2014-yil avgust oyining 13-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar
(F.I.O.), (F.I.O.) ning kotibligida, advokat (F.I.O.)ning ishtirokida da’vogar
(F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi
Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talablarini quvvatlab, javobgar (F.I.O.)
bilan 2004-yil 23-fevralda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, birgalikdagi
turmushidan uch nafar – 2004-yil 8-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.), 2006-yil 6-iyunda
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
369
tug‘ilgan (F.I.O.) va 2010-yil 25-aprelda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari borligini,
javobgar bilan birgalikda turmush qurib yaxshi yashaganliklarini, ammo 2012-yildan
boshlab javobgarning unga nisbatan munosabati keskin o‘zgarganini, uni na turmush
o‘rtog‘i sifatida, na qizlarining otasi sifatida hurmat qilmay qo‘yganini, bir necha
marotaba javobgarga oilani saqlab qolish haqida nasihat qilganini, lekin javobgar uni
mensimay, unga nisbatan munosabatini o‘zgartirmaganini, 2011-yilda ammasining
qiziga uylanganini, bunga javobgar rozi bo‘lganini, u bilan 20 kun yashaganini, u qizni
javobgar bilan opa-singilday yashashini xohlaganini, lekin javobgar janjal qilgani
sababli ajrashib ketishganini, shundan so‘ng yana javobgar bilan yashab kelishganini,
javobgar unga yetarli mehr berolmagani sababli bir necha marotaba uylanishga haqqi
borligini, javobgar bilan birga javobgarning otasiga tegishli uyda yashab kelishganini,
javobgar buni minnat qilib gapirishini, javobgar bilan o‘rtalarida sababsiz janjallar
bo‘lib, 2014-yil 6-fevral kuni uni uydan haydab chiqarishganini, bundan so‘ng oilani
saqlab qolib bo‘lmasligini, mulkiy nizosi borligini, javobgar bilan turmushlari
davomida olingan avtomashinadan voz kechsa, u ham uyga da’vo qilmasligini, uyni
farzandlariga qoldirishini, aks holda mulkiy nizosi bo‘lishini, oilani tiklashning imkoni
yo‘qligini bayon qilib, suddan da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi.
Sud majlisida da’vogarning ishonchli vakili (F.I.O.) da’vo arizasini quvvatlab, uni
qanoatlantirishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vo arizasini tan olmasdan, haqiqatan ham
da’vogar bilan 23-fevral 2004-yilda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini,
birgalikdagi turmushlaridan uch nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, da’vogar
bilan o‘zaro kelishmovchiliklar sababli 2014-yil fevral oyidan buyon birga
yashamasligini, turmushlari boshida da’vogar bilan yaxshi yashaganliklarini,
keyinchalik o‘rtalarida urush-janjal va kelishmovchiliklar kelib chiqa boshlaganini,
da’vogar bilan yashash niyati borligini, oilani saqlab qolish tarafdori ekanligini bayon
qilib, suddan da’vogarning da’vo talabini rad qilishni so‘radi.
Sud majlisida javobgarning ishonchli vakili (F.I.O.) da’vo arizasini tan olmasdan,
javobgarning ko‘rgazmalarini quvvatlab, da’vo arizasini rad qilishni so‘radi.
Sud taraflarning tushuntirishlarini tinglab, fuqarolik ishi hujjatlari bilan tanishib,
quyidagi asoslarga ko‘ra, da’vogarning da’vo talabini qanoatlantirishni rad qilishni
lozim deb topadi.
Aniqlanishicha, taraflar – (F.I.O.) va (F.I.O.) 23-fevral 2004-yilda qonuniy
nikohdan o‘tib turmush qurganlar va ular o‘rtasidagi nikoh shu kuni Toshkent shahar
Olmazor tuman FHDYo bo‘limi tomonidan 74-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd
qilingan.
O‘zaro turmushlaridan uch nafar – 2004-yil 8-oktabrda tug‘ilgan (F.I.O.), 2006-
yil 6-iyunda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2010-yil 25-aprelda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli
farzandlari bor.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
370
Sudda aniqlanishicha, taraflar o‘rtasida oilaviy kelishmovchiliklar 2014-yil fevral
oyida boshlangan bo‘lib, shu paytdan boshlab taraflar birga yashamaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, agar sud er va
xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat
yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar
tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti
to‘g‘risida”gi 06-sonli qarorining 16-bandi 2-qismida tushuntirilishicha, turmushda
kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga ko‘ra er-xotin
o‘rtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek, er-xotindan biri yoki har ikkalasining
jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi
nikohdan ajratish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Nikohdan ajratishga asoslar
bo‘lmaganda, sud da’voni rad etadi.
Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda taraflarning 2014-yil fevral oyigacha bir
oila bo‘lib munosabatlari yaxshi bo‘lganiga, umumiy ro‘zg‘or yuritib yashab
kelganliklariga, oilaning barbod bo‘lganligini tasdiqlovchi jiddiy ahamiyatga ega
bo‘lgan holatlar mavjud emasligiga, oilani saqlab qolishning imkoniyati bor ekanligiga
va uch nafar voyaga yetmagan farzand borligiga huquqiy baho bergan holda, sud
da’vogarning da’vo arizasida ko‘rsatilgan vajlar nikohdan ajratishga asos bo‘la
olmaydi deb hisoblaydi.
Shuningdek, da’vogar (F.I.O.) sudda bergan ko‘rsatmasida oilaning barbod
bo‘lganligini jiddiy asoslab bera olmadi. Shu sababli sud da’vo arizasini rad qilish
haqidagi xulosaga keladi.
Yuqoridagilarga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-
moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyundagi
“Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash
amaliyoti to‘g‘risida”gi 06-sonli qarori hamda FPKning 203–206-moddalariga asosan,
sud
Do'stlaringiz bilan baham: