383
Sud majlisida Mirobod tuman xalq ta’limi bo‘limi huzuridagi vasiylik va
homiylik kengashi vakili (F.I.O.) o‘zining bayonotida fuqaro (F.I.O.) tomonidan uzoq
muddat voyaga yetmagan farzandlari (F.I.O.) va (F.I.O.)ning moddiy ta’minoti uchun
aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani hamda farzandlari tarbiyasi bilan
shug‘ullanmasdan kelayotganini, shu sababli javobgar (F.I.O.)ni voyaga yetmagan
(F.I.O.) va (F.I.O.) ismli farzandlariga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilish
maqsadga muvofiq ekanligini bildirdi.
Sud da’vogar vakili hamda vasiylik va homiylik organi vakilining bayonotlarini
tinglab, ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, da’vo arizasi quyidagi asoslarga ko‘ra
qanoatlantirilishi lozim degan xulosaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq, ota-ona o‘z
bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining
tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy,
ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
Mazkur fuqarolik ishi holatlaridan ko‘rinishicha, (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 2002-
yilda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurishgan bo‘lib, ularning birgalikdagi
turmushidan ikki nafar – 2005-yil 24-mart kuni (F.I.O.) va 2006-yil 10-avgust kuni
(F.I.O.) ismli farzandlari tug‘ilgan. O‘zaro kelishmovchiliklar sababli er-xotin alohida-
alohida yashab kelmoqdalar. Voyaga yetmagan farzandlar onasi (F.I.O.)ning
tarbiyasida. FIB Mirobod tumanlararo sudining 2009-yil 20-fevral kunidagi sud
buyrug‘iga asosan (F.I.O.)dan voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun
aliment undirish belgilangan. Biroq javobgar (F.I.O.) moddiy yordamga muhtoj
bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, turli
bahonalar bilan farzandlariga aliment to‘lamasdan kelmoqda. Natijada (F.I.O.) tuman
prokuroriga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Javobgarning
otalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgani holati ish hujjatlaridagi javobgar
(F.I.O.) hamda undiruvchi (F.I.O.) ning tushuntirish xatlari bilan tasdiqlanadi. Sud
javobgarning tushuntirish xatidagi aliment to‘lashga sharoiti yo‘qligi haqidagi vajini
asossiz deb hisoblaydi, zero ushbu holat voyaga yetmagan farzandlariga moddiy
ta’minot berishdan bo‘yin tovlashga asos bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-
ona(ulardan biri) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan,
aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi
“Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan
qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 23-sonli qarorining 15-bandiga ko‘ra, ota-
onalik majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashlik deganda, ota-onalik burchlarini
uzluksiz ravishda bajarmaslik, o‘z bolalariga qanday bo‘lmasin g‘amxo‘rlik qilmaslik
tushuniladi. Ota-onaning o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
384
ularning bolalarining ma’naviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, ta’limi, ijtimoiy foydali
mehnatga tayyorgarligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaganida namoyon bo‘ladi.
Sud javobgar (F.I.O.)ning voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan otalik
majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligini, xususan, uzoq muddatdan beri sud
qarori bilan belgilangan alimentni to‘lamasdan, farzandlarining ma’naviy tarbiyasi va
jismoniy rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaganini inobatga olib, da’vogar
Mirobod tuman prokurorining da’vosini qanoatlantirish va javobgar (F.I.O.)ni ikki
nafar farzandiga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilish lozim deb hisoblaydi.
Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
73-,79-,88-moddasi, FPKning 224-, 203–206-moddalariga asosan, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |