Loyiha pasporti



Download 4.76 Mb.
Sana12.01.2017
Hajmi4.76 Mb.
LOYIHA PASPORTI.
Loyiha mavzusi: Geografiya darsliklarida atamalar, tayanch tushuncha va iboralarning muhim ahamiyatlari.
Ishtirokchining manzili: Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Beshterak fuqarolar yig‘iniga qarashli Beshterak qishlog‘i.
Loyihaning maqsad va vazifalari: geografiya darsliklarida berilgan atamalar, tayanch tushuncha va iboralarning o‘quvchilar ongiga kengroq yetkazib berish, hamda bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish. Maktab o‘quv darsliklarida atama, tayanch tushuncha va iboralarni alohida darslikka ilova qilish.
Loyihaning amaliyotda qo‘llashga oid vositalar: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, “Bolalar Ensiklopediyasi”, “Qiziqarli geografiya”, “Dunyo siyosat jamiyati”, “Geografik terminlar va tushunchalar izohli lug‘at”, “Maktabda geografiya” ta’lim jurnali, foto suratlar, AKT lar va h.k.
Indukativ ko‘rsatkichlar: Ta’lim sifati 76 % dan 85 % gacha oshdi.




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

KITOB TUMAN XALQ TA’LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL

ETISH BO‘LIMI

Kitob tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi Toshev Oybek Maxmadoliyevichning 2015-2016 o‘quv yilida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik – tanlovida “Geografiya darsliklarida atamalar, tayanch tushuncha va iboralarning muhim ahamiyatlari” mavzusi yuzasidan tayyorlagan












LOYIHA REJASI.

1. Geografiya darsliklarida atama, tayanch tushuncha va iboralarning ahamiyati.

2. Atama, tayanch tushuncha va iboralarning shakillantirish bo‘yicha mulohazalar.

3. Tundira nima?

4. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qanday tashkilot?

5. Organization of Petroleum Exporting Contres.

6. Xalqimizda qo‘llaniladigan atama va terminlar.

Bugungi kunda geografiya dasliklarida berilgan geografik atama, tayanch tushuncha va iboralar muhim ahamiyat kasb etadi. Darsliklarda berilgan atamalarni amaliyotda qo‘llashda kengroq tushuncha berish va ularni darslikda chop etish asosiy maqsad va vazifamiz hisoblanadi.

Insoniyat XXI asrda yashamoqda. Bu asrda davlatimiz yuksak taraqiy etgan mamlakatlar qatoridan joy olishi lozim. Buning uchun diyorimiz odamlari yetuk bo‘lishi kerak. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, kelajakda O‘zbekiston yuksak taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.

Geografiya o‘quv darsliklari ana shunday farzandlarni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida atama, tayanch tushuncha va iboralarning dalillar va asoslar asosida maktab o‘quv darsliklarida chop etish lozimdir.

Atama, tayanch tushuncha va iboralar izohi qiyin, shu bilan birga faxrli va mas’uliyatli. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘ziga yoqqan yoki o‘zicha to‘g‘ri deb hisoblagan atama va tushunchalarni o‘quvchilarga tushuntira beravermasligi zarur. Har bir atama va tushuncha ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim. Shu munosabat bilan atama va tushunchalar haqida bir necha mulohazani aytib o‘tmoqchiman:

1. Til taraqqiy etgan sari atamalar ham ixchamlashib, ma’nosi oydinlashib boraveradi.

2. Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish o‘sgan sari yangi atamalar paydo bo‘ladi.

3. Chet ellar bilan, turli xalqlar o‘rtasida aloqalarning kuchayishi turli atama va tushunchalarning kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Biz boshqa xalqlardan o‘zimizda yo‘q turli xil asbob-uskuna, mashinalar va boshqa buyumlar olsak, ular bilan birga ularning nomlari — atamalar ham kirib keladi. Masalan, magnitofon, radio, fotoapparat, parovoz, tramvay, termoyadro reaksiyasi, raketa va h. k.

4. Har bir xalqning lug‘at boyligi boshqa xalqlardan kirib keladigan atamalar hisobiga ham boyib boradi. Bunda biz, albatta, iloji boricha usha atama mazmuni va shaklini olishimiz kerak. Le­kin o‘z til qoidalarimiz, fonetik imkoniyatimizga qarab o‘zgartirishimiz ham mumkin. Masalan, Xitoycha Tyan-Shanni Tiyonshon, japanni yapon deymiz va b.

5. Atamalarni qabul qilishda iloji boricha o‘zbeklashtirish, muqobilini topish lozim.

Iloji bo‘lmagan taqdirda tarjima qilish mumkin. Lekin tarjima atama mazmunini berishi, hammaga tushunarli bo‘lishi kerak. Masalan, samosval mashinaagdarma mashina, toros muzqalashma muz. Agar muqobili topilmasa, tarjima ma’nosini bermasa, qaysi tildan olinganidan qat’i nazar asl holida berilishi kerak. Bunga misol qilib, antitsiklon, arktika, antropogen, bazalt, barometr, batiskaf, volfram va boshqalarni keltirish mum­kin.

6. O‘zbek tiliga yunon tilidan kirib kelgan ge — Yer so‘zi bilan boshlanadigan bir

qancha atamalar, asosan, fanlar nomlari mavjud. Masalan, geografiya, geodeziya, geologiya, geomorfologiya, geotektonika va boshqalar. Bulardan geografiya bizga o‘tgan asr oxiri va XX asr boshida turklardan jo‘g‘rofik shaklida kirib kelgan va 1937 yilgacha jo‘g‘rofiya shaklida qo‘llanilib, an’anaviy atamaga aylanib qolgan edi. So‘ngra ko‘pgina boshqa atamalar kabi jo‘g‘rofiya ham geog­rafiya bilan almashtirildi. Asli geografiya (yunoncha geographia, ge—yer, grafo — tasvirlayman). Geografiya atamasini shu fanning otasi Erato­sfen (miloddan avval 276—194 yillar) birinchi marta qo‘llanib, fanga kiritgan.

7. Juda ko‘p atamalar borki, ular bizga arabchadan XIX asrda va XX asr boshida kirib kelgan. Masalan, muvoziy, mador, barh va b. Hozirgi vaqtda bular o‘rniga parallel, tropik, okean, ge­ograf atamalari singib ketgan.

8. Atamalar ko‘pchilikka tushunarli, ixcham, jarangdor va tugal ma’noli bo‘lishi kerak. Biz iloji boricha yuqoridagi mulohazalaga amal qilsak. Lug‘atga yangi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan atamalar ham kiritilsa. Masalan, broker, birja, menejer, kredit va boshqalar.

Atama, tayanch tushuncha va iboralarning tayyorlashda asosiy mezon qilib maktab

o‘quv dasturlari, darsliklarida, o‘quv xaritalarida foydalanib, har bir geografiya fan o‘quv darsligida asosiy qilib ilova qilinishi ma’qul.

Keling yuqorida masalar yuzasidan ayrim darsliklarizda berilgan atama, tayanch tusunchalarga kengroq izoh beramiz. Masalan: 6-sinf darsligida batial, abyssal, mobilizm, UNESKO, ferralit, velvichiya, paporotnik, mulatlar, kanon, dara, tundra; 9-sinf dasligida asosiy tashkilotlar nomlari BMT, XVF, OPEK, YIH, YESA, NAFTA, NATO, ASEAN, YI, va h.k larning ba’zilariga kengroq izoh beramiz. Xush tundira nima? MDH va OPEK qanday tashkilot? Ular haqida nimalarni bilamiz.



TUNDRA NIMA?

«Tundra» so‘zi fin tilidan olingan bo‘lib, «taqir, hosil bermaydigan yer» va

«yaroqsiz hudud» degan ma’noni anglatadi. U, odatda, Arktikaning o‘rmonsiz zonalariga nisbatan ishlatiladi.

Tundrada yashash sharoiti juda yomon. U yerda daraxt yo‘q, kun qishda nihoyatda sovib ketadi, yozda esa o‘rtacha temperatura, bor-yo‘g‘i, Selsiy shkalasi bo‘yicha 10 darajadan oshmaydi. Yil-bo‘yi yomg‘ir juda oz yog‘adi, kuchli shamol tinmaydi.

Shunga qaramasdan, tundrada ham ayrim hayot shakllari bor. Ular haqida ma’lumotga ega bo‘lish, albatta, qiziqarlidir. Tundradagi o‘simliklarga toshlarning sirtini qoplab oladigan lishayniklar, toshlarning yoriqlarini to‘ldiradigan va shag‘altoshlar orasiga o‘sib kiradigan yo‘sinlar hamda o‘t-o‘lanlarga o‘xshash o‘simliklar va ayrim butalar kiradi. U yerdagi o‘simliklarning aksariyati ko‘p yillikdir. Ammo ma’lum bir joyda ularning turi ko‘p uchramaydi.

U yerda yashaydigan hayvonlar ham unchalik ko‘p emas. Tundrada lemminglar, ho‘kizqo‘ylar va oq ayiqlar yashaydi. Ko‘pgina qushlar jo‘jalarini tundrada ochib chiqadi. Yoz oylarida kunning uzoqligi qushlarga ozuqa topish va to‘da-to‘da polaponlarini boqish imkonini beradi. Tundrada o‘rdaklar, g‘ozlar va loyxo‘raklarga o‘xshash qushlar ko‘p.

Tundradagi tuproq qatlami juda yupqa. U abadiy muzliklar ustidadir. Yoz oylarida muzlikning yuqori qatlami erishi bilan o‘simliklarning tomirlari va bakteriyalar jonlanib qoladi. Tundra turli qit’alarda turlichadir. Ammo u yerga borib qolganda, hech ikkilanmasdan, Yer yuzasining eng tund va beshafqat mintaqalaridan biriga kelib qoldim, deb hisoblayverishingiz mumkin.

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘TLIGI.

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8 dekabrida Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yo‘q bo‘lganligi qayd

qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, MDH bayrog‘i

madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston qo‘shildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993 yil MDHga Gruziya qo‘shildi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sog‘lig‘i va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo‘riqlashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy a’zolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi a’zolar bo‘lishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita, markazi Sankt - Peterburgda bo‘lgan Parlamentlararo assambleya va b.



NEFT EKSPORT QILUVCHI MAMLAKATLAR TASHKILOTI

OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) — neft qazib olishni va a’zo mamlakatlarning neft eksporta siyosatini muvofiklashtiruvchi hamda a'zo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960 yilda Venesuela tashabbusi bilann Bag‘dod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961 yilda qabul qilingan va keyinchalik ko‘pgina o‘zgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. A’zo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Qatar, Quvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003). XX asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining o‘sishi natijasida OPEKning ta’siri keskin pasaydi. Hozda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ta’sir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi — yiliga 2 marta chaqiriladigan konferensiya bo‘lib, unda ishtirokchi mamlakatlar ichki strategiyasi va narxlar ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan.

Geografiya faniga aloqador xalq va mahalliy atama va terminlarni ham fan tarkibiga kirishi muhil omil sanaladi. Xalqimiz azaldan tabiat hodisalariga zehn solib, obi – havo, o‘simlik, hayvonot va xo‘jalikning o‘zaro aloqasini kuzatib kelgan.

Shu munosabat bilan ilmiy asosiy va amaliy ahamiyati bo‘lgan ajovib, oqilona iboralar tug‘ilgan. Masalan: chilla degani nima o‘zi?.

CHILLA - (forstoj. — qirq) — turmushdagi ba’zi hodisa holatlarning eng og‘ir, xatarli yoki ma’suliyatli davrini anglatuvchi tushuncha. Chilla, odatda, 40 kun hisoblanadi. O‘zbekiston hududida yoz chillasi yoki yozgi chilla 25 iyundan 5 avgustgacha, qish chillasi yoki kishki chilla 25 dekabrdan 5 fevralgacha davom etadi. Chilla ona va chaqalog‘i hayotining tug‘ruqdan keying (qirq kun chilla davri), kelin-kuyov turmushining nikoxdan keyingi 40 kunlik davrlariga va boshqalarga nisbatan ham qo‘llaniladi (20 kunlik davr kichik chilla deb yuritiladi).

Ba’zan oylarga nisbatan ham mahalliy iboralar qo‘llanilgan.

Aprel boshlarida bo‘ladigan sovuq kunlarga esa “besh qo‘noq” deuyilgan. Aprelda kun ilib, uylarda o‘t yoqilmaganidan bu oy o‘t yoqmas oyi deyilgan.

Iyul oyi sorcha ham deyilgan – bu vaqtda ko‘katlar sarg‘aya boshlaydi.

Sentabrda ingichka o‘rgamchik iplari uchib yurishidan – mezon oyi deyilgan.

Oktyabrda qirdagi qora qo‘ng‘iz sovuqdan qotib qoladi – bu oy “qoracha” deb nom olgan.

Oktabr – nayabrda (taxminan 5 oktabrdan 10 noyabrgacha) kech kuz bo‘lib, xazon to‘kilgan, shunda xazon oyi, xazon rezgi deyilgan.

Dekabrda hayvonlar bog‘lab boqila boshlanganligidan “qantar oy” deyilgan – qantarib so‘yish, ya’ni terlagach beda bermay, ertalabgacha saqlab turish iborasidan olingan.

Geografiya tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy fanlar asosi sifatida tabiat va jamiyat haqida bir butun, yaxlit bilim bera oladigan fandir. Shu bois goegrafiya fanini doimo takomillashtirib borish zarur. Bu borada inson tafakkurini, bilim boyligini oshirishga xizmat qiladigan ko‘rgazmali atama, tayanch tushucha va iboralarning darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan boyitish, qolaversa ko‘rgazmali vositalardan foydalanish maqsadga muofiqdir.

Ulug‘ bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida “Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir” deya bejiz aytmagan. Hozirgi zamon geografiya fani ham ushbu alloma bobomiz o‘gitlariga amal qilgan holda o‘rganib borilsa, ayni muddao bo‘lur edi.



Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya fani darsliklarida qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib olib borilsa maqsadga erishin osondir.











Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki geografik atama, tayanch tushuncha iboralarni tayyorlashda, O‘zbek Milliy Ensiklopediyasi, ensiklopedik lug‘atlardan, qo‘shimcha adabiyotlardan va darsliklardagi iboralardan foydalanib tayyorlash maqsadga muofiq hisoblanadi.

Garchi atamalar maktab goegrafiya atamalari va tushunchalari izoh­li lug‘ati bo‘lsa ham unga maktab o‘quv dasturlarida kuzda tutilmagan mahalliy geografik atamalar ham qo‘llansa. O‘quvchilarimiz mahalliy geografik atama va tushunchalarni albatta bilishlari lozim. Mahalliy atama va tushunchalarga izoh berishda muallifning ilmiy sayohatlarda to‘plagan ma’lumotlaridan foydalanib yozilsa mamnuniyat bilan qabul qilsak bo‘lardi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa