Aniqladi:
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish
haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan.
Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talabini quvvatlab, javobgar (F.I.O.) bilan
2013-yil 27-iyun kuni Bektemir tumani FHDYo bo‘limida qonuniy nikohdan
o‘tganligini, biroq to‘yiga yaqin qolganda javobgar bilan uning dunyoqarashi va
xarakteri to‘g‘ri kelmasligini, bir-biri bilan kelisha olmasligini bilib qolganligini, ota-
onalari bir-birlariga yaqinroq qarindosh bo‘lganligi sababli kelgusida hayotlarini
o‘ylab, nikohni bekor qilishga qaror qilganliklarini, qonuniy nikohdan o‘tayotganda
oila qurish niyati bo‘lganligini, oila qurishga uni hech kim majburlamaganligini bayon
qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni hamda javobgar (F.I.O.) bilan o‘rtalarida qayd
etilgan nikohni haqiqiy emas deb topishni so‘radi.
Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olib,
haqiqatdan ham da’vogar bilan o‘rtalarida nikoh 2013-yil 27-iyun kuni qayd
etilganligini, boshida unda oila qurish maqsadi bo‘lganligini, da’vogar bilan
xarakterlari to‘g‘ri kelmasligi sababli oila qurishni istamaganligini bayon qilib,
da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi.
Sud majlisida uchinchi shaxs Toshkent shahar Bektemir tumani FHDYo bo‘limi
vakili (F.I.O.) da’vo arizasini tan olmasdan, taraflar FHDYo bo‘limiga 2013-yil 22-
mayda ariza bilan murojaat qilishganligini va tibbiy ko‘rikdan o‘tishganligini, berilgan
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
376
muddat o‘tib, 27-iyun kuni nikohlari qayd qilinganligini, bu holatda nikohni qayd
qilishga monelik qiladigan holat bo‘lmaganligi sababli dalolatnoma yozuvi qayd
etilganligini, nikoh qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilganini bayon qilib,
suddan da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantirishni rad qilishni so‘radi.
Sud taraflar va uchinchi shaxs ko‘rsatmalarini tinglab, Bektemir tumani prokurori
yordamchisi (F.I.O.)ning da’vo arizasini rad qilish haqidagi fikrini eshitib, ish
hujjatlari bilan tanishib, quyidagi asoslarga ko‘ra, da’vogarning da’vo talabini
qanoatlantirishni rad qilish lozim deb hisoblaydi.
Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, taraflar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar
Bektemir tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 2013-yil 27-iyunda 123-sonli
dalolatnoma yozuvi bilan qonuniy nikohdan o‘tishgan.
Birgalikdagi turmushlaridan farzandlari yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga asosan, nikoh quyidagi
hollarda haqiqiy emas deb topiladi:
– Oila kodeksning 14–16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;
– soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini
ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda;
– nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet
tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi
sudga shunday talab bilan murojaat etsa.
Shuningdek, mazkur kodeksning 50-moddasi 1-qismiga asosan nikohni haqiqiy
emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga asosan, soxta nikoh
tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh
qayd qildirganda, nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning
immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar
ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, nikoh haqiqiy emas deb topiladi.
Yuqoridagi qonun talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining
2011-yil 20-iyundagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha
qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 06-sonli qarorining 34-bandida ham
tushuntirib o‘tilgan.
Fuqarolik ishi materiallarida to‘plangan hujjatlar va taraflarning ko‘rsatmalaridan
ko‘rinishicha, da’vogar (F.I.O.) va javobgar (F.I.O.)da qonuniy nikohni qayd qilishda
oila qurish maqsadi bo‘lgan, ularni hech kim nikohdan o‘tishga majbur qilmagan.
Taraflar o‘z ixtiyorlari bilan oila qurish maqsadida, qonuniy nikohdan o‘tish uchun
FHDYo bo‘limiga ariza bilan murojaat qilganlar.
Shuningdek, da’vogar (F.I.O.) ishni sudda ko‘rish davomida o‘z da’vo talabini
tasdiqlovchi dalillar taqdim qila olmadi. Zero, FPKning 57-moddasiga ko‘ra, har bir
taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR
377
hamda 59-moddasiga ko‘ra, qonun bo‘yicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan
tasdiqlanishi lozim bo‘lgan holatlarini boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan
tasdiqlash mumkin emas.
Bunday holatda, sud da’voni qanoatlantirish uchun qonuniy asoslar
aniqlanmaganini, da’vogar tomonidan ham nikohni haqiqiy emas deb topish uchun
asos bo‘ladigan holatlar va bu holatlarni tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmaganini
inobatga olib, da’vogarning da’vo talabini asossiz deb hisoblab, uni qanoatlantirishni
rad qilishni lozim deb topadi.
Sud arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda FPKning 120-
moddasida sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlari da’vogardan davlat
daromadiga undirilishi nazarda tutilgani sababli davlat boji masalasini muhokama
qilib, da’vogar tomonidan da’vo arizasi berishda belgilangan miqdorda davlat boji
to‘langanini inobatga oladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-, 49–
50 -moddalari, FPKning 57-, 203–206-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga
oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 06-sonli qarori
tushuntirishlaridan kelib chiqib, sud
Do'stlaringiz bilan baham: |