Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Apellyatsiya instansiyasi sud majlisi bayonnomasi



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet739/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   735   736   737   738   739   740   741   742   ...   790
Bog'liq
9-1

 

Apellyatsiya instansiyasi sud majlisi bayonnomasi 

 

SUDLOV  HAY’ATI  MAJLISI 



BAYONNOMASI 

2014-yil noyabr oyining 18-kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 

apellyatsiya  instansiyasi  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  (F.I.O.),  hay’at  a’zolari 

(F.I.O.)  va  (F.I.O.)lardan  iborat  tarkibda,  (F.I.O.)ning  kotibaligida,  Toshkent  shahar 

prokurori yordamchisi (F.I.O.), advokat (F.I.O.) ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha 

Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2013-yil  19-iyuldagi  da’vogar  (F.I.O.)ning 

javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) Respublika ko‘chmas mulk birjasiga nisbatan oldi-sotdi 

shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi, da’vogar (F.I.O.)ning 

javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.),  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tuman  6-sonli 

davlat  notarial  idorasiga  nisbatan  oldi-sotdi  shartnomasini  haqiqiy  emas  deb  topish 

haqidagi  da’vo  arizasi,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.), 

Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tuman  6-sonli  davlat  notarial  idorasi,  Respublika 

ko‘chmas mulk birjasi va (F.I.O.)ga nisbatan oldi-sotdi shartnomalarini haqiqiy emas 

deb  topish,  egalik  huquqini  belgilash,  uydan  ko‘chirish  va  uyga  kiritish  haqidagi 

qo‘shimcha da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi yuzasidan qabul qilingan 

hal  qiluv  qaroriga  nisbatan  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)lar  tomonidan  keltirilgan 

apellyatsiya  shikoyatlari  hamda  Sirg‘ali  tuman  prokurori  tomonidan  kiritilgan 

apellyatsiya protestini  ko‘rib chiqmoqda. 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

493 


 

Raislik etuvchi sud majlisini ochib, qanday ish ko‘rilishini e’lon qildi. 

Kotib sudlov hay’ati, da’vogar (F.I.O.) va qo‘shimcha javobgar ishonchli vakili 

(F.I.O.)ning,  (F.I.O.)ning,  (F.I.O.)ning  kelganligini,  qolgan  taraflar  tegishli  tartibda 

ogohlantirilishiga  qaramay  kelmaganligini,  Toshkent  shahar  adliya  boshqarmasidan 

ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishni so‘rab yozgan arizasi, Yakkasaroy tuman 6-sonli 

DNI notariusi (F.I.O.) tomonidan ariza kelib tushganligini  ma’lum qildi. 

Raislik  etuvchi  ishni  kelmagan  taraflar  ishtirokisiz  boshlashni  muhokamaga 

qo‘ydi.  

E’tirozlar yo‘q. 

Sudlov hay’ati o‘z joyida ajrim qiladi. 

AJRIM 

Mazkur ish kelmagan taraflar ishtirokisiz boshlansin. 

Raislik etuvchi taraflar shaxsini aniqladi. 

Da’vogar: (F.I.O.), 1967-yilda tug‘ilgan, millati  

o‘zbek, ma’lumoti oliy, i/j: vaqtincha ishsiz,  

ya/j.: Chilonzor tumani Chilonzor  

16-mavzesi, 4-uy 135-xonadon. 

-shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q 

Qo‘shimcha javobgar (F.I.O.)ning vakili:   

(F.I.O.), 1956-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek,  

ma’lumoti o‘rta, i/j.: nafaqada, ya/j.: Qashqadaryo  

viloyati Yakkabog‘ QFY. 

-shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q 

Qo‘shimcha javobgar: (F.I.O.), 1982-yilda  

Farg‘ona vilolatida tug‘ilgan, millati o‘zbek,  

ma’lumoti oliy, i/j: uy bekasi, ya/j.: Yakkasaroy tumani  

Boshliq mavzesi 6-uy 102-xonadon. 

-shaxsi bo‘yicha savollar yo‘q 

Raislik  etuvchi  sudlov  hay’ati  tarkibini,  kotib  va  Toshkent  shahar  prokurori 

yordamchisi  (F.I.O.)ning  ishtirokini  e’lon  qildi  va  raddiyalar  keltirish  huquqini 

tushuntirdi. 

Raddiyalar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  taraflarga  ularning  protsessual  huquq  va  majburiyatlarini 

tushuntirdi. 

Protsessual huquq va majburiyatlar tushunarli. 

Ma’ruzachi sudya (F.I.O.) ish materiallari yuzasidan ma’ruza qilib o‘tdi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning fikri: 

-Hurmatli sud, men ish bo‘yicha keltirilgan protestni quvvatlayman. 

R/etuvchi savoliga 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

494 


 

Qo‘shimcha javobgar (F.I.O.) Ishonchli vakil: (F.I.O.)ning bayoni: 

Shikoyatni  quvvatlayman,  oldingi  sud  majlislarida  bergan  bayonotimni 

quvvatlayman,  prokuror  protestini  quvvatlayman.  (F.I.O.)    nizoli  xonadonni 

sotayotgan vaqtida unga nisbatan da’vo qiluvchi turmush o‘rtog‘i borligini bilmagan. 

R/etuvchi savoliga qo‘shimcha javobgar ishonchli vakil: (F.I.O.)ning bayoni: 

Shikoyatni quvvatlayman,  prokuror protestini quvvatlayman. 

Savollar yo‘q. 

R/etuvchi savoliga da’vogar: (F.I.O.)ning bayoni: 

Shikoyatga  va  protestga  qarshiman,  hal  qiluv  qarorini  o‘z  kuchida 

qoldirishingizni  so‘rayman,  rayosatga  chaqiruv  qog‘ozi  pochtadan  kech  keldi,  shu 

sababli  kela  olmadim.  Men  jazo  o‘tash  muassasidan  2011-yil  21-fevralda 

chiqqanman. 2012-yil 27, 28-fevralda Toshkent shahriga kelganimdan keyin mening 

uyim  sotilganligini  bilganman.  Sobiq  xotinim  haqida  ma’lumotim  yo‘q.  Nizoli 

Boshliq mavzesidagi  uy birinchi (F.I.O.)ga sotilgan, keyin u (F.I.O.)ga sotgan, u esa 

(F.I.O.)ga  sotgan.  2-nizoli  uy  (F.I.O.)ga  sotilgan.  Ajrashganimni  2011-yil  avgustda 

bilganman.  2011-yil  1-sudda  o‘zim  qatnashganman,  bizga  olti  oy  muddat  berilgan. 

Sudga  2013-yil  11-fevralda    murojaat  qilganman.  (F.I.O.)ni  1984-yildan  buyon 

taniyman.  Javobgar  bilan  oila  bo‘lib  yashaganimizni,  farzandlarimiz  borligini  u 

bilardi. 

Savollar yo‘q. 

Sudlov  hay’ati  maslahatlashib,  o‘z  joyida  ajrim  qildi,  kelmagan  taraflar 

chaqirtirilishi  zaruriyati  bilan  ishni  ko‘rish  2014-yil  25-noyabr  soat  15-00ga  qadar 

qoldirilsin. 

2014-yil 25-noyabr sudlov hay’ati o‘zgarmagan tarkibda da’vom etadi. 

Kotib sud majlisiga (F.I.O.), (F.I.O.) va oldin kelgan taraflar kelganligini, lekin 

boshqalar kelmaganligini ma’lum qildi. 

Raislik  etuvchi  ishni  kelmagan  taraflar  ishtirokisiz  ko‘rishni  muhokamaga 

qo‘ydi.  

E’tirozlar yo‘q. 

Sudlov hay’ati o‘z joyida ajrim qiladi. 

AJRIM 

Mazkur ish kelmagan taraflar ishtirokisiz ko‘rilsin. 

Yangi kelgan taraflar shaxsi aniqlanmoqda. 

Javobgar: (F.I.O.), 1960-yilda tug‘ilgan, millati  

o‘zbek, ma’lumoti oliy, i/j: APUAT byuro boshlig‘i  

yashash joyi: Mirobod tumani A.Fitrat ko‘chasi  

40-b uy, 40-xonadon. 

Shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi 

Javobgar: (F.I.O.), 1988-yilda tug‘ilgan, millati  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

495 


 

o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, i/j: “Yevro-fud” firmasida  

ombor mudiri, yashash joyi: Uchtepa tumani  

4-tor Bositxon ko‘chasi 16-uy. 

Shaxsi bo‘yicha savollar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  sudlov  hay’ati  tarkibini,  kotib  va  Toshkent  shahar  prokurori 

yordamchisi  (F.I.O.)ning  ishtirokini  e’lon  qildi  va  raddiyalar  keltirish  huquqini 

tushuntirdi. 

Raddiyalar bo‘lmadi. 

Raislik  etuvchi  taraflarga  ularning  protsessual  huquq  va  majburiyatlarini 

tushuntirdi. 

Protsessual huquq va majburiyatlar tushunarli. 

Ma’ruzachi sudya (F.I.O.) ish materiallari yuzasidan ma’ruza qilib o‘tdi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning fikri: 

–  Hurmatli sud, men ish bo‘yicha keltirilgan protestni quvvatlayman. 

R/etuvchi savoliga 

(F.I.O.): 

–  Hal  qiluv  qarorini  to‘g‘ri  deb  hisoblayman,  shikoyatni  rad  etishingizni 

so‘rayman. Men hech kimdan uy sotib olmaganman, (F.I.O.) mening nomimga nizoli 

uyni  rasmiylashtirgan  va  mening  nomimdan  sotgan.  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  mening 

qarindoshlarim, men ularning er-xotin ekanligini va farzandlari borligini bilganman. 

– Men nizoli uy bo‘yicha pul bermaganman va olmaganman. Men notariusda 

qog‘ozga o‘qimasdan qo‘l qo‘yganman. Uy (F.I.O.)ning nomidaligini bilmaganman. 

Men  (F.I.O.)  qo‘lidan  hech  qanday  hujjat  olmaganman.  (F.I.O.)ning  eri  borligini 

bilardim, lekin u nizoli uy sotilishiga qarshiligini bilmaganman. Men (F.I.O.)dan pul 

olmaganman, pulni (F.I.O.) olgan. 

–  Nizoli  xonadon  (F.I.O.)niki  deb  o‘ylaganman,  (F.I.O.)ning  o‘sha  paytda 

Toshkentda propiskasi bor edi, shuning uchun uning nomiga rasmiylashtirilgan deb 

o‘ylaganman.  

(F.I.O.)  bunday  shartnomaga  rozi  emasligini  bilmaganman  va  notarius  aybdor 

deb bilaman. 

Savollar bo‘lmadi. 

Raislik etuvchi savoliga javobgar (F.I.O.):  

–  sudning  hal  qiluv  qarorini  noqonuniy  va  asossiz  deb  bilaman,  apellyatsiya 

shikoyatini qanoatlantirib berishingizni so‘rayman. (F.I.O.) ni mendan qarzi bo‘lgan. 

Qarzi evaziga uyni bergan, ustiga pul to‘laganman. Notariusga (F.I.O.) ayollari bilan 

kelgan. Uy egasi (F.I.O.) deb o‘ylaganman. 

Qo‘shimcha ariza va iltimosnomalar bo‘lmadi. 

Toshkent shahar prokurori yordamchisi (F.I.O.)ning fikri: 

Hurmatli  sud,  men  ish  hujjatlari  bilan  tanishib  chiqib,  ish  bo‘yicha  keltirilgan 

protestni quvvatlayman. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

496 


 

Sudlov hay’ati maslahatxonada qoladi va u yerdan chiqib raislik etuvchi ajrimni 

o‘qib eshittirdi. Taraflarga shikoyat keltirish tartibi va muddatlari tushuntirildi. 

Sudlov hay’ati majlisi yopiq deb e’lon qilindi. 

 

Raislik etuvchi:                           imzo                                                             (F.I.O.) 



 

Kotib:                                        imzo                                                                (F.I.O.) 

 

 

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga 



 

Da’vogar: Toshkent viloyati Toshkent tumani  

Yusupov ko‘chasi 73-uyda yashovchi (F.I.O.)dan 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   735   736   737   738   739   740   741   742   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish