Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylovchilar ro’yxatini tuzish va ro’yxat bilan tanishtirish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250
5-§. Saylovchilar ro’yxatini tuzish va ro’yxat bilan tanishtirish 
Saylovchilar ro’yxati muhim hujjat bo’lganligi sababli uni tuzish, ro’yxat bilan 
saylovchilarni  tanishtirish  tartiblari  qonun  bilan  tartibga  solinadi.  Bu  masala 
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  Qonunning  21-23-
moddalari,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi 
Qonunning  32-34-moddalari,  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  Qonunning  29-31-moddalari  bilan  tartibga 
solinadi. 
Saylovchilar ro’yxati har bir saylov uchastkasida, uchastka saylov komissiyasi 
tomonidan  tuziladi.  Ro’yxatni  komissiya  raisi  va  kotibi  imzolaydi.  Saylovchilar 
ro’yxatini tuzish ishlariga jamoatchilik vakillari, faollar jalb qilinadi. 
                                                           
1
 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.:“Проспект”, 2009, стр.268. 


171 
 
Deputatlarni  saylovida  ro’yxatga  saylov  kuniga  qadar  yoki  saylov  kuni  o’n 
sakkiz  yoshga  to’ladigan,  ro’yxat  tuzilayotgan  vaqtda  saylov  uchastkasi  hududida 
doimiy  yoki  vaqtincha  istiqomat  qilayotgan  fuqarolar  kiritiladi
1
.  Demak,  ro’yxatga 
kiritish uchun: 
- o’n sakkiz yoshga to’lgan bo’lish; 
- shu hududda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan bo’lish; 
- O’zbekiston fuqarosi bo’lish kerak. 
Har bir saylovchi faqat bitta ro’yxatga kiritiladi. 
Saylovchilar  ro’yxatini  tuzishda  davlat  organlari,  muassasa,  tashkilotlar  ham 
ishtirok etadi. 
Tuman  va  shahar  hokimliklari  saylovchilar  hisobiga  olinishini  ta’minlaydilar 
hamda  uchastka  saylov  komissiyalariga  tegishli  hududda  istiqomat  qiluvchilar 
to’g’risida saylovchilar ro’yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar. 
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning, shuningdek ularning oila a’zolari 
va  boshqa  saylovchilarning,  agar  ular  harbiy  qismlar  joylashgan  еrda  istiqomat 
qilsalar,  ro’yxatlari  harbiy  qismlarning  komandirlari  taqdim  etgan  ma’lumotlar 
asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar 
o’zlari yashab turgan hududdagi saylov uchastkasida tuzuladigan ro’yxatga, umumiy 
asosda kiritiladi. 
O’zbekistonnning  xorijiy  mamlakatlardagi  vakolatxonalarida,  sanatoriylar  va 
dam  olish  o’ylarida,  kasalxonalar  va  boshqa  statsionar  davolash  muassasalarida, 
qamoqda  saqlash  joylarida  tuzilgan  saylov  uchastkalarida  saylovchilar  ro’yxatlari 
mazkur  muassasalar  (idoralar)  rahbarlari  tomonidan  taqdim  etilgan  ma’lumotlar 
asosida tuziladi. 
Qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishga asosan, qamoq joylarida saqlanayotgan 
fuqarolar  ham  saylash  huquqiga  ega  bo’ladi,  bu  aybsizlik  prezumpsiyasi  prinsipiga 
to’la  mos  bo’lib,  umumiy  saylov  huquqini  kengaytiradi  va  xalqaro  talablarga  to’la 
mos tushdi. 
Saylovchilarning  familiyalari  saylovchilar  ro’yxatida  ovoz  berishni  tashkil 
etish uchun qo’lay bo’lgan tartibda ko’rsatiladi. 
Ro’yxatda  har  bir  saylovchining  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  tug’ilgan 
sanasi va yashash joyi manzili aniq ko’rsatiladi. 
Saylovchilarning ro’yxatlari umumiy asosda saylovga o’n besh kun qolganda, 
alohida  tartibda  tuziladigan  saylov  uchastkalarida:  O’zbekistonning  xorijiy 
davlatlardagi  vakolatxonalarida,  sanatoriy  va  dam  olish  uylarida,  kasalxonalar  va 
boshqa  statsionar  davolash  muassasalarida,  olis  va  borish  qiyin  bo’lgan  joylarda, 
qamoqda saqlash joylarida saylovga еtti kun qolganda hamma tanishib chiqishi uchun 
taqdim  qilinadi  (ko’rinarli  joylarga  osib  qo’yiladi).  Uchastka  saylov  komissiyasi 
ro’yxat  bilan  tanishish  joyi  va  vaqti  to’g’risida  saylovchilarni  xabardor  qiladi. 
Fuqarolarga  uchastka  saylov  komissiyasi  joylashgan  binoda  saylovchilar  ro’yxati 
bilan tanishish uchun barcha imkoniyatlar, qulayliklar yaratiladi. 
Saylovchilar  ro’yxati  bilan  tanishish  natijasida,  saylovchi  noaniqliklarni 
aniqlaydigan  bo’lsa,  bu  haqda  uchastka  saylov  komissiyasiga  arz  qilishi  mumkin. 
                                                           
1
 Prezident saylоvida ham shu tartibda kirtiladi (qоnnuning 21- mоddasi). 


172 
 
Shunday  holat  bo’lsa,  uchastka  saylov  komissiyasi  24soat  ichida  arizani  ko’rib 
chiqishi  va  xatoni,  noaniqliklarni  tuzatishi  yoki  arizachiga  ariza  rad  etilganligi 
to’g’risida asoslantirilgan javob berishi kerak. 
Fuqaro  ro’yxatga  kiritilmay  qolganda  ham  masala  yuqoridagidek  hal  qilinadi. 
Asos bo’lsa qo’shimcha ro’yxatga kiritiladi. 
Saylov  komissiyasining  harakati  yuzasidan,  saylovchi  unga  qoniqmasa 
qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. 
Prezident  saylovi  to’g’risidagi  Qonunning  23-moddasida  saylovchilar 
ro’yxatidagi noaniqliklar haqida arizalarni ko’rish tartibini boshqacharoq kengroq hal 
qilgan.  Unga  asosan  ro’yxat  xususidagi  shikoyatlar,  saylov  komissiyasi  tomonidan 
ikki  kunlik  muddat  ichida,  saylov  arafasida  yoki  saylov  kuni  shikoyat  bo’lsa  darhol 
ko’rib  chiqiladi.  Komissiya  qarori  ustidan  tuman,  shahar  sudiga  saylovdan  kechi 
bilan  uch  kun  oldin  shikoyat  qilishi  mumkin.  Sud  shikoyatni  ikki  kun  ichida  ko’rib 
chiqishga majbur. Sud qabul qilgan qaror qat’iy hisoblanadi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish