Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet634/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   630   631   632   633   634   635   636   637   ...   790
Bog'liq
9-1

Aniqladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish 

haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talabini quvvatlab, javobgar (F.I.O.) bilan 

2013-yil  27-iyun  kuni  Bektemir  tumani  FHDYo  bo‘limida  qonuniy  nikohdan 

o‘tganligini,  biroq  to‘yiga  yaqin  qolganda  javobgar  bilan  uning  dunyoqarashi  va 

xarakteri to‘g‘ri kelmasligini, bir-biri bilan kelisha olmasligini bilib qolganligini, ota-

onalari  bir-birlariga  yaqinroq  qarindosh  bo‘lganligi  sababli  kelgusida  hayotlarini 

o‘ylab,  nikohni  bekor  qilishga  qaror  qilganliklarini,  qonuniy  nikohdan  o‘tayotganda 

oila qurish niyati bo‘lganligini, oila qurishga uni hech kim majburlamaganligini bayon 

qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni hamda javobgar (F.I.O.) bilan o‘rtalarida qayd 

etilgan nikohni haqiqiy emas deb topishni so‘radi.  

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)    da’vogarning  da’vo  talablarini  tan  olib, 

haqiqatdan  ham  da’vogar  bilan  o‘rtalarida  nikoh  2013-yil  27-iyun  kuni  qayd 

etilganligini,  boshida  unda  oila  qurish  maqsadi  bo‘lganligini,  da’vogar  bilan 

xarakterlari  to‘g‘ri  kelmasligi  sababli  oila  qurishni  istamaganligini  bayon  qilib, 

da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi.  

Sud majlisida uchinchi shaxs Toshkent shahar Bektemir tumani FHDYo bo‘limi 

vakili  (F.I.O.)  da’vo  arizasini  tan  olmasdan,  taraflar  FHDYo  bo‘limiga  2013-yil  22-

mayda ariza bilan murojaat qilishganligini va tibbiy ko‘rikdan o‘tishganligini, berilgan 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

376 


 

muddat  o‘tib,  27-iyun  kuni  nikohlari  qayd  qilinganligini,  bu  holatda  nikohni  qayd 

qilishga  monelik  qiladigan  holat  bo‘lmaganligi  sababli  dalolatnoma  yozuvi  qayd 

etilganligini,  nikoh  qonunda  belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilganini  bayon  qilib, 

suddan da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantirishni rad qilishni so‘radi.  

Sud taraflar va uchinchi shaxs ko‘rsatmalarini tinglab, Bektemir tumani prokurori 

yordamchisi  (F.I.O.)ning    da’vo  arizasini  rad  qilish  haqidagi  fikrini  eshitib,  ish 

hujjatlari  bilan  tanishib,  quyidagi  asoslarga  ko‘ra,  da’vogarning  da’vo  talabini 

qanoatlantirishni rad qilish lozim deb hisoblaydi. 

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, taraflar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar 

Bektemir  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  2013-yil  27-iyunda  123-sonli 

dalolatnoma yozuvi bilan qonuniy nikohdan o‘tishgan. 

Birgalikdagi turmushlaridan farzandlari yo‘q. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga asosan, nikoh quyidagi 

hollarda haqiqiy emas deb topiladi:  

– Oila kodeksning 14–16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;  

– soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini 

ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda;  

–  nikohlanuvchi  shaxslardan  biri  tanosil  kasalligi  yoki  odamning  immunitet 

tanqisligi  virusi  (OIV  kasalligi)  borligini  ikkinchisidan  yashirganda,  agar  ikkinchisi 

sudga shunday talab bilan murojaat etsa.  

Shuningdek, mazkur kodeksning 50-moddasi 1-qismiga asosan nikohni haqiqiy 

emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  16-moddasiga  asosan,  soxta  nikoh 

tuzilganda,  ya’ni  er-xotin  yoki  ulardan  biri  oila  qurish  maqsadini  ko‘zlamay  nikoh 

qayd  qildirganda,  nikohlanuvchi  shaxslardan  biri  tanosil  kasalligi  yoki  odamning 

immunitet  tanqisligi  virusi  (OIV  kasalligi)  borligini  ikkinchisidan  yashirganda,  agar 

ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, nikoh haqiqiy emas deb topiladi. 

Yuqoridagi  qonun  talablari  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining 

2011-yil  20-iyundagi  “Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha 

qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  06-sonli  qarorining  34-bandida  ham 

tushuntirib o‘tilgan. 

Fuqarolik ishi materiallarida to‘plangan hujjatlar va taraflarning ko‘rsatmalaridan 

ko‘rinishicha, da’vogar (F.I.O.)  va javobgar (F.I.O.)da qonuniy nikohni qayd qilishda 

oila  qurish  maqsadi  bo‘lgan,  ularni  hech  kim  nikohdan  o‘tishga  majbur  qilmagan. 

Taraflar  o‘z  ixtiyorlari  bilan  oila  qurish  maqsadida,  qonuniy  nikohdan  o‘tish  uchun 

FHDYo bo‘limiga ariza bilan murojaat qilganlar.  

Shuningdek,  da’vogar  (F.I.O.)  ishni  sudda  ko‘rish  davomida  o‘z  da’vo  talabini 

tasdiqlovchi dalillar taqdim qila olmadi. Zero, FPKning 57-moddasiga ko‘ra, har bir 

taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

377 


 

hamda 59-moddasiga ko‘ra, qonun bo‘yicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan 

tasdiqlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarini  boshqa  hech  qanday  isbotlash  vositalari  bilan 

tasdiqlash mumkin emas. 

Bunday  holatda,  sud  da’voni  qanoatlantirish  uchun  qonuniy  asoslar 

aniqlanmaganini,  da’vogar  tomonidan  ham  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish  uchun 

asos  bo‘ladigan  holatlar  va  bu  holatlarni  tasdiqlovchi  dalillar  taqdim  etilmaganini 

inobatga olib, da’vogarning da’vo talabini asossiz deb hisoblab, uni qanoatlantirishni 

rad qilishni lozim deb topadi. 

Sud  arz  qilingan  talablarni  qanoatlantirish  rad  etilgan  taqdirda  FPKning  120-

moddasida sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlari da’vogardan davlat 

daromadiga  undirilishi  nazarda  tutilgani  sababli  davlat  boji  masalasini  muhokama 

qilib,  da’vogar  tomonidan  da’vo  arizasi  berishda  belgilangan  miqdorda  davlat  boji 

to‘langanini inobatga oladi. 

Yuqoridagilarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-, 49–

50 -moddalari, FPKning 57-, 203–206-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi  “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga 

oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi      06-sonli qarori 

tushuntirishlaridan kelib chiqib, sud 

 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   630   631   632   633   634   635   636   637   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish