Aniqladi:
Da’vogar Toshkent shahar prokurori jamiyat va davlat manfaatida javobgarlar
Toshkent shahar hokimiyati va (F.I.O.)ga nisbatan Toshkent shahrida doimiy
ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni haqiqiy emas deb topish va propiskani
bekor qilish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan.
Sud majlisida Mirobod tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) da’vo
talablarini quvvatlab, ularni aniqlashtirib, javobgar (F.I.O.) Buxoro viloyatida tug‘ilib,
muqaddam Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani, Sh.Mamanova ko‘chasi 16-uyda
doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashab kelganligini, u 2008-yil 12-martda Toshkent shahar
hokimiyatining Toshkent shahar ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiyasiga
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruhsat berishni so‘rab murojaat
qilganligini, o‘z arizasiga 2008- yildagi 5-martdagi Toshkent shahrida doimiy
ro‘yxatda bo‘lgan (F.I.O.) bilan Uchtepa tuman FHDYo tomonidan rasmiylashtirilgan
nikoh tuzganligi haqidagi guvohnomani ilova qilganligini, mazkur holat yuzasidan olib
borilgan surishtiruvlar natijasida javobgar Uchtepa tuman IIB XChK va FRB
inspektori bilan oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro (F.I.O.) bilan soxta nikoh tuzib,
ushbu soxta nikoh guvohnomasi yordamida Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan
o‘tishni maqsad qilganligini, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi tomonidan 2011-yil 13-martda jinoiy ish qo‘zg‘atilganligini, javobgar
(F.I.O.) fuqaro (F.I.O.) bilan oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikohdan o‘tganligini
bayon qilib, suddan (F.I.O.) va (F.I.O.) o‘rtasida Toshkent shahar Uchtepa tumani
FHDYo bo‘limida 2008-yil 5-martda 113-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd
qilingan nikohni haqiqiy emas deb topishni, shuningdek, (F.I.O.)ning Toshkent
shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni haqiqiy emas deb
topishni va propiskani bekor qilishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talabini tan olib, fuqaro
(F.I.O.) bilan oila qurish niyati bo‘lmasdan nikoh qayd qilganligini, bundan asosiy
maqsadi Toshkent shahrida doimiy propiskaga o‘tish bo‘lganligini bayon qilib, suddan
da’vogarning da’vo talabini qonuniy hal qilishni so‘radi.
Sudga tegishli tartibda chaqirilgan Toshkent shahar hokimiyati vakili va Uchtepa
tumani FHDYo bo‘limi vakili noma’lum sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmadi,
sudga kelmaslik sabablarini bayon qilmadilar.
Sud FPKning 174-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishini Toshkent shahar hokimiyati
vakili va Uchtepa tumani FHDYo bo‘limi vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim
topdi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
379
Uchinchi shaxs (F.I.O.)ning amalda ro‘yxatda qayd qilingan manzilda istiqomat
qilmayotganligi va hozirgi turar joyi noma’lumligi uchun, sud majlisiga chaqirilganligi
haqidagi chaqiruv qog‘ozini topshirishning ilojisi bo‘lmaganligi bois, sud mazkur
fuqarolik ishini, FPKning 139-moddasiga binoan, uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni
lozim topdi.
Sud taraflar bayonotlarini tinglab, ish hujjatlarini muhokama etib va to‘plangan
dalillarga huquqiy baho berib, da’vo talablarini asosli deb hisoblab, quyidagilarga
ko‘ra uni qanoatlantirish lozim deb topdi.
Sudda aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrida
ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiya a’zolarining 2008-yil 19-sentabrda
imzolangan 38-sonli xulosasi bilan javobgar (F.I.O.) Toshkent shahriga doimiy
ro‘yxatdan o‘tish haqidagi arizasini qanoatlantirish haqida xulosa berilib, mazkur
xulosa Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan.
Ushbu xulosada javobgar (F.I.O.)ning Toshkent shahrida doimiy propiska
qilinishiga asos qilib javobgar tomonidan u va fuqaro (F.I.O.) o‘rtasida 2008-yil 5-
martda Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limida qayd qilingan nikoh
tuzilganligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga asosan, soxta nikoh
tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh
qayd qildirganda, nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Shuningdek, Oila kodeksining 50-
moddasi 1-qismiga asosan, nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga
oshiriladi.
Ushbu moddaga ko‘ra, er-xotin soxta nikoh qayd qildirgan va oila qurmagan
bo‘lsalar, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 54-moddasi 2-qismiga asosan, soxta
nikohni haqiqiy emas deb topishni prokuror talab qilishga haqli, er (xotin) oila qurish
maqsadisiz nikohga kirgan hollarda esa, bunday talab xotin (er) tomonidan ham
qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatchilik va
korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta
tergovchisi (F.I.O.)ning 2011-yil 13-mart kungi ayblovni to‘ldirib, jinoyat ishida
ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaroridan ko‘rinishicha,
javobgar (F.I.O.) Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tish maqsadida fuqaro
(F.I.O.)ning ishonchini suiiste’mol qilib, u bilan oila qurish maqsadini ko‘zlamay,
Uchtepa tumani FHDYo bo‘limida qonuniy nikohdan o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 12-moddasiga asosan, davlat organining yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan
hamda fuqaroning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
380
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb
topilishi mumkin.
Sud hujjatni haqiqiy emas deb topgan taqdirda, buzilgan huquq FKning 11-
moddasida nazarda tutilgan usullarda himoya qilinishi kerak.
Sud javobgar (F.I.O.)ning fuqaro (F.I.O.) bilan oila qurish maqsadi bo‘lmasdan
qonuniy nikohdan o‘tganligini tan olganligini va ushbu holat dastlabki tergov
jarayonida isbotlanganligini inobatga olib, Toshkent shahar prokurorining da’vo
talabini asosli deb hisoblab, uni qanoatlantirish hamda javobgar (F.I.O.) va fuqaro
(F.I.O.) o‘rtasida 2008-yil 5-martda tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topishni,
mazkur soxta nikoh asosida chiqarilgan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi
Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiyaning 2008-yil 19-
sentabr kungi 38-sonli xulosasining javobgar (F.I.O.)ga tegishli qismini haqiqiy emas
deb topish va bekor qilish haqidagi xulosaga keladi.
Sud davlat boji masalasini muhokama qilib, FPKning 110-moddasiga asosan,
javobgarlarni davlat bojidan ozod qilish mumkin deb hisoblaydi.
Yuqoridagilarga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-, 50-,
54-moddalari, FPKning 139-, 174-, 180-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |