88
kechirib, bayonnomada qayd etish zarur. Bayonnoma JPKning 90-
moddasiga asosan tuzilib, unda topilgan izning turi, xususiyati va
individual belgilari aks ettiriladi.
Izlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi uch qismdan iborat bo‘lib,
birinchi qismda: kim tomonidan, qaerda va qachon, qanday hodisa
yuzasidan izlar qidirilgani kabi ma’lumotlar bayon etiladi. Ko‘zdan
kechirish qanday sharoitda, qanday yorug‘likda, qanaqa optik asboblar
yordamida o‘tkazilganligi, ko‘zdan kechirish qachon boshlanib qachon
tugaganligi va ishtirokchilar yoziladi.
Bayonnomaning uchinchi yakunlovchi qismida ko‘zdan kechirish
ishtirokchilari tomonidan tushgan takliflar, izohlar aks ettiriladi. Bu
qismda qanday izlardan nusxalar olinganligi, hodisa joyidan dalil
sifatida nimalar olinganligi yoziladi. Bayonnoma barcha ishtirokchilar
tomonidan imzolanadi.
Izlar odatda fotografik o‘lchov metodi asosida mufassal detalni
suratga olish yo‘li bilan qayd etiladi. Fotografik usulda qayd etilishi va
izlarning sxematik tasviri bayonnomaga qo‘shimcha qayd etish usuli
bo‘lib hisoblanadi.
Fotografik usulda izlarning asl holatiga hech qanday o‘zgarish
kiritilmasdan uning tasviri tushirib olinadi. SHuning uchun har qanday
holatda izni dastavval suratga olish kerak.
Mexanik usulda izlarni qayd etish asosan botiq izlardan gips
yordamida quyma nusxalar olish, yuzaki izlardan esa iz ko‘chirib
oluvchi materiallarga ularning nusxasini tushirib olishdan iborat. Agar iz
E'tibor qiling! Bayonnomaning ikkinchi qismida: iz topilgan
predmetning nomi; shu predmetning qayeridan, qanday usulda va qanday
tehnik vositalar yordamida izlar topilganligi; izlarning turi, soni;
izlarning razmeri, aniq ifoda etilgan hususiyatlari; izlar qanday usulda
qayd etilganligi va olinganligi, bayonnomaga qanday ko'rinishda ilova
etilganligi; izlarning shematik tasviri qayd etiladi.
E'tibor qiling! Izlarni suratga olishda stereoskopik, panorama,
masshtabli va yirik masshtabli usullarni qo'llash maqsadga muvofiq
bo'ladi. Izning hususiyatiga qarab aniq va soyalantiruvchi nur berish
lozim.
89
qabul qilgan ob’ektning o‘zini izi bilan olish imkoniyati bo‘lmasa, ushbu
usuldan foydalaniladi. Izdan nusxalar ko‘chirib olishda uning har bir
katta-kichik elementlarini maksimal darajada aniq va ravshan bo‘lishiga
erishish zarur.
Trasologiyada umuman iz qabul qilgan ob’ektning o‘zini olgan
ma’qul. Imkoni bo‘lmagan taqdirdagina yuqorida qayd etilgan
usullardan foydalaniladi. Iz qabul qilgan ob’ektdan nusxa olishda unga
moddiy zarar keltirmaslik chorasini ko‘rish zarur.
Iz tushgan ob’ektni unga biror o‘zgarish, tashqi ta’sir bo‘lmasligini
ta’minlaydigan qilib joylashtirish lozim. Izga nisbatan biror usul
qo‘llanishidan oldin unga tushgan chet narsalarni (barg, cho‘p va
hokazolar) olib tashlash kerak. Botiq izlar agar suv bilan to‘lgan bo‘lsa,
suvni rezina so‘rg‘ichi yoki qog‘oz so‘rg‘ich yordamida olinadi. Agar
botiq izlar sayoz, ya’ni unchalik chuqur bo‘lmasa, izning qolipi kerakli
darajadagi qalinlikda bo‘lishi uchun iz atrofiga devorcha aylantiriladi.
Ba’zan iz mayda va o‘zaro yaxshi jipslanmagan zarrachali
ob’ektlarda qoladi (masalan, qum, un, sement, quruq tuproq va shu
kabilarda). SHu tufayli bu izlarni olish yoki ulardan nusxalar ko‘chirish
mumkin bo‘lmaydi. CHunki bu zarrachalar tarqalib ketib iz shaklini
buzib yuboradi. Bunday hollarda ilgarigi izni vaqtinchalik qotirib, undan
nusxa ko‘chirib olinadi. Lekin iz bor ob’ektning o‘zini olib ketish, ishga
daliliy ashyo sifatida qo‘shish juda katta qiyinchilik tug‘dirganligi
tufayli hozir izni perxlorvinil eritmasi bilan mustahkamlash usuli ishlab
chiqilgan. Bu usulda sochilib ketuvchi narsalar, o‘ziga purkalgan
perxlorvinilni asta-sekin shimib olib, mayda zarrachalar bir-biri bilan
qattiq yopisha boshlaydi. Natijada ular bir butun qattiq ob’ektga
aylanadi. So‘ngra izli ob’ektni olish, jinoyat ishiga qo‘shish imkoniyati
tug‘iladi. Bunday izlarni mustahkamlash uchun atsetonda 6-8 foizli
perxlorvinillik eritma tayyorlanadi va pulverizator orqali purkaladi.
Taxminan 20-50 minutlardan so‘ng izni ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi.
Hajmli izlardan nusxa olish. Agarda izni qabul qiluvchi ob’ekt
bilan birga olish imkoniyati bo‘lmasa, u holda izning shaklini, hajmini
hamda releflardagi xususiyatlarini maksimal darajada aniq va to‘g‘ri aks
ettiradigan ko‘chirma nusxa olish zarur bo‘ladi.
Hajmli izlardan nusxa olishda gipsdan foydalanish mumkin.
Gipsdan qattiq va yumshoq yuzalarda qolgan hajmli izlarni olish uchun
foydalaniladi. Gips suvda qaymoq suyuqligida qorilib izga qo‘yiladi va
ob-havo vaqtiga qarab taxminan 10-20 minutdan so‘ng uni olib, turli loy
va boshqa predmetlardan tozalanadi. Ikkinchi usuli qatlamlash deyiladi.
90
Bunda quruq gips namlangan iz ustida bir qatlam sepiladi, gips bir oz
qotgandan so‘ng ikkinchi qatlam sepiladi va shu tariqa istalgan qalinlik
hosil qilinib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: