486
Aniqladi:
Da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar sudga javobgar
Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga
nisbatan ishga tiklash haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilganlar.
Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) larning javobgar Toshkent
viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga nisbatan
ishga tiklash haqidagi da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyatini ko‘rish jarayonida
da’vogarlar apellyatsiya instansiyasida da’vodan voz kechishlarini yozma taqdim
etdilar va javobgar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan
da’vogarlarning ishga tiklanganliklari haqidagi buyruq nusxasi sudga taqdim qildilar.
FPKning 330-moddasiga asosan, apellyatsiya shikoyati berilgan yoki protest
keltirilgandan keyin da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning
da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda
bayon etilib, apellyatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi lozim. Agar ishni ko‘rish
vaqtida da’vogar arz qilgan talablaridan voz kechsa, javobgar arz qilingan talablarni tan
olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsalar, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga
yozib qo‘yiladi va bayonnomani tegishincha da’vogar, javobgar yoki har ikki taraf
imzolaydi.
Sud da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan
oldin da’vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini
tushuntiradi.
Apellyatsiya instansiya sudi da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishini
qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv
qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Agar da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv
bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud voz kechishni rad qilib yoki tuzilgan kelishuv bitimini
tasdiqlamay, ishni apellyatsiya tartibida ko‘radi.
Sudlov hay’ati ish hujjatlarini o‘rganib, da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.),
(F.I.O.), (F.I.O.)lar Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish institutining 2011-yil 14-iyuldagi 161-sonli buyrug‘i bilan o‘z lavozimlariga
tiklanganliklarini inobatga olib hamda da’vogarlarning da’vodan voz kechganlari
sababli mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni
tugatishni lozim topadi.
FPKning 102-moddasiga muvofiq, ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir
taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo
yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmasligi taraflarga
tushuntirib o‘tiladi.
Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 100-, 330-, 342-, 343-moddasi 4-bandiga
asoslanib, apellyatsiya sudlov hay’ati
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |