Trasologik ekspertiza hal qiladigan masalalar
Sud trasologik ekspertizasi kriminalistik ekspertizaning bir turi
hisoblanadi. Trasologik ekspertiza yordamida turli-tuman masalalar hal
etilishi mumkin. SHulardan eng muhimi iz hosil qiluvchi ob’ekt va uni
qoldirgan izi bo‘yicha individual identifikatsiya qilishdir. Sud trasologik
ekspertizasining ob’ektlari bo‘lib qo‘l, oyoq, buzish qurollari, transport
vositalari va boshqa izlar hisoblanadi.
Daktiloskopik ekspertizasi hodisa joyida barmoq izlari qoldirgan
shaxs, iz hosil bo‘lgan vaqt va sharoitni aniqlash imkoniyatini beradi.
Daktiloskopik ekspertizaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
Ma'lumot uchun! So'nggi vaqtlarda izlardan mikrorelefi saqlangan
nushalar olishda yangi kimyoviy materiallardan foydalanila boshlandi.
Bu materiallardan biri polimer hisoblanadi. Bu polimer silikon pasta
“K” nomi bilan yurgiziladi. Pasta “K” - tez quruvchan, kul rang, har
qanday yuzada yahshi joylanadigan hususiyatga ega. Pastaning
qo'yilib qolishini tezlatish maqsadida yuz qism pastaga 7-10 qism
katalizator qo'shiladi.
Ayrim hajmli izlardan nushalar olishda plastilindan ham foydalanish
mumkin. Ammo plastilin yopishqoq bo'lgani uchun uni glitserin yoki
vazelin bilan yumshatib keyin izdan nusha ko'chirib olinadi.
E'tibor qiling! Sud trasologik ekspertizasi quyidagi turlarga bo'linadi:
-
daktiloskopik ekspertiza;
-
oyoq (poyabzal) izlari bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza;
-
buzish qurollari va uskunalardan qoladigan izlar bo'yicha
o'tkaziladigan ekspertiza;
-
transport vositalaridan qoladigan izlar bo'yicha o'tkaziladigan
ekspertiza;
-
tishlardan qoladigan izlar bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza;
-
bo'laklardan bir butunlikni aniqlash bo'yicha o'tkaziladigan
ekspertiza.
91
- barmoq izlari qoldirgan predmetlar yoki ularning qismlari;
- ko‘zga xira ko‘rinadigan barmoq izlari mavjud bo‘lgan
predmetlar;
- daktiloskopik plyonkaga ko‘chirib olingan barmoq izlari;
- predmetlardagi izlarning keng ko‘lamli olingan fotosurati;
- barmoq izlardan olingan gipslik nusxalar;
- jinoyat ishining boshqa materiallari (bayonnomalar, dastlabki
ekspertiza xulosasi);
- taqqoslab tekshirish uchun gumon qilinganning barmoqlaridan
olingan nusxalar.
Buzish qurollaridan qoladigan izlar bo‘yicha o‘tkaziladigan
ekspertizada hodisa joyida qoldirilgan izlar, buzish qurollari va
uskunalarni identifikatsiya qilish, hamda sud trasologiyasi bo‘yicha
mavjud bo‘lgan maxsus bilimga asoslanib izlarning hosil bo‘lish
mexanizmi aniqlanadi:
- buzish qurollari izlari mavjud bo‘lgan predmet yoki uning bir
qismi;
- hodisa joyidan topilgan izlardan olingan nusxa;
- iz topilgan predmet va izning fotosurati;
E'tibor qiling! Oyoq (poyabzal) izlari bo'yicha o'tkaziladigan
ekspertizada hodisa joyida iz qoldirgan shahs va uning ayrim
hususiyatlari (bo'yi, yoshi va h.k.) aniqlanadi. Bu turdagi ekspertizaning
ob'ektlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
-
u yoki bu predmetda qoldirilgan yuzaki oyoq izlaridan
daktiloskopik plyonkaga ko'chirib olingan nushalar;
-
botiq oyoq izlaridan olingan gips nushalar;
-
oyoq izlari olingan fotosurat;
-
jinoyat ishi materiallari;
-
gumon qilingandan olingan poyabzal;
-
agar hodisa joyida paypoq izi topilgan bo'lsa, gumon qilingandan
olingan paypoqlar;
-
agar hodisa joyida yalang oyoq izi topilib, undan gipslik nushalar
olingan bo'lsa, gumon qilingan shahs oyog'ining 2-3 nafar eksperimental
nushasi.
92
- hodisa joyidan topilgan yoki gumon qilingan shaxsdan olingan
buzish qurollari;
- hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi.
Transport vositalaridan qoldirilgan izlar bo‘yicha o‘tkaziladigan
ekspertizada yo‘l transport hodisasida ishtirok etgan transport
identifikatsiya qilinadi. Uni sodir etish holatini va sud trasologiyasi, sud
avtotexnikasi bo‘yicha maxsus bilimga asoslanib hodisa mexanizmini
aniqlash hisoblanadi. Ekspertizaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
- transport vositasi yoki uning qismlari;
- transport vositasining hodisa joyidan topilgan qismlari (gayka,
singan oyna bo‘laklari va boshqalar);
- odamni
bosib
ketish
hodisasi
sodir
etilgan
taqdirda,
jabrlanuvchining kiyimi;
- hodisa joyida mavjud bo‘lgan izlardan olingan gipslik nusxa;
- fotosuratlar;
- jinoyat ishi materiallari;
- tekshirilayotgan transport vositasining g‘ildiragidan qog‘oz yoki
gazmolga olingan nusxalar;
- hodisa joyidan topilgan transport vositasidan olingan qismlar.
Tishlardan qoladigan izlar bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertizada
hodisa joyidan topilgan turli ob’ektlarda (jabrlanuvchining tanasida,
oziq-ovqatlarda, sigareta qoldiqlarida) qoldirilgan izlari orqali shaxs
identifikatsiya qilinadi.
Bo‘laklardan bir butunlikni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan
ekspertizada hodisa joyidan topilgan ob’ekt bo‘lakchalari aniqlanadi.
Hodisa joyidan topilgan bir tusdagi predmetga oid barcha bo‘lakchalar
ekspertiza ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Masalan, yirtib tashlangan
qo‘lyozma bo‘lakchalari, bo‘laklab tashlangan odam tanasi. Bu
bo‘lakchalar bir-biri bilan taqqoslab tekshirilib bir ob’ektga tegishli
ekanligi aniqlanadi.
Sud trasologik ekspertizasini o‘tkazish uchun barcha materiallar
to‘plangandan keyin tergovchi JPKning 180-moddasiga asosan qaror
chiqaradi va unda ekspert oldiga qo‘yiladigan aniq savollar, ekspertiza
tekshiruviga yuboriladigan materiallar ko‘rsatiladi.
Barcha materiallar ekspertiza o‘tkazishga yaroqli va etarli bo‘lishi
lozim. Ekspertiza tekshiruvi quyidagi bosqichlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |