Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet750/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   746   747   748   749   750   751   752   753   ...   790
Bog'liq
9-1

 

504 


 

Aniqladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)lar javobgar (F.I.O.)ga nisbatan uyga 



kiritish va foydalanish tartibini belgilash haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat 

qilganlar.  

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan umumiy mol-mulkning ½ qismiga 

egalik  huquqini  va  foydalanish  tartibini  belgilash  haqidagi  qo‘shimcha  da’vo  arizasi 

bilan sudga murojaat qilgan.  

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  umumiy  mol-mulkni  bo‘lish 

haqidagi,  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)ga  nisbatan  uy-joydan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizasi bilan sudga 

murojaat qilgan.  

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur  tumanlararo  sudining  2011-yil  21-

oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan da’vogarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.)ning 

uyga  kiritish  va  foydalanish  tartibini  belgilash  haqidagi  da’vo  arizasi  qisman 

qanoatlantirilgan. 

Da’vogarlar  (F.I.O.)  olti  nafar  farzandlari  –  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.), 

(F.I.O.), (F.I.O.)lar bilan birgalikda Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboyeva 1-

mavze 5-uy 4-xonadonga kiritib qo‘yilganlar va uy-joydan umumiy foydalanish tartibi 

belgilangan. 

Da’vo  arizaning  kamida  uchta  xonani  foydalanish  uchun  biriktirish  qismi  rad 

qilingan. 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)ga  nisbatan 

uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi qarshi da’vo arizasini 

qanoatlantirish rad qilingan.  

Mazkur  hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  javobgar  (F.I.O.)  tomonidan  kassatsiya 

shikoyati keltirilib, shikoyatda hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangitdan ko‘rish 

uchun qaytarishni so‘ragan. 

Kassatsiya sudlov hay’ati majlisida da’vogar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larning 

ishonchli vakili (F.I.O.)  kassatsiya shikoyatini tan olmasdan, uni rad qilishni so‘radi.  

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  kassatsiya  shikoyatini 

quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. 

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  kassatsiya  shikoyatini 

quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. 

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  kassatsiya  shikoyatini 

quvvatlab, uni qanoatlantirishni so‘radi. 

Sudlov  hay’ati  mazkur  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  ma’ruzachi  sudya  (F.I.O.)ning 

ma’ruzasini, Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning kassatsiya protestini 

quvvatlab  bergan  fikrini  va  advokatlar  fikrini  tinglab,  ish  hujjatlarini  tahlil  qilib 

quyidagi xulosaga keladi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

505 


 

FPKning 348-13-moddasiga asosan ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganida sud 

birinchi  instansiya      sudi  hal  qiluv  qarorining  qonuniy,  asosli  va  adolatli  ekanligini 

kassatsiya  shikoyati  yoki  protestining  vajlari  hamda  ular  yuzasidan  bildirilgan 

e’tirozlar  doirasida  tekshiradi.  U  yangi  dalillarni  o‘rganib  chiqishi  va  yangi  faktlarni 

aniqlashi mumkin. 

Aniqlangan  holatlarga  ko‘ra,  da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  bilan  1989-yil 

10-iyunda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurishgan.  Ularning  birgalikdagi 

turmushlaridan olti nafar farzandlari bor: 1990-y.t. (F.I.O.), 1992-y.t. (F.I.O.), 1993-y.t. 

(F.I.O.), 1996-y.t. (F.I.O.), 2006-y.t. (F.I.O.) va 2008-y.t. (F.I.O.).  

Taraflar turmushlari davomida Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboyev 1-

mavze  5-uy  4-xonadonda  yashaganlar.  Mazkur  turar  joy  2002-yil  7-martda 

tasdiqlangan  vasiyatnoma  bo‘yicha  vorislik  haqidagi  guvohnomaga  asosan  javobgar 

(F.I.O.)ga tegishli. 

Oilada  kelib  chiqqan  kelishmovchiliklar  natijasida  da’vogar  (F.I.O.)  farzandlari 

bilan 2010-yilning iyun oyida nizoli uydan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga asosan uy, kvartira 

mulkdorining  oila  a’zolari,  shuningdek,  u  bilan  doimiy  yashayotgan  fuqarolar,  agar 

ularni  ko‘chirib  kelgan  paytda  yozma  ravishda  boshqa  hol  qayd  etilgan  bo‘lmasa, 

uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga  haqlidirlar.  

Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini 

(eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek, mulkdor 

bilan  doimiy  yashayotgan  oilali  farzandlari,  agar  ilgari  bu  huquqqa  ega  bo‘lmagan 

bo‘lsalar,  faqat  o‘zaro  kelishuvga  binoan  mulkdorning  oila  a’zosi  deb  tan  olinishlari 

mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi “Uy-

joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 22-sonli qarorining 5-bandi uchinchi va 

to‘rtinchi  qismlariga  ko‘ra,  uyga  yashash  uchun  kiritish  hamda  turar  joydan 

foydalanishga  bo‘lgan  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  to‘g‘risidagi  da’volarni  hal 

etishda  sud  turar  joyga  da’vo  qiluvchi  shaxs  O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy 

kodeksining  32-moddasi 2- va  3-qismlarida  qayd  etilgan  shaxslar  safiga  kirishi  yoki 

boshqa asos bo‘yicha uyda yashashga bo‘lgan huquqiy holatlarini, qanday sabablarga 

ko‘ra yashamayotganligini va da’voni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan 

boshqa holatlarni aniqlashlari lozim. 

Da’vogar  (F.I.O.)  ushbu  turar  joyda  1990-yil  10-apreldan  beri  doimiy  ravishda 

farzandlari  bilan  ro‘yxatdan  o‘tgan  holda  mulkdor  (F.I.O.)ning  oila  a’zosi  sifatida 

yashab, foydalanib kelgan.  

Birinchi  instansiya  sudi  mazkur  holatlarga  huquqiy  baho  bergan  holda 

da’vogarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)larning  uyga  kiritish  haqidagi  talablari 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

506 


 

asosli degan xulosaga kelib, uni qanoatlantirishni lozim topgan va turar joyni umumiy 

foydalanishga qoldirgan. Apellyatsiya instansiyasi ushbu xulosalar bilan kelishadi.  

Da’vogarlarning  uy-joyning  kamida  uchta  xonasini  biriktirish  haqidagi  da’vo 

talablarini muhokama qilgan birinchi instansiya sudi bu talablar bilan kelishmagan va 

uni rad qilgan. Apellyatsiya sudlov hay’ati ushbu xulosalar bilan kelishgan holda turar 

joy  ulushli  mulk  bo‘lmaganligi  sababli  uchta  xonasini  biriktirib  foydalanish  tartibi 

belgilanishi mulkdorning huquq va manfaatlariga zid bo‘lishini ta’kidlaydi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  52-moddasiga  muvofiq, 

munitsipial,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining 

uylaridagi  turar  joyni  ijaraga  oluvchi,  uning  oila  a’zolari  yoki  ijaraga  oluvchi  bilan 

doimiy  yashayotgan  fuqarolar  vaqtincha  bo‘lmaganida  turar  joy  olti  oy  muddat 

davomida ularning hisobida saqlanib turadi.  

Javobgar  (F.I.O.)  farzandlari  bilan  nizoli  turar  joy  ro‘yxatiga  mulkdorining 

roziligi  bilan  kiritilgan.  Mulkdorning  oila  a’zosi  hisoblanadilar.  Mazkur  holatlardan 

kelib  chiqqan  birinchi  instansiya  sudi  da’vogar  (F.I.O.)  ning  uy-joydan  foydalanish 

huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqidagi  qarshi  da’vo  talablarini  rad  qilishini  lozim 

topgan.  

Kassatsiya  sudlov  hay’ati  tomonidan  nizoli  turar  joyning  xususiylashtirish 

hujjatlari olib o‘rganilganda, turar joyni xususiylashtirishda da’vogar (F.I.O.) ishtirok 

etganligi,  uning  farzandi  (F.I.O.)  esa  doimiy  ro‘yxatda  turganligi  aniqlandi.  Garchi 

turar joyga nisbatan vorislik guvohnomasi rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, kadastr xizmati 

ma’lumotiga  qaraganda  ushbu  guvohnoma  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilmagan.  Ya’ni 

turar joyga to‘liq mulk huquqi vujudga kelmagan.  

Mazkur  holatni  ham  inobatga  olgan  sudlov  hay’ati  birinchi  instansiya  sudining 

xulosalari bilan kelishadi.  

FPKning 348

15

-moddasiga asosan, sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, 



o‘z ajrimi bilan: hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa 

qanoatlantirmaslikka haqli.  

Yuqoridagilarga asosan va FPKning 348

15

 -moddasiga amal qilib sudlov hay’ati  



 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   746   747   748   749   750   751   752   753   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish