Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet647/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   643   644   645   646   647   648   649   650   ...   790
Bog'liq
9-1

Aniqladi: 

 

(F.I.O.)  javobgar  “O‘zbekiston  temir  yo‘llari”  Davlat  aksiyadorlik  temiryo‘l 



kompaniyasi  “O‘ztemiryo‘lovchi”  ochiq  aksiyadorlik  jamiyati  “Servis-ekspress  va 

mahalliy  yo‘nalishdagi  yo‘lovchi  poyezdlarda  xizmat  ko‘rsatishni  tashkillashtirish 

filiali”ga nisbatan ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)  keltirgan  da’vo  talabini  qo‘llab-quvvatlab, 

javobgar  “O‘zbekiston  temir  yo‘llari”  Davlat  aksiyadorlik  temiryo‘l  kompaniyasi 

“O‘ztemiryo‘lovchi”  ochiq  aksiyadorlik  jamiyati  “Servis-ekspress  va  mahalliy 

yo‘nalishdagi  yo‘lovchi  poyezdlarda  xizmat  ko‘rsatishni  tashkillashtirish  filiali”da 

2008-yil  11-iyul  kunidan  vagon  kuzatuvchisi  lavozimida  ishlab  kelganini,  xizmat 

davrida  biror  marotaba  intizomiy  javobgarlikka  tortilmaganini,  2012-yil  26-oktabr 

kuni  xizmat  tartibiga  ko‘ra,  380-sonli  “Toshkent-Termiz”  yo‘nalishi  bo‘yicha 

qatnaydigan passajir poyezdining unga biriktirilgan 17-raqamli vagonida o‘z xizmat 

vazifasini  bajarayotganini,  poyezd  jo‘nashidan  oldin  yo‘lovchilarning  chiptalarini 

tekshirib chiqara boshlaganini, shu payt uning vagoniga kiruvchi yo‘lovchilar ularning 

yuklarini  kuzatuvchi  shaxslar  yordam  tariqasida  olib  kirib  joylashtirib  chiqishni 

iltimos qilgani sababli, u kuzatuvchilarning vagonga kirishiga ruhsat berganini, oradan 

2-3  daqiqa  o‘tmasdan  u  kuzatuvchilarni  vagondan  tushirayotgan  vaqtda  vokzal 

qorovul  bo‘limi  xodimlari  kelib,  kuzatuvchi  shaxslarni  o‘zlari  bilan  olib 

ketishganligini,  tekshiruvchilar  unga  o‘zlarini  tanishtirmaganliklarini,  keyinchalik 

unga  ma’lum  bo‘lishicha,  tekshiruvchilar  sakkizta  kuzatuvchi  shaxslarni  biletsiz 

yo‘lovchi  deb  dalolatnoma  tuzishganligini,  uni  rahbariyat  ushbu  holat  bo‘yicha 

chaqirganida, u ularga nima uchun dalolatnoma uning ishtirokisiz va o‘sha vaqtning 

o‘zida  tuzilmaganligini  aytganligini,  lekin  rahbariyat  uning  vajlariga  ahamiyat 

bermasdan, uni noqonuniy ishdan bo‘shatganligini, vagonning ikkinchi kuzatuvchisi 

(F.I.O.)  va  vagon  brigadiri  (F.I.O.)  2012-yil  26-oktabr  kuni  vagonda  biletsiz 

yo‘lovchilar  bo‘lmaganligini  tasdiqlaganliklarining  ham  inobatga  olinmaganligini 

bayon qilib, suddan da’voni qanoatlantirishni so‘radi.   

Sud majlisida javobgar vakili (F.I.O.) da’vogarning da’vo talabini tan olmasdan, 

filialga  qo‘riqlash  boshqarmasidan  xat  kelganligini,  ushbu  xatga  sakkizta  biletsiz 

yo‘lovchilarning  tushuntirish  xatlari  ilova  qilinganligini,  vagon  kuzatuvchisining 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

390 


 

biletsiz  shaxslarni  vagonga  kiritishi  mumkin  emasligini,  ular  har  doim  safarga 

ketayotganlarida  rasmiy  kitobga  vagonga  chiptasiz  shaxslarni  chiqarmaslik  haqida 

ogohlantirilganliklari  to‘g‘risida  imzo  qo‘yishlarini,  2012-yil  26-oktabr  kuni  bo‘lib 

o‘tgan  ushbu  voqea  to‘g‘risida  IIB  xodimlari  bilan  birgalikda  dalolatnoma 

tuzilganligini bayon qilib, suddan da’voni rad qilishni so‘radi.  

Sud majlisida so‘roq qilingan guvohlar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar o‘z ko‘rsatmalarida 

ular  Orenburg-Toshkent  poyezdidan  tushib,  vokzalda  jo‘nab  ketish  uchun  turgan 

Toshkent-Termiz poyezdini ko‘rishganini, ikki noma’lum kishi kelib ularga mazkur 

poyezdga  bilet  qilib  berishlarini  aytishganini,  ular  fuqarolik  kiyimida  bo‘lishganini, 

ular shu odamlarga ishonib, poyezdning o‘n yettinchi vagoniga borganliklarini, ularni 

vagonga  biletsiz  chiqarib  yuborishganini,  noma’lum  shaxslar  ularni  kuzatuvchi  deb 

vagonga  chiqarib  yuborishganini,  vagon  kuzatuvchisi  ularga  e’tibor  bermaganligini, 

ichkariga  kirganlaridan  besh  daqiqa  o‘tmasdan  vagon  kuzatuvchisi  ularni  tushirib 

yuborganligini,  vagondan  tushayotgan  paytlarida  vokzal  qorovul  xizmati  xodimlari 

kelib,  ularni  o‘zlari  bilan  olib  ketishganini,  ularni  vagonga  biletsiz  chiqqan  shaxslar 

deb  rasmiylashtirishganini,  shu  ish  bo‘yicha  tushuntirish  xati  yozib  berganliklarini, 

shundan keyin ularni qo‘yib yuborishganini bildirishgan.    

Sud  majlisida  guvoh  Toshkent  transport  IIB  militsioneri  (F.I.O.)  o‘z 

ko‘rsatmasida  2012-yil  26-oktabr  kuni  kechqurun  Rossiyaning  Orenburg  shahridan 

yo‘lovchi  poyezdi  kelganligini,  shu  paytda  vokzalda  temir  yo‘lda  Toshkent-Termiz 

yo‘lovchi poyezdi turganligini va unga yo‘lovchilar chiqishayotganligini, Orenburgdan 

kelgan  poyezddan  tushgan  yo‘lovchilar  vokzaldan  chiqib  ketmasdan  Termiz 

poyezdiga  biletsiz  chiqishayotganliklarini  vokzal  xavfsizlik  xodimlari  bilib  qolishib, 

poyezd vagonlarini tekshirib chiqishganliklarini, shunda poyezdda biletsiz yo‘lovchilar 

borligini aniqlashganini, bu haqda dalolatnoma tuzilganligini, shu kuni poyezdning o‘n 

yettinchi  vagonida  sakkizta  biletsiz  shaxs  aniqlanganligini,  dalolatnomada  vagon 

kuzatuvchisi  va  poyezd  brigadirining  imzosi  yo‘qligining  sababi  ular  safarga  jo‘nab 

ketganliklarini bildirgan.  

Sud  taraflarning  tushuntirishlarini,  guvohlarning  ko‘rsatmalarini  eshitib, 

fuqarolik  ish  materiallarini  tahlil  qilib,  quyidagi  asoslarga  ko‘ra  da’vogarning  da’vo 

arizasini rad qilishni lozim deb topadi. 

Aniqlanishicha, da’vogar (F.I.O.) ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 

asosida  2008-yil  11-iyuldan  2012-yil  8-noyabrgacha  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”  OAJ 

“Servis-ekspress va mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni 

tashkillashtirish filiali”ning vagon xizmatchisi lavozimida ishlab kelgan. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”  OAJ  “Servis-ekspress  va  mahalliy  yo‘nalishdagi 

yo‘lovchi  poyezdlarda  xizmat  ko‘rsatishni  tashkillashtirish  filiali”ning  2012-yil  8-

noyabrdagi  LSE-1042/k-sonli  buyrug‘iga  asosan  “Servis-ekspress  va  mahalliy 

yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish filiali” vagon 




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   643   644   645   646   647   648   649   650   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish