430
Aniqladi:
Fuqaro (F.I.O.) Toshkent shahar Uchtepa tumani fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organi xatti-harakatlari ustidan shikoyat bilan sudga murojaat
qilgan.
Sud majlisida arizachi (F.I.O.) o‘zining arizasini qo‘llab-quvvatlab, onasi (F.I.O.)
1993-yil 29-iyulda vafot etganligi, onasining barcha hujjatlarida, jumladan, tug‘ilganlik
guvohnomasi, nikoh guvohnomasi, farzandlarning tug‘ilganlik guvohnomalarida ismi
“Jamila” deb qayd etilganligi, yashab turgan uy-joyni meros ishi bilan rasmiylashtirish
vaqtida onasining o‘limi haqidagi guvohnoma talab qilinganida, Uchtepa tumani
FHDYo bo‘limida 1993-yil 29-iyuldagi 1185-son bilan qayd etilgan o‘lim haqidagi
dalolatnoma yozuvida onasining ismi “Xalima” deb qayd etilganligi ma’lum
bo‘lganligi, Uchtepa tuman FHDYo bo‘limi xodimlari tomonidan barcha hujjatlar
tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, unga yozma ravishda rad javobi berishganligi va
fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilganligi, Uchtepa tuman FHDYo
bo‘limi tomonidan unga rad javobi berilganligi bois, FHDYo bo‘limining xatti-
harakatlarini noqonuniy deb topish, xatolikni tuzatish to‘g‘risida shikoyat ariza bilan
fuqarolik sudiga murojaat qilishga majbur bo‘lganligini bayon qilib, arizasini
qanoatlantirishni hamda Uchtepa tumani FHDYo bo‘limining xatti-harakatlarini
noqonuniy deb topib, onasining o‘lim guvohnomasidagi “Xalima” ismini “Jamila” deb
tuzatish kiritib berish majburiyatini yuklashni so‘radi.
Toshkent shahar Uchtepa tuman FHDYo organi tomonidan sudga xat kelib
tushganligi, ushbu xatda sud majlislarini tuman FHDYo organining ishtirokisiz ko‘rish
so‘ralganligi bois, sud mazkur fuqarolik ishini FPKning 174-moddasi talablariga
asosan, Uchtepa tumani FHDYo bo‘limi vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim
deb hisoblaydi.
Uchinchi shaxslar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)lar ariza bilan sudga
murojaat qilib, o‘z arizalarida arizachining shikoyat arizasini qo‘llab quvvatlab, sud
majlislarini ularning ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan.
Bunday holatlarda, sud mazkur fuqarolik ishini FPKning 174-moddasiga asosan,
uchinchi shaxslar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larning ishtirokisiz ko‘rib
chiqishni lozim deb hisoblaydi.
Sud taraflarning ko‘rsatmalarini, Toshkent shahar Uchtepa tuman prokurori
yordamchisi (F.I.O.)ning fikrini tinglab, ish materiallarini o‘rganib, quyidagi asoslarga
ko‘ra, shikoyat arizasini qanoatlantirishni lozim topdi.
FPKning 269-moddasiga ko‘ra, fuqaro o‘zining huquqlari va erkinliklarini
buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida
yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
431
Aniqlanishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limining 1993-yil
29-iyuldagi 1185-sonli o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvida marhum (F.I.O.)ning
ismi ustunida “Xalima” deb yozilgan.
Fuqarolik ish hujjatlaridagi (F.I.O.) va (F.I.O.)ning qonuniy nikohdan o‘tganligi
haqidagi dalolatnoma yozuvida uning ismi “Jamila” yozilgan. Bundan tashqari,
marhumning fuqaro A.K. bilan birgalikdagi turmushlaridan tug‘ilgan farzandlarining
ham tug‘ilganlik guvohnomalarining ona grafasida “A.J” deb yozilgan.
Arizachi (F.I.O.) merosni rasmiylashtirish, ya’ni meros olishda qiyinchiliklarga
duchor bo‘lganligi sababli, Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limiga 1993-
yil 29-iyuldagi 1185-sonli o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidagi onasining ismidagi
xatolikni to‘g‘rilab berishni so‘rab murojaat qilgan. Biroq Uchtepa tumani fuqarolik
holati dalolatnomalarini yozish organi o‘zining 2012-yil 9-martdagi 246-sonli xati
bilan ushbu xatoliklarni tuzatishni rad etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi
“Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlardagi xatoliklarni belgilashni tartibga
soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi 5-sonli qarorining 4-
bandiga muvofiq, agar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish
masalasi qonunda belgilangan tartibda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan va yozuvlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga
o‘zgartish yoxud qo‘shimchalar kiritish rad etilgan taqdirdagina manfaatdor
shaxslarning fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni belgilash
haqidagi arizalari ariza beruvchi yashab turgan joydagi sud ish yurgizishiga qabul
qilinadi. Bunday ishlar sudlar tomonidan davlat organlari va boshqa organlar,
shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan
shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish tartibida ko‘riladi (FPK 274-moddasi).
Bunday holatda, sud arizachi (F.I.O.) ning shikoyat arizasini qanoatlantirib,
Toshkent shahar Uchtepa FHDYo bo‘limiga 1993-yil 29-iyul kunida 1185-sonli
marhuma (F.I.O.) ga tegishli bo‘lgan o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining
marhumning ismi ustuniga “Xalima” o‘rniga “Jamila” deb tuzatish kiritish
majburiyatini yuklashni lozim topdi.
Sud, davlat boji undirish masalasini muhokama qilib, arizachi tomonidan sudga
shikoyat ariza taqdim qilishda 31.460 so‘m to‘langanligini inobatga olib, taraflarni
davlat boji to‘lovlaridan ozod qilishni lozim deb topadi.
Yuqoridagilarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 228-, 233-
moddalarini, FPKning 174-, 274-275-, 203-206-moddalarini, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “Fuqarolik holati
dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni belgilashni tartibga soluvchi qonunlarni
tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi qarorining
(qo‘shimcha va o‘zgartishlar bilan) 1-, 4–6-, 11–12-bandlarini qo‘llab, sud
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |