Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet678/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   674   675   676   677   678   679   680   681   ...   790
Bog'liq
9-1

Aniqladi: 

 

Fuqaro (F.I.O.) dalolatnoma yozuviga tegishli tuzatish kiritish haqidagi shikoyat 

bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)  shikoyat  arizasiga  o‘zgartirish  va  aniqlik  kiritish 

haqida ariza bilan murojaat qilib, Uchtepa tuman FHDYo bo‘limiga Andijon viloyati 

Izboskan  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  1952-yil  3-iyun  kuni  168-raqami  bilan 

qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining onasi grafasidagi ona ismi 

“Saji”  deb  qayd  etilganligini,  ushbu  yozuvga  “Sojida”  deb  tegishli  tuzatish  kiritib 

berish majburiyatini yuklashni so‘radi.   

Sud  majlisida  arizasi  (F.I.O.)  o‘zining  arizasini  qo‘llab-quvvatlab,  Toshkent 

shahar  Uchtepa  tumani  N.Saidov  ko‘chasi  13-uy  onasi  (F.I.O.)ga  A.Ikramov  tuman 

hokimining  2004-yil 18-fevraldagi 61-sonli  qaroriga  asosan tegishli  ekanligini, onasi 

(F.I.O.)  1996-yil  21-may  kuni  vafot  etganligini,  onasi  vafotidan  so‘ng  merosni 

rasmiylashtirish  uchun  notarial  idoraga  murojaat  qilganligini,  tug‘ilganlik 

guvohnomasida onasining ismi “Saji” deb qayd etilganligini, shuning uchun merosni 

rasmiylashtira  olmaganligini,  xatolikni  tuzatish  maqsadida  Toshkent  shahar  Uchtepa 

tuman FHDYo bo‘limiga murojaat qilganligini, lekin unga rad javob berishganligini, 

shu sababli mazkur shikoyat ariza bilan sudga murojaat qilishga majbur bo‘lganligini, 

(F.I.O.)ning  bir  nafar  farzandi  bo‘lganligini,  ushbu  farzandi  u  ekanligini,  onasi  uni 

asrab  olganligini,  boshqa  farzandlari  yo‘qligini  bayon  qilib,  shikoyat  arizasini 

qanoatlantirishni hamda Uchtepa tuman FHDYo bo‘limiga Andijon viloyati Izboskan 

tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 1952-yil 3-iyun kuni 168-raqami bilan qayd etilgan 

tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining  onasi  grafasidagi  ona  ismi  “Saji”  deb 

qayd etilganligini “Sojida” deb tegishli tuzatish kiritib berish majburiyatini yuklashni 

so‘radi.   

Dastlabki sud majlisida so‘ralgan uchinchi shaxs Toshkent shahar Uchtepa tuman 

FHDYo  bo‘limi  vakili  (F.I.O.)  arizachi  (F.I.O.)  Uchtepa  tuman  FXDYo  bo‘limiga 

Andijon viloyati Izboskan tumani FHDYo bo‘limida 1952-yil iyun oyida 168-raqami 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

427 


 

bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining onasi grafasidagi ona 

ismi “Saji” deb qayd etilganligini, arizachi “Sojida” deb tegishli tuzatish kiritib berishni 

so‘rab murojaat qilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 228-moddasi 

va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli 

qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 

154-bandiga  asosan,  fuqarolik  holati  dalolatnoma  yozuvlariga  o‘zgartirishlar, 

tuzatishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish  yetarli  asoslar  mavjud  bo‘lganda  va  manfaatdor 

shaxslar  o‘rtasida  nizo  bo‘lmaganda,  ushbu  dalolatnoma  yozuvlari  saqlanayotgan 

joydagi  FHDYo  organi  tomonidan  amalga  oshirilishini,  bo‘lim  tomonidan  arizaga 

ilova  qilingan  hujjatlar  o‘rganib  chiqilganida,  arizachining  tug‘ilganlik  haqidagi 

guvohnomasida marhum onasining ismi qisqartirilgan holda “Saji” deb, qolgan barcha 

hujjatlarda,  jumladan,  pensiya  guvohnomasi,  hisobga  olingan  turar-joy  hujjatining 

nusxasi va o‘lim guvohnomalarida «Sojida» deb qayd etilganligi hamda taqdim etilgan 

hujjatlarda  yetarli  asoslar  bo‘lmaganligi,  ya’ni  onaning  tug‘ilganlik  guvohnomasi 

yo‘qligi  sababli  Uchtepa  tuman  FHDYo  bo‘limi  tug‘ilganlik  haqida  dalolatnoma 

yozuvida “Ona” ustunida onaning ismiga tuzatish kiritish imkoniyatiga ega emasligini 

ma’lum  qilib,  sudga  murojaat  qilish  huquqini  tushuntirganligini,  shikoyat  arizaga 

nisbatan ularda  e’tiroz  yo‘qligini,  shikoyat  arizani  qonuniy hal qilishni  sudga havola 

qilishni so‘radi.  

Keyingi sud majlislariga Toshkent shahar Uchtepa tuman FXDYo bo‘limi vakili 

(F.I.O.)  kelmadi,  sudga  ariza  bilan  murojaat  qilib,  unda  sud  majlislarini  o‘zining 

ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan. 

Bunday  holatda  sud  FPKning  174-moddasiga  asosan,  ishni  Toshkent  shahar 

Uchtepa tuman FHDYo bo‘limi vakili (F.I.O.)ning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim 

deb topadi. 

Sud  taraflarning  ko‘rsatmalarini,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  prokurori 

yordamchisi (F.I.O.)ning fikrini tinglab, ish materiallarini o‘rganib, quyidagi asoslarga 

ko‘ra, shikoyat arizasini qanoatlantirishni lozim topdi. 

FPKning  269-moddasiga  ko‘ra,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar) ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqlidir. 

Aniqlanishicha, Andijon viloyati Izboskan tumani FXDYo bo‘limining 1952-yil 

3-iyun  oyida  168-sonli  tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvining  ona  grafasida 

“Sojida”ning ismi ustunida “Saji” deb yozilgan. 

Fuqarolik  ish  hujjatlarida,  (F.I.O.)ning  nafaqa  guvohnomasida  uning  ismi 

“Sojida”  yozilgan.  Bundan  tashqari  marhumning  o‘lim  haqidagi  guvohnomasida 

“Sojida” deb yozilgan. 

(F.I.O.)  1996-yil  21-may  kuni  vafot  etgan,  bu  haqda  832-sonli  dalolatnoma 

yozuvi qayd etilgan. 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

428 


 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  N.Saidova  ko‘chasidagi  13-uy  marhum 

(F.I.O.)ga tegishlidir.  

Arizachi  (F.I.O.)  merosni  rasmiylashtirish,  ya’ni  meros  olishda  qiyinchiliklarga 

duch kelganligi sababli, Toshkent shahar Uchtepa tumani FHDYo bo‘limiga Andijon 

viloyati  Izboskan  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  1952-yil  3-iyundagi  168-sonli 

tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuvidagi  onasining  ismidagi  xatolikni  to‘g‘rilab 

berishni  so‘rab  murojaat  qilgan.  Biroq  Uchtepa  tumani  fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  yozish  organi  o‘zining  2013-yil  20-apreldagi  479-sonli  xati  bilan 

ushbu xatoliklarni tuzatishni rad etgan. 

Shundan  so‘ng  (F.I.O.)  sudga  Uchtepa  tuman  FHDYo  bo‘limiga  nisbatan 

shikoyat arizasi bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 

Ish  hujjatlaridan  ko‘rinishicha,  Toshkent  viloyati  Kalinin  tumanidan  berilgan 

9927-sonli pensiya guvohnomasida ham marhumaning ismi Sojida deb qayd qilingan. 

Bundan tashqari, Toshkent shahar Uchtepa tuman XChK va FRning xatiga ko‘ra, 

1909-yilda tug‘ilgan  (F.I.O.)ga Uchtepa tumanidan pasport berilmagan. 

Sudning 2013-yil 4-iyundagi so‘rovnomasiga binoan, Toshkent viloyati Zangiota 

tuman  IIBning  2013-yil  11-iyundagi  1268-sonli  javob  xatiga  ko‘ra,  1909-yilda 

tug‘ilgan  (F.I.O.)  nomiga  1976-yil  8-aprelda  Toshkent  viloyati  Zangiota  tuman  IIB 

tomonidan  1-YuS№693997  raqamli  sobiq  Ittifoq  pasporti  rasmiylashtirilgan.  Fuqaro 

(F.I.O.) nomiga 1976-yil 8-aprelda Toshkent viloyati Zangiota tuman IIB tomonidan 

berilgan  1-YuS№693997  raqamli  sobiq  Ittifoq  pasportining  1-shakl  arizasi  Zangiota 

tuman  IIB  PB  arxividan  qidirilganda,  noma’lum  sabablarga  ko‘ra  topilmagan. 

Zangiota tuman IIB PB arxividagi 1976-yildagi F-2 shakl kitob tekshirilganda, 1-kitob 

54 varaq 2-qatorda 1-YuS№693997 raqamli sobiq Ittifoq pasporti 1976-yil 8-aprelda 

1909-  yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  nomiga  rasmiylashtirilganligi  qayd  qilinganligi 

aniqlangan. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1992-yil  13-noyabrdagi 

“Fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuvlardagi  xatoliklarni  belgilashni  tartibga 

soluvchi qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi 5-sonli qarorining 4-

bandiga muvofiq, agar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish 

masalasi  qonunda  belgilangan  tartibda  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish 

organlari  tomonidan  ko‘rib  chiqilgan  va  yozuvlardagi  xatolarni  tuzatish  yoki  ularga 

o‘zgartish  yoxud  qo‘shimchalar  kiritish  rad  etilgan  taqdirdagina,  manfaatdor 

shaxslarning  fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuvlaridagi  xatolarni  belgilash 

haqidagi  arizalari  ariza  beruvchi  yashab  turgan  joydagi  sud  ish  yurgizishiga  qabul 

qilinadi.  Bunday  ishlar  sudlar  tomonidan  davlat  organlari  va  boshqa  organlar, 

shuningdek,  mansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari  (qarorlari)  ustidan  berilgan 

shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish tartibida ko‘riladi (FPK 274-moddasi). 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

429 


 

Bunday  holatda,  sud  arizachi  (F.I.O.)ning  shikoyat  arizasini  qanoatlantirib, 

Uchtepa tuman FHDYo bo‘limiga Andijon viloyati Izboskan tumani FHDYo bo‘limi 

tomonidan  1952-yil 3-iyun  kuni  168-raqami  bilan  qayd  etilgan  tug‘ilganlik haqidagi 

dalolatnoma  yozuvining  ona  grafasidagi  ona  ismi  “Saji”  deb  qayd  etilganligini 

“Sojida” deb tegishli tuzatish kiritib berish majburiyatini yuklashni lozim topadi. 

Yuqoridagilarga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining 228-,  233-

moddalarini,  FPKning    174-,  274–275-,  203–206-moddalarini,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1992-yil  13-noyabrdagi  “Fuqarolik  holati 

dalolatnomalari  yozuvlaridagi  xatolarni  belgilashni  tartibga  soluvchi  qonunlarni 

tartibga  soluvchi  qonunchilikni  sudlar  tomonidan  qo‘llanishi  haqida”gi  qarorining 

(qo‘shimcha va o‘zgartishlar bilan) 1-, 4–6-, 11–12-bandlarini qo‘llab, sud 

 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   674   675   676   677   678   679   680   681   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish