Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet658/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   654   655   656   657   658   659   660   661   ...   790
Bog'liq
9-1

 

401 


 

Aniqladi: 

 

Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uy-



joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga 

murojaat qilgan.  

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)ning  ishonchli  vakili  (F.I.O.)  da’vo  talablarini 

quvvatlab, Qonun bo‘yicha nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-

uy  da’vogarga  1996-yil  2-maydagi  vorislik  haqidagi  guvohnomaga  asosan  tegishli 

ekanligini,  mazkur  uyda  da’vogar  o‘z  oilasi  bilan  yashab  kelayotganini,  javobgar 

(F.I.O.) da’vogarning akasi ekanligini, javobgar (F.I.O.) va uning farzandlari Olmazor 

tumani Talant ko‘chasi 8-uyda 16 yildan beri yashamasligini, javobgarlar shu kunga 

qadar  nizoli  xonadonda  istiqomat  qilmasa-da,  xonadonning  doimiy  ro‘yxatidan 

chiqmaganini  va  uy  bilan  bog‘liq  kommunal  to‘lovlarni  ham  to‘lamasligini,  hozirgi 

kunda  da’vogar  javobgarlar  uchun  ham  kommunal  to‘lovlarni  to‘lab  kelayotganini, 

javobgar  (F.I.O.)  nizoli  xonadonda  1998-yildan  beri  yashamasligini,  javobgarlar 

(F.I.O.),  (F.I.O.)lar  nizoli  uyda  umuman  yashamaganliklarini  bayon  qilib,  da’vo 

talablarini qanoatlantirishni hamda javobgarlar (F.I.O.) (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larni 

nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan foydalanish huquqini 

yo‘qotgan deb topishni so‘radi.  

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talablarini  tan  olmay,  ikki 

yildan beri pasport ololmay yurganini, otasi (F.I.O.) ukasi bilan kommunal to‘lovlarni 

kelishganini, hozirgi kunda nizoli uyda yashamasligini bayon qilib, da’vo arizani rad 

qilishni so‘radi. 

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talablarini  tan  olmay,  akasi 

javobgar (F.I.O.)ning ko‘rsatmalarini tasdiqlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. 

Sud  majlislarining  vaqti  va  joyi  haqida  bir  necha  marotaba  ogohlantirilgan 

javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.) sudga kelmadilar, kelmaslik sabablari haqida ma’lumot 

bermadilar, bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etmadilar. Bunday holatda, sud 

javobgarlarning  kelmaganlik  sabablari  haqida  ma’lumot  yo‘qligi  sababli  sud  uning 

kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb, javobgarlar ishni qasddan cho‘zayotgan deb topadi 

va ishni javobgarlarga nisbatan FPKning 174-moddasi talabiga binoan ko‘rib chiqishni 

lozim deb hisoblaydi. 

Sud  da’vogarning  bayonotini,  javobgarlarning  ko‘rsatmalarini  tinglab,  ish 

hujjatlarini  muhokama  etib  va  to‘plangan  dalillarga  huquqiy  baho  berib,  da’vo 

talablarini asosli deb hisoblab, quyidagilarga ko‘ra uni qanoatlantirish lozim deb topdi. 

Sudda aniqlanishicha, nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-

uy  da’vogar  –  (F.I.O.)ga  Toshkent  shahar  1-sonli  DNI  notariusi  (F.I.O.)  tomonidan 

1996-yil  2-  mayda  rasmiylashtirilib,  qonun  bo‘yicha  rasmiy  reestr  kitobiga  639-son 

bilan qayd etilgan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishlidir. 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

402 


 

Javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)lar  1998-yildan  buyon  nizoli 

xonadonda umuman yashamaydi. Biroq o‘tgan vaqt mobaynida javobgarlarning nizoli 

xonadonga  qaytib  kirishi  va  doimiy  yashashi  uchun  da’vogar  yoki  boshqa  biror  bir  

shaxslar  tomonidan  to‘sqinlik  ko‘rsatilmagan  bo‘lsa-da,  javobgarlarning  o‘zi  nizoli 

xonadonga  qaytishni  istamagan  va  uzoq  muddat  davomida  u yerda  doimiy  ravishda 

istiqomat qilmagan. 

Javobgarlar nizoli xonadonda doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lsa-da, biroq ularning 

amalda  ushbu  manzilda  istiqomat  qilmasligi  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani 

“Olimpiya”  mahalla  fuqarolar  yig‘ini  tomonidan  berilgan  dalolatnoma  bilan  o‘z 

tasdig‘ini topdi.  

Garchi,  javobgarlar  nizoli  xonadonda  istiqomat  qilmayotgan  bo‘lsa-da,  shu 

manzilda  doimiy  ro‘yxatda  qayd  qilinganligi  tufayli  da’vogar  hozirgi  kunga  qadar 

ularning  o‘rniga  ham  kommunal  xizmat  va  boshqa  yig‘imlar  uchun  qo‘shimcha 

to‘lovlar  to‘lab  kelmoqda.  Bu  holat  esa  da’vogarning  moddiy  ahvoliga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatib,  qo‘shimcha  qiyinchiliklar  keltirib  chiqarayotganligi  bois,  u  javobgarlarni 

nizoli  xonadondan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqida  da’vo  arizasi 

bilan sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq, fuqarolar 

belgilangan  muddatdan  ortiq  bo‘lmaganligi  oqibatida  turar  joydan  foydalanish 

huquqini  olti  oy  davomida  saqlab  turadi.  Mazkur  masala  sud  majlisi  jarayonida 

muhokama qilinib, javobgarning uzrli sabablari yo‘qligi tufayli nizoli uyga belgilangan 

olti oylik muddatini uzaytirish uchun asos yo‘q deb hisoblaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  54-moddasiga  ko‘ra,  fuqarolarni 

belgilangan  muddatdan  ortiq  bo‘lmaganlari  oqibatida  munitsipal,  idoraviy  uy-joy  va 

aniq  maqsadli  kommunal  uy-joy  fondining  uylaridagi  turar  joydan  foydalanish 

huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  ijaraga  beruvchining  yoki  ushbu  turar  joyda  yashab 

qolgan  boshqa  doimiy  foydalanuvchilarning  da’vo  arizasiga  binoan  sud  tartibida 

amalga oshiriladi. 

Shunungdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Uy joy nizolari 

bo‘yicha  sud  amaliyoti  haqida”  gi  2001-yil  14-sentabrdagi  22-sonli  qarorining  18-

bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq 

ko‘ra, munitsipal,  idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining 

uylaridagi  turar  joyni  ijaraga  oluvchi,  uning  oila  a’zolari  yoki  ijaraga  oluvchi  bilan 

doimiy  yashayotgan  fuqarolar  vaqtincha  bo‘lmaganida,  turar  joy  olti  oy  muddat 

davomida ularning hisobida saqlanadi. 

Shaxsning  belgilangan  muddatdan  ortiq  davr  mobaynida  uyda  bo‘lmasligi 

oqibatida  turar-joydan  foydalanish  huquqini  yo‘qotgan  deb  topilishi  manfaatdor 

shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud yo‘li bilan amalga oshiriladi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

403 


 

Bunday holatda, sud javobgarlarning uzrli sabablarsiz qariyb o‘n olti yildan ortiq 

vaqt  mobaynida  nizoli  xonadonda  yashamayotganligini  inobatga  olib,  da’vogarning 

da’vo  talablarini  qanoatlantirishni  hamda  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va 

(F.I.O.)larni  nizoli  Toshkent  shahar  Olmazor  tumani  Talant  ko‘chasi    8-uydan 

foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblashni lozim topdi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  164-

moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  11-,  32-,  54-moddalarini 

hamda FPKning 174-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud 

 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   654   655   656   657   658   659   660   661   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish