kommunal qarzni undirish haqidagi fuqarolik ishi yuzasidan 2014-yil 29-iyul kuni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
499
Da’vogar “Mardlik Servis kommunal” XUJMSh sudga javobgar (F.I.O.)ga
nisbatan kommunal qarzni undirish haqida da’vo talabi bilan murojaat etgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2014-yil 29-iyuldagi
sirtdan chiqargan hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar “Mardlik Servis kommunal”
XUJMShning da’vo talabi-qanoatlantirilgan.
Javobgar (F.I.O.) dan da’vogar “Mardlik Servis kommunal” XUJMSh foydasiga
299.800 so‘m miqdorida kommunal qarzi undirilgan.
Javobgar (F.I.O.) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.
FPK 224-moddasiga muvofiq, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli
tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, da’vogar e’tiroz
bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Ishni bunday tartibda
ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligi
haqida ishda ma’lumot bo‘lishi lozim.
Birinchi instansiya sudi, ishni sirtdan ko‘rish haqida xulosaga kelgan bo‘lsa-da,
ish hujjatlarida, javobgarga da’vogarning vakili orqali chaqiruv qog‘ozini berib qo‘yish
uchun berilgan, ammo mazkur chaqiruv qog‘ozini (F.I.O.) olganligi va u sud
majlisining vaqti va joyi haqida tegishlicha ogohlantirilganligi haqidagi ma’lumotlar
mavjud emas.
Shuningdek, Uchtepa tumani Chilonzor dahasi 9-mavze 13-uy 6-xonadon
javobgarga tegishli ekanligini tasdiqlovchi biror-bir hujjat mavjud emas.
FPK 314-moddasi 2-qismi 2-bandiga muvofiq, protsessual huquq normalarining
buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga sabab bo‘lgan
yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorning
bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Agar ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega
bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabar berilmagan shaxslardan
birortasining yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror majburiy tartibda
bekor qilinishi shart.
SO‘RAYMAN:
Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa
tumanlararo sudining 2014-yil 29-iyul kungi hal qiluv qarorini bekor qilishni va ish
mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni.
Ilova:
1) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2014-yil 29-iyul
kungi hal qiluv qaroridan nusxa;
2) keltirilgan protestdan ikki nusxa.
Do'stlaringiz bilan baham: