Geometrik shakllar. Bolaning doira, kvadrat, uchburchak, toʼgʼri toʼrtburchak, oval shakllari haqidagi tasavvurlarini aniqlash va mustahkamlash. Romb shakli bilan tanishtirish.
Koʼpburchaklar haqida tasavvur hosil qilish: uchburchak, toʼrtburchak, beshburchak, oltiburchak – bular koʼpburchaklar. Koʼpburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari) bilan tanishtirish.
Bolani 2 ta, 4 ta uchburchaklardan bitta koʼpburchaklar tuzishga, kichik toʼrtburchakdan bitta katta toʼrtburchak tuzishga oʼrgatish.
Yetishmagan shakl, jismni (shar, kub, konus, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni yechishni mashq qilish.
Tayoqchalardan hosil boʼlgan geometrik shakllardan bir necha tayoqchani olish usuli bilan koʼrinishini oʼzgartirish.
Maxsus shakllar toʼplamidan foydalanib, namunadagi narsalarni (robot, uy, mashina, mushuk, joʼja va b.) hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |