28
choralari tushunchasi, maqsadi va turlarini o’rgansa, jinoyat-ijroiya huquqi
mazkur jazo va choralarni o’tash hamda ijro etish tartibi va shartlarini
o’rganadi. Shu bilan birga jinoyat huquqida jazodan ozod qilish turlari va
asoslari o’rganilsa, mazkur institutni ijro etish tartibi aynan jinoyat-ijroiya
huquq tomonidan o’rganiladi. Jinoyat-ijroiya huquqi fani ham jinoyao
huquqi va boshqa fanlar qatori jinoyatchilikka qarsh kurashish va oldini olish
masalalarini ham o’rganib, jinoiy jazolarni ijro etish bilan uning
samaradorligi va natijalarini Jinoyat-ijroiya huquqi fani orqali o’rganiladi.
Jinoyat-ijroiya huquqi kriminologiya fani bilan ham bog’liqdir.
Jumladan, kriminologiya jinoyatchilik, uning vujudga kelish sabablari va
shart-sharoitlarini, ko’rsatkichlarini, jinoyatchi shaxsi va jinoyatlarni oldini
olishni o’rgansa, mazkur fan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan
shaxslarni, ya’ni mahkumlarning huquq va majburiyatlarini, ularga nisbatan
rag’batlantiruvchi va intizomiy choralarni qo’llash tartibini o’rganadi.
Jazolarni ijro etish jarayonidagi kriminologik holatlarni Jinoyat-ijroiya
huquqi fani orqali o’rganiladi.
Ushbu fan Jinoyat-protsessual huquqi va prokuror nazorati bilan ham
bog’liqligi shu bilan belgilanadiki, ushbu fanlar huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, xususan prokuratura va sud organlari faoliyatini bilan bog’liq
ijtimoiy munosabatlarni o’rgansa, jinoyat-ijroiya huquqi fani esa yuqorida
aytib o’tilgan jazo va choralarni ijro etuvchi organlarning huquq va
majburiyatlari, ularning foaliyatini nazorat qilish va tekshirish kabi ijtimoiy
munosabatlarni o’rganadi.
Huquq bilan tartibga solinadigan barcha ijtimoiy ahamiyatga molik
munosabatlarda, jinoyat uchun sud tomonidan tayinlanadigan jazoni va
boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini qo’llash qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi. Jinoyat uchun jazo va boshqa jinoyat-huquqiy
ta’sir choralarini ijro etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Konstutitsiyasi,
Jinoyat-ijroiya kodeksi va ularga muvofiq qabul qilingan boshqa qonun
hujjatlariga asoslangan bo’lishi lozim.
Mazkur qonun hujjatlarida belgilangan qoidalardan chetga chiqish, unda
nazarda tutilmagan biror usul va vositalarni joriy qilish yoki ulardan
foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari:
- jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish
prinsiplari, tartibi va
shartlarini;
- mahkumlarning huquqiy maqomini;
- mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qo’llash
tartibini;
- mahkumlarni jazoni o’tashdan ozod qilish tartibini;
30
Jinoyat-ijroiya kodeksi Jinoyat kodeksining 42-moddasida bayon
qilingan jazoning maqsadini amalga oshirishni o’z oldiga vazifa qilib
qo’yganligiga qaramay, uning 2-moddasida jinoyat-ijroiya qonuning
vazifalarini kengroq talqin qilib bergan.
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining vazifalari:
a) jazo ijrosini ta’minlash;
b) mahkumlarni
axloqan tuzatish;
s) jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;
d) mahkumlarning haq-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish;
Yuqorida qayd etilgan vazifalar orqali mahkumlar huquqiy holatlarining
belgilanishi, ularning jamiyatda o’rnatilgan tartib va qoidalarini hurmat
qilishga, ularni bajarishga o’rgatadi.
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining asosiy vazifasi - jinoyatchilik
sabablarini aniqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashdir. Jumladan,
prezidentimiz I. A. Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarlarida
ta’kidlaganlaridek,
-
“O’zbekistonda,
shubhasiz,
jinoyatchilikning
sabablarini aniqlash choralari ko’rilmoqda, fosh etilgan korrupsiyachilar
qattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat
tomonidan qattiq nazorat qilib boriladi” [Karimov I. O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida. Toshkent. “O’zbekiston” 1997-y. 93-bet.]
Do'stlaringiz bilan baham: