Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet624/790
Sana09.09.2021
Hajmi3,93 Mb.
#169088
1   ...   620   621   622   623   624   625   626   627   ...   790
Bog'liq
9-1

Aniqladi:   

 

Da’vogar (F.I.O.)  javobgar (F.I.O.)ga  nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 



arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Sud  majlisida  da’vogar  (F.I.O.)    da’vo  talablarini  quvvatlab,  javobgar  (F.I.O.) 

bilan  2008-yil  30-iyunda  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganini,    birgalikdagi  

turmushidan 

 

voyaga 


yetmagan 

ikki 


nafar: 

2010-yil  

7-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2013-yil 14-iyunda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari 

borligini,  javobgar  bilan  turmushlari  boshida  yaxshi  bo‘lganini,  lekin  keyinchalik 

o‘rtalarida  kelishmovchiliklar,  bir-birini  tushunmaslik,  arzimagan  narsalarga  ham 

urush-janjallar kelib chiqa boshlaganini, o‘rtalarida oilaviy munosabatlar buzilganini, 

2013-yildan beri alohida yashashlarini, er-xotinlik munosabatlari tugatilganini, o‘zaro 

hurmat  va  izzat  yo‘qolganini,  oilani  tiklashning  imkoni  yo‘qligini,  sud  tomonidan 

oilani  saqlab  qolish  maqsadida  berilgan  muddat  ichida  oilani  tiklashga  harakat 

qilmaganligini,  o‘rtalarida  mulkiy  nizo  yo‘qligini,  farzandlarini  moddiy  jihatdan 

ta’minlashini, oilani kelgusida saqlab qolishning umuman iloji yo‘qligini bayon qilib, 

da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi.  




FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

367 


 

Sudga javobgar (F.I.O.) ariza bilan murojaat qilib, unda da’vo talablarini tan olib, 

oila  butunlay  barbod  bo‘lganligini,  uni  tiklashning  imkoni  yo‘qligini,  o‘rtalarida 

mulkiy  nizo  yo‘qligini,    farzandlarini  o‘zining  tarbiyasida  qoldirishni,  qizlik 

familiyasiga o‘tishini bayon qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni  hamda fuqarolik 

ishini o‘zining ishtirokisiz ko‘rishni so‘ragan. Shu sababli sud fuqarolik ishini FPKning 

174-moddasiga asosan javobgar (F.I.O.)ning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topadi. 

Sud da’vogar va javobgarning bayonotini tinglab, ish hujjatlarini muhokama qilib 

va mavjud dalillarga huquqiy baho berib, quyidagi asoslarga ko‘ra da’vogarning da’vo 

talablarini qanoatlantirish haqidagi xulosaga keladi. 

Aniqlanishicha, taraflar (F.I.O.) va (F.I.O.) 2008-yil 30-iyun kuni oila qurganlar 

va  ular  o‘rtasidagi  qonuniy  nikoh  Toshkent  shahar  “Navro‘z”  nikoh  uyi  tomonidan 

754-sonli dalolatnoma yozuvi bilan qayd qilingan.  

Taraflarning  birgalikdagi  turmushlaridan    ikki  nafar  –  2010-yil  7-sentabrda 

tug‘ilgan (F.I.O.) va 2013- yil 14-iyunda tug‘ilgan (F.I.O.)  ismli farzandlari bor. 

Taraflar  o‘rtasida  yuzaga  kelgan  kelishmovchiliklar  va  janjallar  o‘zaro  hurmat-

ishonch,  bir-birini  tushunish  va  mehr-muhabbat  tuyg‘ularining  yo‘qolishiga  hamda 

oilaning barbod bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shu sababli taraflar 2013-yildan buyon birga 

yashamaydilar  va  umumiy  ro‘zg‘or  yuritmaydilar.  Shu  paytdan  e’tiboran  ular 

o‘rtasidagi er-xotinlik munosabatlari tugatilgan.  

Bundan  tashqari,  sud  tomonidan  taraflarga  yarashib  olishlari  uchun  berilgan 

muddat  davomida  taraflar  o‘z  oilasini  saqlab  qolishga  harakat  qilmaganlar.  Ushbu 

holatlar  esa  oilaning  batamom  barbod  bo‘lganligidan  va  uni  saqlab  qolish 

imkoniyatlari qolmaganligidan dalolat beradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar 

tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  6-sonli  qarori  16-bandi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila 

kodeksining 41-moddasida sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va 

oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratishi mumkinligi 

ko‘rsatilgan.  

Bunday  holatlarda  sud  da’vogarning  da’vo  talablarini  qanoatlantirib,  da’vogar 

(F.I.O.)    va  javobgar  (F.I.O.)lar  2008-yil  30-iyun  kuni  Toshkent  shahar  “Navro‘z” 

nikoh  uyi  tomonidan  754-sonli  dalolatnoma  yozuvi  bilan  qayd  qilingan  nikohdan 

ajratishni,  taraflarning ikki nafar  2010-yil 7-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2013-yil 

14-iyunda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlarini  onasi  –  javobgar  (F.I.O.)ning 

tarbiyasida  qoldirishni,  javobgarni  nikohdan  oldingi  qizlik  familiyasiga  qaytarishni, 

da’vogar  (F.I.O.)dan  davlat  foydasiga  238.770  so‘m  davlat  boji  undirishni,  javobgar 

(F.I.O.)ning  qaramog‘ida  ikki  nafar  voyaga  yetmagan  farzandlari  borligini  inobatga 

olib, uni davlat boji to‘lovlaridan ozod qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.  



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

368 


 

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40–41-, 44–

45-moddalarini,  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  174-,  203–206-moddalarini 

qo‘llab, sud 

 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   620   621   622   623   624   625   626   627   ...   790




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish