Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


O’q-otar  qurollarni  qo’llash,  foydalanish  asoslari  tartibi  va



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/317
Sana09.09.2021
Hajmi2,49 Mb.
#169271
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   317
Bog'liq
jazoni ijro etish muassasalari

O’q-otar  qurollarni  qo’llash,  foydalanish  asoslari  tartibi  va 
shartlari.  Jazoni  ijro  etish  muassasalarida  alohida  holat  joriy  etish. 
Alohida  hollarda,  agar  jinoyatni  boshqa  vositalar  bilan  to’xtatishning  iloji 
bo’lmasa,  eng  so’nggi  chora  sifatida  o’qotar  qurolning  qo’llashga  yo’l 
qo’yiladi.  
O’qotar quroli quyidagi hollarda:  


120 
 
1) 
muassasa  ma’muriyati vakillarini, boshqa  mahkumlarni va o’zga 
shaxslarni  ularning  hayoti  va  sog’lig’iga  aniq  tahdid  etuvchi  hujumdan 
himoya  qilish,  shuningdek  qurolni  qo’lga  kiritish  maqsadida  qilingan 
hujumni qaytarish;  
2) 
garovga  olinganlarni,  mahkumlar  egallab  olgan  binolarni, 
inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish;  
3) 
jazoni  ijro  etish  muassasasining  qo’riqlanadigan  obyektlariga, 
transport  vositalariga  guruh  bo’lib  qilingan  yoki  qurolli  hujumni  qaytarish 
yoxud mahkumlarni zo’rlik bilan ozod qilishga urinishlarni to’xtatish;  
4) 
ozodlikdan  mahrum  etish  joylaridan  qochayotgan  yoki  qurolli 
qarshilik ko’rsatayotgan mahkumni ushlash;  
5) 
mahkumlar  qochishda  foydalanayotgan  transport  vositasini 
to’xtatish vaqtida qo’llanilishi mumkin.  
O’qotar  qurolni  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  ham 
qo’llanilishi  mumkin.[
 
O’zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining 
2012-yil  29-dekabrdagi  174-son  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  O’zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan  mahrum  qilish turidagi jazoni 
ijro  etish  muassasalarining  ichki  tartib  qoidalari  (O’zbekiston  Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat 
raqami 2495).] 
O’qotar  qurolini  qo’llashdan  oldin  qurol  qo’llanilishi  mumkinligi 
haqida  mahkumlarni  ogohlantirish  va  yuqoriga  qarab  ogohlantiruvchi  o’q 
otish  kerak.  Quyidagi  hollarda  o’qotar  qurol  ogohlantirishsiz  qo’llanilishi 
mumkin:  
qo’qqisdan hujum qilinganida;  
qurolli  hujumni  yoki  jangovar  texnika,  transport  vositalari,  uchish 
apparatlari,  dengiz  va  daryo  kemalaridan  foydalangan  holda  qilingan 
hujumni daf etishda;  
garovga olinganlarni ozod qilishda;  
ozodlikdan  mahrum  etish  joylaridan  qurol  bilan,  transport  vositalari 
yordamida  yoki  yurib  ketayotgan  transport  vositalaridan  foydalangan 
holda;  
tunda  yoki  ko’rish  cheklangan  sharoitda  qochilganda.[  Payzullaev  Q., 
Abduqodirov  Sh.Yo.  Jinoyat-ijroiya  huquqi  (albom  sxemalar).  –T.: 
TDYI, 2010. – 147 b.]  
O’qotar  qurol  qo’llanilganda  fuqarolar  xavfsizligini  ta’minlash, 
shuningdek  jabrlanganlarga  tibbiy  yordam  ko’rsatish  uchun  imkoni  bor 
barcha choralar ko’rilishi zarur.  
O’qotar  qurol  qo’llanilgan  har  bir  hodisa  haqida  raport  tuziladi  va 
darhol prokurorga xabar qilinadi.  


121 
 
Tabiiy ofat  ro’y bergan, jazoni ijro  etish  muassasasi joylashgan yerda 
favqulodda  yoki  harbiy  holat  joriy  etilgan  taqdirda,  urush  holatida, 
mahkumlar  tomonidan  guruh  bo’lib  bo’ysunmaslik,  shuningdek  ommaviy 
tartibsizlik  sodir  etilganida  muassasalarda  alohida  holat  joriy  etilishi 
mumkin.  
Alohida  holat  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vaziri  tomonidan 
O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  bilan  kelishilgan  holda  o’ttiz 
sutkagacha  bo’lgan  muddatga  joriy  etiladi.  Alohida  holatning  amal  qilish 
vaqti  alohida  hollarda  qo’shimcha  ravishda  yana  o’ttiz  sutkagacha 
uzaytirilishi mumkin.  
Alohida  holat  joriy  etishda  muassasada  qator  ishlar  amalga  oshiriladi. 
Xususan,  muassasalarda  qo’riqlash  va  nazorat  kuchaytiriladi,  bunga 
muassasa xodimlari va qorovul xizmatidagi harbiy xizmatchilarning ish vaqti 
uzaytirilib, dam olishlarini qisqartirish, ta’tillarni taqiqlash orqali erishiladi. 
Obyektlarga  kirishning  alohida  tartibi  joriy  etilib,  muassasaga  kirish 
cheklanadi yoki maxsus ruxsatnoma rejimi joriy qilinadi; muassasaning kun 
tartibi  madaniy-oqartuv,  maishiy,  tibbiy-sanitar,  ishlab  chiqarish  va  boshqa 
xizmatlarni  qisqartirish  hisobiga  o’zgartiriladi;  ishlarini  kamaytirish,  kun 
tartibi  o’zgartirilishi,  ayrim  xizmatlarning  faoliyati  cheklanishi  mumkin. 
Shuningdek,  ma’muriyat  tomonidan  mahkumlarning  ushbu  Kodeksda 
nazarda  tutilgan  (75-83  moddalar)  huquqlarining  amalga  oshirilishi 
to’xtatiladi.  Yuqoridagi  holatning  joriy  etilishi  mahkumlar  va  muassasa 
xodimlari huquqlarining cheklanishiga sabab bo’ladi.  
Alohida  holat  amal  qilib  turgan  davrda  muassasalarda  qo’riqlash  va 
nazoratning  kuchaytirilgan  turi,  obyektlarga  kirishning  alohida  tartibi  joriy 
etiladi,  kun  tartibi  o’zgartirilishi,  ayrim  xizmatlarning  faoliyati  cheklanishi 
mumkin. 
[Jinoyat-ijroiya 
kodeksiga 
sharhlar. 

M.H.Rustamboev, 
B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. 
– T.: TDYI, 2007. – 574 b.] 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish