Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Mahkumlarning posilkalar, yo’qlovlar, banderollar va pul



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/317
Sana09.09.2021
Hajmi2,49 Mb.
#169271
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   317
Bog'liq
jazoni ijro etish muassasalari

Mahkumlarning posilkalar, yo’qlovlar, banderollar va pul 
jo’natmalari olishi va yuborishi 
Ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilingan  shaxslar  jazoni  ijro  etish 
muassasasiga  yetib  kelgan  kundan  boshlab  posilka,  yo’qlov  va  banderol 
olishlari  hamda  jo’natishlari  mumkin.  posilka,  yo’qlov  va  banderollar 
ko’zdan kechiriladi.  
 
Bitta  posilka  yoki  banderolning  og’irligi  pochta  qoidalarida  belgilab 
qo’yilgan  normadan,  yo’qlovning  og’irligi  esa  posilkaning  belgilangan 
vaznidan oshib ketishi mumkin emas.  
 


130 
 
Olinadigan  posilka,  yo’qlov  va  banderollarning  miqdori  jazoni  ijro 
etish  muassasasining  tartib  turiga  hamda  mahkum  saqlanayotgan  sharoitga 
qarab belgilanadi.  
Hukm  qilingan  homilador  ayollarning  va  jazoni  ijro  etish 
muassasasidagi bolalar uyida bolalari bo’lgan ayollarning, shuningdek vrach 
xulosasiga  ko’ra  davolanish  va  kuchli  taomga  muhtoj  deb  e’tirof  etilgan 
bemorlarning,  birinchi  yoki  ikkinchi  guruh  nogironlarining  tibbiy  xulosada 
belgilanadigan  miqdorda  va  xillarda  qo’shimcha  posilkalar,  yo’qlovlar  va 
banderollar  olishiga  ruxsat  etiladi.[  Jinoyat-ijroiya  kodeksiga  sharhlar.  / 
M.H.Rustamboev, B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. 
M.H.Rustamboev. – T.: TDYI, 2007. – 574 b.]  
Mahkumlar  cheklanmagan  miqdorda  pul  jo’natmalari  olishlari  va 
yuborishlari  mumkin.  pul  jo’natmalari  mahkumning  shaxsiy  hisobvarag’iga 
kelib  tushadi.  Mahkumlar  o’zlariga  yaqin  qarindosh  bo’lmagan  shaxslarga, 
shuningdek  korxona,  muassasa  va  tashkilotlarga  faqat  jazoni  ijro  etish 
muassasasi  ma’muriyatining  ruxsati  bilan  pul  jo’natmalari  yuborishlari 
mumkin. pul jo’natmalari pochta orqali o’tkaziladi yoki muassasas kassasiga 
kelib  tushishi  mumkin.  Kelib  tushgan  barcha  jo’natmalar  mahkumning 
shaxsiy  hisob  varag’iga  o’tkazilib,  bu  xususda  u  xabardor  qilinadi.  pul 
jo’natmalarini  yuborish  uchun  mahkum  jo’natma  miqdorini,  oluvchining 
manzili,  familyasi,  ismi,  otasining  ismini  ko’rsatgan  holda  muassasa 
boshlig’ining  nomiga  ariza  beradi.  Zarur  hollarda,  jo’natma  nima  sababdan 
yuborilayotganligi  tushuntiriladi.  Mahkumning  arizasi  buxgalteriyaga 
yo’llanadi,  buxgalteriya  aytilgan  miqdorni  belgilangan  tartibda  ko’rsatilgan 
manzilga o’tkazib, bu xususda ariza beruvchini xabardor etadi.  
Mahkumlarning 
posilkalar, 
yo’qlovlar, 
banderollar 
va 
pul 
jo’natmalarini olishi hamda yuborishi tartibi O’zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.[ O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar 
vazirining  2012-yil  29-dekabrdagi  174-son  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan 
O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  ozodlikdan  mahrum  qilish 
turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari (O’zbekiston 
Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  2013-yil  29-iyulda  ro’yxatdan 
o’tkazildi, ro’yxat raqami 2495).] 
Ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilingan  shaxslar  cheklanmagan 
miqdorda  xat  va  telegrammalar  olishlari  hamda  jo’natishlari  mumkin. 
Mahkumlarning  xatlari  va  boshqa  jo’natmalari  tsenzuradan  o’tkaziladi, 
jazoni manzil-koloniyalarda o’tayotgan shaxslar bundan mustasno.  

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish