Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Referendum o’tkazuvchi tuzilmalar



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   250
3-§. Referendum o’tkazuvchi tuzilmalar 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  117-moddasida  saylovni  va 
referendumni  tashkil  etish  va  o’tkazish  uchun  Oliy  Majlis  tomonidan  Markaziy 
saylov  komissiyasi  tuziladi  -  deb  ko’rsatilgan.
1
 U  butun  mamlakat  xududida 
referendumni tashkil qiladi. 
Referendum  o’tkazishda  saylov  okruglar  va  uchastkalar  tuziladi.  Referendum 
okruglari,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovidagi  kabi  Markaziy  saylov 
komissiyasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
chegarasida tuziladi, ya’ni har bir ma’muriy xududiy birliklar bitta okrug hisoblanadi  
Referendumda  ishtirok  etish  huquqiga  ega  fuqarolar  soni,  referendum 
o’tkazuvchi  okrug  komissiyasi  joylashgan  joy  ko’rsatilgan  ro’yxatlar,  referendum 
tayinlangan qaror e’lon qilingan kundan keyin kechi bilan besh kun ichida Markaziy 
saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. 
Referendum  uchastkalari  tumanlar,  shaharlarning  chegaralari  asosida 
fuqarolarga  mumkin  qadar  qulaylik  yaratishni  ko’zlab,  tuman  va  shahar 
hokimliklarini  taqdimnomasiga  asosan  okrug  komissiyasi  tomonidan  referendum 
tayinlash e’lon qilinganidan keyin o’n besh kundan kechiktirmay tuziladi. 
 Referendum  uchastkalari  xorijiy  davlatlardagi  vakolatxonalarida,  harbiy 
qismlar,  sanatoriylar,  dam  olish  uylari,  kasalxonalar  va  boshqa  statsionar  davolash 
muassasalarida, olis va borish qiyin bo’lgan еrlardagi fuqarolar turgan joylarda ham 
besh kun qolganda tuzilishi mumkin. 
Harbiy 
qismdagi 
uchastkalar 
harbiy 
qismlar 
yoki 
qo’shilmalar 
komandirlarining  taqdimnomasiga  binoan,  okrug  komissiyasi  tomonidan,  xorijiy 
mamlakatlardagi  vakolatxonalarida  tashqi  ishlar  vazirligining  taqdimnomasiga 
binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. 
Uchastkalar  qoida  tariqasida,  kamida  yigirma  va  ko’pi  bilan  uch  ming 
fuqarodan iborat tuziladi. 
Referendumni  o’tkazish  uchun  okrug  saylov  komissiyalari  va  uchastka 
komissiyalari  tuziladi.  Ular  referendum  o’tkazish  paytidagina  faoliyat  ko’rsatadi. 
Agar  referendum  saylov  o’tayotgan  vaqtda  o’tsa,  referendumni  o’tkazishni  ham 
okrug, uchastka saylov komissiyalari zimmasiga yuklash mumkin. 
Okrug  saylov  komissiyasi,  referendum  tayinlash  to’g’risidagi  qaror  e’lon 
qilinganidan  keyin  o’n  kundan  kechiktirilmay  Markaziy  saylov  komissiyasi 
tomonidan  to’qqiz  nafar  komissiya  a’zosidan  iborat  tarkibda  tuzilib,  u  o’z  majlisida 
rais, o’rinbosari va kotibini saylaydi.  
Uchastka  saylov  komissiyasi  referendum  tayinlash  to’g’risidagi  qaror  e’lon 
qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay o’n 
to’qqiz nafar a’zodan  iborat tarkibda tuziladi. Uning raisi, rais o’rinbosari va kotibi 
                                                           
1
 Markaziy  saylоv  kоmissiyasini  tuzish  tartibi,  tarkibi,  ish  faоliyati  shakli  va  prinsiplari,  vakоlatlari  darslikni  8-
mavzusida berilgan. 


214 
 
komissiya majlisida saylanadi. Komissiya еtti nafargacha a’zodan iborat ham tuzilishi 
mumkin. Unda faqat rais va o’rinbosari saylanadi. Uchastka komissiyasi tarkibining 
soni zarur hollarda ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.  
Xorijiy  davlatlardagi  vakolatxonalari  huzuridagi  uchastka  saylov  komissiyasi 
raisi vazifasini vakolatxona rahbari bajaradi. 
Okrug  komissiyalarining  a’zolari  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i 
Kengesi,  xalq  deputatlari  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlari  tavsiyasiga 
ko’ra,  uchastka  komissiyasining  a’zolari  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari taqdimnomasiga ko’ra tasdiqlanadi. 
Komissiyaning a’zosi o’z arizasiga ko’ra yoki vakolatidan mahrum qilinganida 
vazifasini bajarishdan ozod qilinadi. 
Davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari,  korxonalar,  tashkilotlar,  muassasalar, 
mansabdor shaxslar referendum komissiyasiga yordam berishlari, ularning ishi uchun 
zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.  
Kerakli binolar va jihozlar komissiya ixtiyoriga bepul beriladi. 
Komissiyalar  referendumga  tayyorgarlik  ko’rish  masalalari  bilan  har  qanday 
organ,  tashkilot  va  mansabdor  shaxslarga  murojaat  qilishi  mumkin,  ular  masalani 
ko’rib chiqib ko’pi bilan uch kun ichida javob qaytarishlari shart. 
  

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish