Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


    HAL  QILUV  QARORI



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet655/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   651   652   653   654   655   656   657   658   ...   790
Bog'liq
9-1

 

397 


 

HAL  QILUV  QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

 

2014-yil  avgust  oyining  19-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.)  va 

(F.I.O.)larga  nisbatan  uyga  kiritish  haqidagi  da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-

3597/14 sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgarlar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  ga  nisbatan  uyga  kiritish 



haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  da’vo  talablarini  quvvatlab,    javobgar  (F.I.O.) 

bilan  2000-yil  26-aprelda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurishganini,  birgalikdagi 

turmushlaridan  ikki  nafar  –  2001-yil  6-yanvarda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va  2008-yil  3-

fevralda tug‘ilgan  (F.I.O.) ismli farzandlari  borligini,  javobgar bilan  Toshkent  shahar 

Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi  60-uyda  istiqomat  qilganini,  javobgar  bilan 

boshida  yaxshi  yashaganini,  lekin  keyinchalik  o‘rtalarida  kelishmovchiliklar  yuzaga 

kelganini, u bir necha bor oilani saqlab qolish uchun harakat qilganini, lekin javobgar 

oxirgi 

vaqtlarda 

qattiq 

o‘zgarganini, 

javobgar 

(F.I.O.) 

2008-yil  

20-oktabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  JKning  168-moddasining  3-qismi  “a”  va  “v” 

bandlari 

bilan 


sudlanib,  

8  yil  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilinganini,  javobgarlar  uni  haydagani  uchun 

da’vogar  farzandlarini  olib  uydan  chiqib  ketishga  majbur  bo‘lganini,  2014-yil  mart 

oyidan  beri  ota-onasining  uyida,  ya’ni,  Olmazor  tumani  Farobiy  ko‘chasi  356-uyda 

ikki  nafar  farzandi  bilan  yashab  kelayotganini,  nizoli  xonadonda  doimiy  ro‘yxatda 

turishini bayon qilib, suddan da’vogarni ikki nafar voyaga yetmagan (F.I.O.) va (F.I.O.) 

bilan  birgalikda  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi  60-uyga 

kiritib qo‘yishni so‘radi.  

Sud majlisida javobgar (F.I.O.)  da’vogarning da’vo talabini tan olmay, sudga o‘z 

e’tiroznomasini taqdim qilib, unda da’vogar bilan 2000-yilda qonuniy nikohdan o‘tib 

turmush  qurganini,  o‘rtalarida  ikki  nafar  –  2001-yil  6-yanvarda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  va 

2008-yil  3-fevralda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  borligini,  da’vogar  bilan 

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyda istiqomat qilganini, 

da’vogar bilan bir oila bo‘lib yashayotgan davrda jinoiy jazoga tortilganini, 2014-yil 6-

fevralda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqanidan keyin o‘z uyi – Toshkent 

shahar  Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi  60-uyga  kelganini,  shundan  keyin 

da’vogar bilan biroz muddat birga yashashganini, lekin da’vogar javobgar va uning oila 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

398 


 

a’zolari bilan urushib, janjal ko‘tarib uydan chiqib ketganini, oxirgi marta 2014-yil 1-

mart kuni uydan ketganini, hozirgi kunda da’vogar ikki nafar farzandini javobgarlarga 

ko‘rsatmasdan  uning  otalik  huquqini  cheklayotganini,  shuningdek,  uy-joy  talab 

qilayotganini, lekin javobgar (F.I.O.)ning hozirgi kunda yashayotgan uy o‘zining mulki 

emas, balki ota-onasining mulki ekanligini bayon qilib, da’vogarning da’vo talablarini 

rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlisida javobgar  (F.I.O.) da’vogarning  da’vo talablarini  tan  olmay,  nizoli 

uyga  da’vogar                    2000-  yilda  kelin  bo‘lib  tushganini,  o‘g‘li  bilan  da’vogarning 

birgalikdagi  turmushlaridan  ikki  nafar  farzandlari  borligini,  da’vogar  bilan  2011-yil 

dekabr  oyigacha  yashaganini,  2014-yil  6-fevral  kuni  jazodan  ozod  bo‘lib,  uyga 

qaytganini, shundan so‘ng da’vogar bilan 3 kun birga yashaganini, ishga ketdim deb 

qaytib  kelmaganini,  fevral  oyining  oxirlarida  yana  qaytib  kelganini,  janjal-to‘polon 

qilganini,  2014-yil  1-mart  kuni  kasalxonaga  yotganini,  uning  kasalxona  xarajatlarini 

o‘zlari to‘laganliklarini, da’vogarning nizoli uyga kirishiga qarshi ekanligini, da’vogar 

uyga yashash uchun kirsa, ularga tuhmat qilishdan qaytmasligini, lekin nabiralarining 

uyga kirishiga qarshi emasligini ta’kidlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlisiga  uchinchi  shaxs  sifatida  jalb  qilingan  (F.I.O.)  da’vo  arizani  tan 

olmay,  da’vogar  uning  kelini  ekanligini,  uydan  ketganiga  3  yil  bo‘lganini,  o‘g‘li 

qamoqdan qaytganidan  keyin da’vogar ham  kelganini,  ular 3 kun  birga  yashaganini, 

keyin uydan chiqib ketganini, uni hech kim haydamaganini, o‘z xohishi bilan chiqib 

ketganini,  yana  qaytib  kelib  biroz  muddat  yashaganini,  2014-yil  1-mart  kuni 

kasalxonaga yotganidan keyin nizoli uyda yashamayotganini, oxirgi marta uyda janjal 

bo‘lganida eridan taloq so‘raganini, uning janjalda uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganini, 

da’vogarning  nizoli  uyga  kirishiga  qarshi  ekanligini,  chunki  u  bilan  yashashning 

umuman  imkoni  yo‘qligini,  nabiralarining  kirishiga  esa  qarshi  emasligini  bildirib, 

da’vo talablarini rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlisida  uchinchi  shaxs  (F.I.O.)  bu  oilaning  kelini  ekanligini,  2014-yil  1-

martdan  oldin  uyda  janjal  bo‘lganini,  da’vogar  uydan  o‘z  xohishi  bilan  chiqib 

ketganini, uning uyga kirishiga qarshi ekanligini bildirdi. 

Sud  majlisida  uchinchi  shaxslar  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  ham  yuqoridagi 

javobgarlarning  va  uchinchi  shaxslarning  ko‘rgazmalariga  o‘xshash  ko‘rgazmalar 

berib, da’vo arizani rad qilishini so‘radilar. 

Sud  da’vogar  va  javobgarlar,  shuningdek,  uchinchi  shaxslarning    bayonotlarini 

tinglab,  ish  hujjatlarini  o‘rganib  quyidagilarga  ko‘ra  da’vogarning  da’vo  arizasini 

qanoatlantirishni lozim deb topadi. 

Aniqlanishicha,  nizoli  Toshkent  shahar  Shayxontohur  tumani  Baxmal  ko‘chasi 

60-uy  1991-yil6  iyundagi  Oktabr  rayon  ijroqo‘mning  129/10-sonli  qaroriga  asosan 

javobgar (F.I.O.)ga tegishlidir.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

399 


 

Da’vogar  (F.I.O.)  va  javobgar  (F.I.O.)  2000-yil  26-fevralda  qonuniy  nikohdan 

o‘tib  turmush  qurishgan  va  da’vogar  (F.I.O.)  nizoli  Toshkent  shahar  Shayxontohur 

tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kelin bo‘lib tushgan va shu yerda javobgarlar, ya’ni 

turmush o‘rtog‘i hamda uning oila a’zolari bilan birga yashay boshlagan. 

Birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 

2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor.  

Da’vogar (F.I.O.) 2014-yil 1-martda javobgar bilan kelishmovchiliklar natijasida 

nizoli  uydan  chiqib  ketishga  majbur  bo‘lgan.  Hozirda  da’vogar  nizoli  xonadonga 

qaytishga  harakat  qilgan,  lekin  javobgarlar  uyga  kirishga  qarshilik  qilayotganliklari 

sababli sudga murojaat etishga majbur bo‘lgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, uy, kvartira 

mulkdorining  oila  a’zolari,  shuningdek,  u  bilan  doimiy  yashayotgan  fuqarolar,  agar 

ularni  ko‘chirib  kelgan  paytda  yozma  ravishda  boshqa  hol  qayd  etilgan  bo‘lmasa, 

uydagi,  kvartiradagi  xonalardan  mulkdor  bilan  teng  foydalanishga  haqlidirlar.  Ular 

mulkdor  bergan  turar  joyga  o‘zlarining  voyaga  yetmagan  farzandlarini  ko‘chirib 

kiritishga  haqlidirlar.  Bu  shaxslar  uy,  kvartiraning  mulkdori  bilan  oilaviy 

munosabatlarni tugatgan taqdirda ham, ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib 

qoladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksning 52- va 54-moddalarida munitsipial, 

idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining  uylaridagi  turar 

joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan 

fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida 

saqlanib  turishi,  fuqarolarni  belgilangan  muddatdan  ortiq  bo‘lmaganlari  oqibatida 

munitsipial,  idoraviy  uy-joy  fondi  va  aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining 

uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining 

yoki  ushbu  turar  joyda  yashab  qolgan  boshqa  doimiy  foydalanuvchilarning  da’vo 

arizasiga  binoan  sud  tartibida  amalga  oshirilishi,  agar  ijaraga  oluvchi,  uning  oila 

a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra 

turar joyda olti oydan ortiq bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan 

ijaraga  beruvchi  tomonidan,  nizoli  hollarda  esa,  sud  tomonidan  uzaytirib  berilishi 

ko‘rsatilgan.  

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2001-yil  14-

sentabrdagi  “Uy-joy  nizolari  bo‘yicha  sud  amaliyoti  haqida”gi  qarorining  5-bandiga 

ko‘ra, “Mulkdorning oila a’zolari deb, u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va 

ularning  farzandlari  tan  olinadi”.  Da’vogar  (F.I.O.)  nizoli  uyda  mulkdor  bilan 

yashagan, oila a’zosi bo‘lgan va unda shu uydan foydalanish huquqi shakllangan. 

Ushbu  holatda,  sud  da’vogar  (F.I.O.)ning  da’vo  muddatini  o‘tkazmagan  holda 

sudga murojaat qilganini, uning nizoli xonadondan foydalanish huquqi shakllanganini, 

shu  uyda  doimiy  ro‘yxatda  turishini  hamda  nizoli  xonadondan  boshqa  turar  joyi 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

400 


 

yo‘qligini  inobatga  olib,  da’vogarning  da’vo  talablarini  qanoatlantirishni  va  uni  ikki 

nafar: 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) 

ismli farzandlari bilan birgalikda nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal 

ko‘chasi 60-uyga kiritishni lozim deb topadi.  

Shuningdek,  sud  davlat  boji  masalasini  muhokama  qilib,  da’vogar  tomonidan 

sudga  murojaat  qilish  vaqtida  davlat  boji  to‘langanligini  inobatga  oladi  va  shu  bilan 

cheklanishni lozim deb topadi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  32-

moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 116-, 180-, 219-

, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud 

 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   651   652   653   654   655   656   657   658   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish