385
Aniqladi:
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan bola bilan uchrashuv vaqtini
belgilash haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat qilgan.
Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talablarini to‘liq quvvatlab, javobgar
(F.I.O.) bilan 2010-yil 23- oktabrda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini,
birgalikdagi turmushlaridan bir nafar – 2011-yil 11- sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli
farzandi borligini, javobgar bilan o‘zaro munosabatlari turmushlari boshida yaxshi
bo‘lganligini, keyinchalik javobgar bilan o‘zaro kelishmovchiliklar, javobgarning
oilada sababsiz ravishda janjal qilishlari, javobgar ota-onasining ularning oilasiga
aralashishlari natijasida o‘rtalaridagi er-xotinlik munosabatlari yomonlashib
ketganligini, javobgar bilan 2011-yil mart oyidan buyon birga yashamasligini, o‘sha
paytdan buyon o‘rtalarida umumiy ro‘zg‘or yuritilmasligini, javobgar bilan
o‘rtalaridagi qonuniy nikohlari bekor qilinganligini, hozirgi kunda farzandi
javobgarning tarbiyasida ekanligini, farzandi uchun qonunda belgilangan miqdordagi
nafaqani o‘z vaqtida to‘lab kelayotganligini, hozirda javobgar unga farzandini ixtiyoriy
ravishda ko‘rsatmayotganligini, shu sababli farzandi bilan uchrashib, uning tarbiyasida
ishtirok etishni, uni moddiy jihatdan ta’minlashni xohlayotganligini, hozirgi kunda
farzandini ko‘rmaganligini, amaldagi qonunchiliklarga ko‘ra ota sifatida o‘z
farzandining tarbiyasida ishtirok etishi shartligini bayon qilib, da’vo talablarini
qanoatlantirishni hamda farzandi bilan har hafta shanba va yakshanba kunlari
uchrashuv vaqtini belgilab berishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarni tan olmasdan,
da’vogar bilan 2010-yil oktabr oyida qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini,
birgalikdagi turmushlaridan bir nafar (F.I.O.) ismli voyaga yetmagan farzandi
borligini, da’vogar bilan o‘zaro kelishmovchiliklar sababli o‘rtalaridagi qonuniy
nikohlari bekor qilinganligini, da’vogar bilan 2011-yil mart oyidan buyon birga
yashamasligini, farzandi hozirgi kunda o‘zining tarbiyasida ekanligini, farzandi bilan
ota-onasining uyida yashab kelayotganligini, farzandi unga o‘rganib qolganligini,
farzandini da’vogarga har haftada ikki marta bera olmasligini, chunki bu farzandining
ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini, da’vogar biror marta farzandini
ko‘rish uchun kelmaganligini bayon qilib, suddan da’vogarning da’vo arizasini rad
qilishni so‘radi.
Mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan 3-shaxs – Olmazor tuman
XTMFMTTEB bolalikni himoyalash bo‘limining vakili (F.I.O.) (sudning
so‘rovnomasiga asosan) taraflarning yashash sharoitlarini tekshirilganligi haqida
dalolatnoma va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rib chiqish haqida sudga ariza taqdim
qilganligi sababli, sud ishni FPKning 174-moddasiga ko‘ra mustaqil talablar bilan arz
qilmaydigan 3-shaxs – Olmazor tuman XTB bolalikni himoyalash bo‘limining
vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topadi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
386
Sud taraflarning ko‘rgazmalarini hamda Toshkent shahar Olmazor tumani
prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning fikrini tinglab, ish materiallari bilan tanishib,
quyidagi xulosaga keladi:
Aniqlanishicha, da’vogar (F.I.O.) va javobgar (F.I.O.) 2010-yil 23-oktabr kuni
Toshkent shahar Olmazor tumani FHDYo bo‘limi tomonidan qonuniy nikohdan
o‘tganlar va bu haqda nikoh tuzish dalolatnomalarini qayd qilish daftarida 1248-sonli
yozuv qayd qilingan.
O‘rtalaridagi turmushdan bir nafar – 2011-yil 11-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli
farzandlari bor. Taraflar o‘zaro kelishmovchiliklar sababli 2011-yil mart oyidan buyon
birga yashamaydilar.
Taraflar o‘rtalaridagi qonuniy nikoh Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur
tumanlararo sudining 2011- yil 12- avgust kunidagi hal qiluv qaroriga ko‘ra bekor
qilingan.
Hozirda javobgar da’vogarni voyaga yetmagan farzandi bilan uchrashishga
qarshilik qilib kelayotganligi sababli, da’vogar bu borada sudga murojaat etishga
majbur bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 66-moddasining 2-qismiga ko‘ra, ota va
ona alohida yashagan holda, bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasiga ko‘ra, ota-ona o‘z
bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 73-moddasining 1-, 2-qismlariga ko‘ra,
ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z
bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i,
jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 76-moddasining 1-, 2-qismlariga ko‘ra,
bola bilan alohida yashayotgan ota(ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida
ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bola
bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishiga, agar bunday
ko‘rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa,
qarshilik qilmasligi kerak. Sud yuqoridagi holatlarga hamda taraflarning farzandiga
nisbatan teng huquq va majburiyatga ega bo‘lib, farzandning tarbiyasi va kamoloti
uchun javobgar ekanliklariga, da’vogar (F.I.O.)ning farzandi bilan uchrashishi
bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirishi mumkin
bo‘lgan holatlar aniqlanmaganligiga, bolaning bugungi kunda boshqa oilada yashab
kelayotganligiga, voyaga yetmagan farzandning yoshiga huquqiy baho bergan holda,
da’vogarning da’vo talabini qisman qanoatlantirishni hamda uning farzandi bilan
uchrashish vaqtini har haftaning shanba kuni soat 10:00 dan 13:00gacha vaziyat
o‘zgargunga qadar onasi (F.I.O.) ishtirokida belgilashni lozim deb topadi. Garchi, sud
majlisida da’vogar (F.I.O.) farzandi bilan haftaning shanba va yakshanba kunlari
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
387
uchrashuv vaqtini belgilashni so‘ragan bo‘lsa-da, sud voyaga yetmagan (F.I.O.)ning
yoshini, onasiga bog‘langani va onasi bilan yashab kelayotgani holatlarini, shuningdek,
otasini ko‘rmagani va tanimasligini inobatga olib, bola bilan bir haftada ikki kun
uchrashuv vaqtini belgilash maqsadga muvofiq emasligini inobatga oladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 66-, 71-,
73-, 76-moddalari hamda FPKning 203–206-moddalariga asosan, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |