Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   548
Buzish  ob’ektlari  ikki  guruhga  –  qulflarga  va  bino  to‘siqlariga 

bo‘lib  o‘rganiladi.  Qulfni  buzish  yoki  sindirish  deganda,  uni  qisman 

yoki tuliq yaroqsiz holatga keltirilishiga aytiladi.  

Qulfni  ob’ektdan  yulib  yoki  sug‘urib  olinganda  ob’ektda  buzish 

qurolining  uchida  hajmli  izlar  qoladi.  Ba’zi  vaqtlarda  izlar  qulfning 

tashqi  qismida  ham  qolishi  mumkin.  Qulflar  ko‘p  hollarda  uning 

halqasini kuchli o‘tkir qaychilar bilan qirqish yo‘li bilan buziladi. Kesish 

natijasida halqada qaychining izlari qolsa, arralash natijasida esa qanday 

turdagi  arralash  asboblaridan  foydalanilganligini  bildiruvchi  iz  belgilari 

qoladi.  Arralash  izlaridan  faqat  foydalanilgan  qurolning  turi, 

arralashning  harakat  tomonlari,  arra  tishining  qalinligi  va  boshqa 

belgilarini  aniqlab  olish  mumkin.  Arralash  vaqtida  hodisa  joyida 

arralashdan  chiqqan  qipiqlar  va  singan  qulf  halqasining  bo‘lakchalari 

qoladi.  Ob’ektlarni  ko‘zdan  kechirishga  bunday  holatlarga  alohida 

ahamiyat 

berish 


zarur 

bo‘ladi. 

Ayrim 

vaqtlarda, 



gumon 

qilinayotganlarning  oyoq  kiyimlari  va  tirnoq  tagidan  metall  qipiqlari 

topilishi mumkin. Mobodo ular hodisa joyidan topilgan qipiqlar bilan bir 

xil  deb  topilsa,  jinoyatni  ochish  uchun  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lishi 

mumkin.  Bundan  tashqari  qulflarni  ko‘zdan  kechirishda  quyidagi 

holatlarni, ya’ni qulfning yotgan joyini, turlarini, eni va uzunligini tashqi 

tuzilish  holatini,  undagi  izlarni,  buzish  qurollaridan  qolgan  izlarning 

shakllari,  razmeri  va  boshqalarni  aniqlab  olish  zarur  bo‘ladi.  Bularni 

hammasi  ob’ektlarni  buzishda  jinoyatchilar  tomonidan  qo‘llanilgan 

usullarni aniqlashda muhim rol o‘ynashi mumkin. 

Ma'lumot  uchun!  qulflar  asosan  ikki  turga:  ichki  va  osma  qulflarga 

bo'linadi.  Ichki  qulflarni  sindirish  tajribada  kam  uchraydi,  chunki 

buning  uchun  avvalo  qulf  o'rnatilgan  ob'ektlarni  yoki  eshik  va 

romlarni buzishga to'g'ri keladi. Osma qulflarni sindirish yoki buzish 

esa  tajribada  ko'proq  uchrab  turadi.  Osma  qulflar  ko'pincha  qulfni 

ob'ektdan  yulib  olish,  kesib  olish  yoki  halqasini  arralash,  egovlash 

yo'li bilan buziladi yoki sindiriladi. 



 

86 


Buzish  qurollaridan  qoladigan  izlar  bo‘yicha  identifikatsiya 

o‘tkazish  uchun  hodisa  joyida  ob’ektlarni  ko‘chirib  olish  ishlari 

kriminalistik texnika tavsiya etadigan qoidalari asosida bajarmoq lozim. 

Jumladan,  buzilgan  qulfni  topilgan  joyida  uni  holatini  o‘zgartirmasdan 

suratga  tushirish,  bayonnomada  qayd  etish,  statik  uslubi  bilan  ko‘zdan 

kechirib,  qismlarini  bir-biridan  ayirmagan  turg‘unlik  holda  maxsus 

qutilarga joylashtirish lozim. 

Ko‘rsatilgan  ob’ektlarning  tadqiqot  tekshiruvi  natijasida  ularga 

ta’sir  etgan,  qo‘llanilgan  qurol  turi,  sifati,  izlarning  hosil  bo‘lish 

mexanizmi  aniqlanadi,  keyin  tergov  tezkorlik  choralarini  ko‘rib 

individual  identifikatsiya  o‘tkaziladi.  Solishtirib  tekshirish  uchun 

izlanuvchi  –  tekshiriluvchi  ob’ekt  va  shubhalangan  qurol  izlaridan 

ko‘chirma  tayyorlanib  olinadi.  Identifikatsiyaning  umumiy  uslublari 

qo‘llanilib tekshiruv o‘tkaziladi. 

Ekspertiza  tekshiruviga  buzish  qurollari  va  ulardan  qolgan  izlar 

bilan  bir  qatorda  hodisa  joyini  va  ob’ektlarni  ko‘zdan  kechirish 

bayonnomasi,  fotosuratlari,  hodisa  joyining  chizmasi  va  boshqa 

yordamchi ma’lumotlarni ham yuborish maqsadga muvofiq. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish