Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   250
 
2-§. Referendum tayinlash  
Yuqorida  qayd  qilinganidek  saylov  o’tkazish  muddati  konstitusiyada 
belgilangan,  shu  muddatda  Markaziy  saylov  komissiyasi  saylov  kampaniyasini 
boshlanganligini e’lon qiladi. 
Referendumni  oldindan  tayinlash  mumkin  emas.  Hal  qilinishi  lozim  bo’lgan 
masalalar har qanday paytda paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun qonun shunday 
masalalar  vujudga  keldi  deb  hisoblovchi  ayrim  sub’ektlarga,  referendum  o’tkazish 
tashabbusi bilan chiqish huquqini beradi. 
Qonunga asosan referendum o’tkazish tashabbusi bilan: 

 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari; 

 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;  

 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin. 
Bular refendum to’g’risidagi tashabbus ko’rsatishda teng huquqga ega. 
Fuqarolar referendum tashabbusi bilan chiqishi uchun ba’zi talablarni bajarishi 
kerak,  jumladan  ular  respublika  bo’yicha  referendumda  ishtirok  etish  huquqiga  ega 
fuqarolarning  besh  foizini  imzosini  to’plashi  kerak.  Imzolar  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar orasida teng miqdorda to’planishi 
kerak. 
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega har bir fuqaro yoki fuqarolar guruhi 
referendum  o’tkazish  to’g’risidagi  tashabbusni  qo’llab-quvvatlovchi  imzolarni 
to’plash uchun kamida yuz kishidan iborat tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin. 
Tashabbuskor  guruh  tuzilgach  uning  vakolatli  vakili  guruhni  ro’yxatdan 
o’tkazishni so’rab Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qiladi. 
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 

 
fuqarolar  tashabbuskor  guruhi  a’zolarining  familiyasi,  ismi,  otasining 
ismi,  tug’ilgan  sanasi,  turar  joy  manzili,  pasportining  seriyasi  va  tartib  raqami 
ko’rsatilgan ro’yxati; 

 
tashabbuskor  guruhning  vakolatli  vakilini  tayinlash  haqidagi  rasmiy 
ishonchnoma; 

 
guruh yig’ilishining bayonnomasi; 

 
referendumga qo’yilayotgan masalalarning asosi (ta’rifi).  
Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib besh kun ichida 
u guruhni ro’yxatga olish yoki olishni rad etish to’g’risida asosli qaror qabul qiladi. 
Guruh  ro’yxatga  olinsa,  vakolatli  vakilga  bu  haqda  guvohnoma  beradi.  Guvohnoma 
olingach 
referendumni 
qo’llab-quvvatlovchi  imzolar  to’plash  boshlanadi. 
                                                           
1
 Qarang:  Azizxо‘jaev  A.  va  bоshqalar.  О’zbekistоn  Respublikasining  Kоnstitutsiyasiga  sharh.  T.:  О’zbekistоn 
2013, 54-b. 
 2
 Karimоv  I.A.  О’zbekistоnda  demоkratik  о‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyati  asоslarini 
shakllantirishning asоsiy yo‘nalishlari. T.: О’zbekistоn, 2009, 15-bet. 


212 
 
Guvohnoma  uch  oy  mobaynida  haqiqiy  sanaladi.  Imzo  to’plash  harajatlari 
tashabbuskor guruh hisobidan bo’ladi. 
Imzo  varaqalarining  shaklini  Markaziy  saylov  komissiyasi  belgilaydi. 
Varaqada  imzo  qo’yuvchilar:  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  tug’ilgan  sanasi,  turar 
joy manzili, pasportining seriyasi va tartib raqamini ko’rsatadi. 
Imzo varaqasi imzo to’plagan shaxs, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruh 
vakolatli  vakili  tomonidan  tasdiqlanadi.  Unda  ularning  familiyasi,  ismi,  otasining 
ismi, turar joy manzili, pasportining seriyasi va tartib raqami ko’rsatiladi. 
Imzo  to’plash  qonun  bilan  tashviqot  o’tkazish  taqiqlanmagan  joylarda 
o’tkaziladi.  Imzo  to’plashda  fuqarolarni  majburlash  yoki  turli  yo’llar  bilan  og’dirib 
olishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Imzolar  ma’muriy  xududiy  birliklar  bo’yicha  jamlanib  Markaziy  saylov 
komissiyasiga topshiriladi. 
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga guvohnoma beriladi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  hujjatlarni  qonuniy  to’ldirilganligini  tekshirib, 
o’n  kun  ichida  Qonunchilik  palatasiga  o’z  xulosasini  yuboradi  va  bu  haqda 
O’zbekiston Prezidentini xabardor qiladi.  
Imzo  to’plashda  qonun  buzilishlari  aniqlansa,  referendum  o’tkazish  haqidagi 
tashabbusni haqiqiy emasligi haqida Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qiladi. 
Qonunga  asosan  referendum  Oliy  Majlis  tomonidan  tayinlanadi.  Referendum 
tayinlash Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolati hisoblanadi. 
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o’tkazish tashabbusi 
bilan  chiqqanda  Oliy  Majlisga  murojaat  etishi  yoki  referendum  o’tkazish to’g’risida 
o’z  qarorini  qabul  qilishi  ko’rsatilgan.  Demak,  Prezident  ham  referendum  tayinlash 
xuquqiga  ega.  Referendum  tayinlanganda,  unga  quyilayotgan  masala  matni  ham 
tasdiqlanadi. 
Oliy Majlis palatalarida referendum haqidagi tashabbusni ko’rib chiqish hamda 
referendum tayinlash tartibi qonunda belgilab quyilgan. Xuddi qonun qabul qilinishi 
singari bu masala avval Qonunchilik palatasida ko’rib chiqiladi. 
Qonunchilik palatasi referendum o’tkazish tashabbusi haqidagi materiallarni va 
mas’ul  qo’mitaning  xulosasini  ikki  hafta  ichida  ko’rib  chiqadi  va  quyidagi 
qarorlardan birini qabul qiladi: 

 
referendumni tayinlash va o’tkazishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida; 

 
referendum o’tkazish haqidagi tashabbusni rad etish to’g’risida; 

 
referendum  o’tkazish  to’g’risidagi  tashabbusda  taklif  etilgan  qonun  yoki 
boshqa qarorni referendum o’tkazmasdan turib qabul qilish haqida. 
 Qonunchilik  palatasining  referendum  oid  qarori  uch  kun  ichida  Senatga  va 
tashabbuskorlarga yuboriladi.  
Senat  referendum  o’tkazish  haqida  tashabbus  materiallarini,  Qonunchilik 
palatasi  qarorlarini,  mas’ul  qo’mitaning  xulosasini  ikki  hafta  ichida  ko’rib  chiqib: 
referendum  tayinlash  va  uni  o’tkazishni  ta’minlash  chora-tadbirlari  to’g’risida  yoki 
referendum  o’tkazshni  rad  etish  to’g’risida  qaror  qabul  qiladi.  Bu  qaror  uch  kun 
ichida Qonunchilik palatasiga va tashabbuskorlarga yuboriladi.  
Senat  referendumni  o’tkazish  haqida  qaror  qabul  qilgan  taqdirda  uch  kun 
ichida Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari matbuotda e’lon qiladi. 


213 
 
Palatalar qarorlarida referendum o’tkazish sanasi ham belgilanadi. Referendum 
sanasi  qaror  e’lon  qilingan  kundan  e’tiboran  bir  yarim  oydan  uch  oygacha  bo’lgan 
davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.  
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish