiladi.  
Ro’yxatda fuqarolarni familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi va turar 
joy manzili kiritiladi. 
Har bir fuqaro faqat bir uchastkada tuzilgan ro’yxatga kiritiladi.  
Ro’yxat  uchastka  komissiya  tomonidan  tuzilib,  rais  va  kotib  tomonidan 
imzolanadi. Ro’yxat tuzishga jamoatchilik vakillarini jalb qilinadi. 
Fuqarolarni hisobga olishni tuman va shahar hokimliklari ta’minlab, fuqarolar 
to’g’risida barcha zarur materiallarni komissiyaga beradi. 


216 
 
Harbiy  qismlarda  istiqomat  qiladigan  harbiy  xizmatchilar  va  ularning  oila 
a’zolari  qismlarning  komandirlari  taqdim  etgan  ma’lumotlar  asosida  ro’yxatga 
kiritiladi. Harbiy qismdan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar umumiy 
tarzda ro’yxatga, shu еrda tuzilgan komissiya tomonidan kiritiladi. 
Xorijiy  davlatlardagi  vakolatxonalarda,  dam  olish  uylarida,  kasalxonalar  va 
boshqa  statsionar  davolash  muassasalarida  tuzilgan  uchastkalarda  fuqarolarning 
ro’yxatlari  mazkur  muassasalar  (idoralar)  rahbarlarining  taqdim  etgan  ma’lumotlari 
asosida tuziladi. 
Fuqaro  ro’yxatga  ovoz  berishni  tashkil  etish  uchun  qulay  bo’lgan  tartibda 
kiritiladi. 
Ovoz beruvchi fuqarolarning ro’yxatlari ovoz berish kuniga o’n kun qolganida, 
xorijiy davlatlarda, kasalxonalar davolash  muassasalari, borish qiyin bo’lgan еrlarda 
tuzilgan  uchastkalarda  esa  ovoz  berish  kuniga  еtti  kun  qolganida  hamma  tanishishi 
uchun  taqdim  qilinadi.  Uchastka  komissiyasi  ro’yxat  bilan  tanishish  joyi  va  vaqti 
to’g’risida fuqarolarni xabardor etadi va ro’yxat bilan tanishish imkoniyatini yaratadi. 
Ro’yxatdagi  xatolar  aniqlansa,  fuqaro  uni  tuzatish  haqida  uchastka 
komissiyasiga  murojaat  qilishi  mumkin.  Yigirma  to’rt  soat  ichida  bunday  arizani 
tekshirib  xatolar  tuzatiladi  yoki  ariza  rad  etganligi  xaqida  fuqaroga  asosli  javob 
beriladi. 
Komissiya  faoliyati  ustidan  yuqori  komissiyaga  yoki  sudga  murojaat  qilish 
mumkin. 
Ovoz  berishga  tayorgarlik  ko’rishda,  ovoz  berish  byulletenlarini  tayorlashni 
ham  o’z  ichiga  oladi.  Ovoz  berish  byulleteni  fuqaroning  xohish  irodasini  bildirish 
vositasi,  rasmiy  hujjatdir.  Unda  referendumga  qo’yilayotgan  masalaning  matni  aniq 
ko’rsatiladi (aks ettiriladi) va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari (ha, yo’q, 
ma’qullayman, ma’qullamayman) ko’rsatiladi. Referendumda qancha masala kiritilsa 
ham ularning barchasi bitta byulletenda qayd qilinadi. Masalalar ketma-ket raqamlab 
chiqiladi  va  biri  ikkinchisidan  gorizontal  chiziqlar  bilan  ajratilib  qo’yiladi.  Qonun 
loyihasi  yoki  qonuning  referendum  byuletenlarida  kiritilganda  ham  ketma-ket 
raqamlab  chiqiladi  va  biri  ikkinchisidan  gorizontal  chiziqlar  bilan  ajratiladi.  Ovoz 
berish byulletenida uni to’ldirish tartibi ko’rsatib qo’yiladi. 
Byulletenlar davlat tilida, okrug komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug 
aholisining ko’pchiligi muomala qiladigan tillarda chop etiladi. 
Ovoz  berish  byulletenlarni  uchastka  komissiyasi,  okrug  komissiyasidan  ovoz 
berish  kuniga  kamida  uch  kun  qolganida  oladi  va  buni  okrug  va  uchastka 
komissiyalarining  raisi  yoki  o’rinbosari,  kotibi  o’z  imzosi  bilan  tasdiqlaydi. 
Uchastkada  olingan  byulletenlar  soni,  ovoz  berish  ro’yxatiga  kiritilgan  fuqarolar 
sonining  yarim  foizidan  ko’p  bo’lishi  mumkin  emas.  Byulletenning  o’ng  tomoni 
yuqori  burchagiga  uchastka  komissiyasining  ikki  a’zosi  imzo  qo’yadi  va  imzolar 
komissiya  muhri  bilan  tasdiqlanadi.  Tasdiqlanmagan  byulletenlar  sanab  chiqishda 
hisobga olinmaydi. 
Ovoz  berishga  tayorgarlik  ko’rish-  ovoz  berish  o’tkaziladigan  bino  va 
xonalarni  ham  tayyorlashni  o’z  ichiga  oladi.  Ovoz  berish  hamma  vaqt  maxsus 
ajratilgan  binolarda  o’tkaziladi.  Unda  yashirin  ovoz  berish  uchun  еtarli  miqdorda 
kabinalar  (xonalar)  jihozlangan  bo’lishi,  ovoz  berish  byulletenlari  tarqatiladigan  joy 


217 
 
aniqlangan va ovoz berish qutilari ko’rinarli joylarda o’rnatilgan bo’lishi kerak. Ovoz 
berish  qutilari  ularning  yoniga  ovoz  beruvchilar  albatta  yashirin  ovoz  berish 
kabinalari yoki xonalaridan o’tib boradigan qilib o’rnatilishi kerak. 
Ovoz  berish  xonasida  maxsus  stend  jihozlangan  bo’lishi,  unda  ovoz  berish 
qanday amalga oshirilishi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Referendumga qo’yilgan qonun 
loyihasi  amaldagi  qonunning  bekor  qilishni  yoki  unga  o’zgartishlar,  qo’shimchalar 
kiritilishini nazarda tutsa, stendga bekor qilinishi, o’zgartirilishi yoxud qo’shimchalar 
kiritilishi taklif qilinayotgan amaldagi qonun matni ham joylashtiriladi. 
Har bir ovoz berish uchastkasini bino bilan tuman, shahar hokimi ta’minlaydi. 
Uni  jihozlash  hamda  binoda  zarur  tartibni  saqlash  uchastka  komissiyasi  zimmasiga 
yuklanadi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish