Fazoda moʼljal olish. Bolaga qogʼoz varagʼi sathida buyumlarning qanday joylashganligini (oʼng, oʼngroq, chap, chaproq, oʼrtasida, yuqori, yuqoriroq, past, pastroq) aniqlashga oʼrgatish.
Bola bilan tevarak-atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlarni bajarish.
Vaqt boʼyicha ilk tushunchalar. Bolani soat bilan tanishtirish. Bola bilan koʼproq suhbatlashish, undan ertalabdan kechqurungacha qanday oʼtganligini aytib berishnisoʼrash.
Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha qanday sana boʼlganligini, ertaga qanday sana boʼlishini aytishga oʼrgatish.
Hafta kunlari va yil fasllari izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, kelgusi oyning nomini aytishni mashq qildirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |