Kundalik hayotda uchraydigan joylarni koordinatalarda ifodalash. Kinoteatrdagi o’rinlarning belgilanishi (koordinatalari) va ularga chipta bo’yicha joylashish.
TAKRORLASH
(10 soat)
MAVZUIY REJALASHTIRISH
№
Bo‘lim va boblar nomi
Soatlar taqsimoti
Jami
Nazariy
Amaliy topshiriq va nazorat ishi
I sinfda o’tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish
10
10
1
Yuz ichida sonlarni qo‘shish
20
10
10
2
Yuz ichida sonlarni ayirish
20
10
10
3
Geometrik shakllar
15
5
10
4
Sonlarni ko’paytirish
20
10
10
5
Sonlarni bo’lish
30
10
20
6
Sonli ifodalar. Tenglamalar.
15
5
10
7
Ulushlar
15
5
10
8
Ma’lumotlar bilan ishlash. Vaqt
15
5
10
Takrorlash
10
10
Jami:
170
60
110
MATEMATIKA
3-SINF
II SINFDA O‘TILGAN MATERIALNI TAKRORLASH VA UMUMLASHTIRISH
(10 soat)
Ikki va uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirish.Ikki va uch xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish usullari. Qavsli ifodalar. Qo‘shishning guruhlash xossasi. Sondan yig‘indini va ayirmani ayirish.
Ko‘paytirish va bo’lish. 0 ni songa, sonni 1 ga va sonni o‘zini o‘ziga bo‘lish. Ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini almashtirish xossasi. Sonning bir necha ulushini va ulushi bo‘yicha sonning o‘zini topish. Ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari, Pifagor jadvali haqida ma’lumot.
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar.
I bo‘lim. JADVALDAN TASHQARI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH. GEOMETRIK SHAKLLAR
(45 soat)
Ikki xonali sonlar ishtirokida ko‘paytirish. Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni bir va ikki xonali songa og’zaki ko’paytirish. Ikki xonali sonni bir va ikki xonali songa yozma ko’paytirish usullari. Ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasi. Uch va undan ortiq ko’paytuvchilarni ko’paytirish.
Ikki xonali sonlar ishtirokida bo’lish. Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni bir va ikki xonali songa og’zaki bo’lish. Ikki xonali sonni bir va ikki xonali songa yozma bo’lish usullari.
Ko’paytirish va bo’lishni tekshirish. Ko’paytirishni bo’lish bilan, bo’lishni ko’paytirish bilan tekshirish.
Qiziqarli va mantiqiy masalalar. O’rganilgan mavzular asosida qiziqarli va mantiqiy (muammoli) topshiriqlar.
Qoldiqli bo’lish. Qoldiqli bo’lishga doir misol va masalalar. Qoldiqli bo’lishni tekshirish.
To‘g‘ri chiziq. To‘g‘ri chiziqni belgilash. Chizg‘ich yordamida bitta nuqtadan bir nechta to’g’ri chiziq o’tkazish. Ikkita nuqta orqali faqat bitta to‘g‘ri chiziq o’tkazish.