Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchilarni so‘roq qilish



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet515/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   548
Gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchilarni so‘roq qilish 

 

Gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchilarni  so‘roq  qilish  eng  keng 

tarqalgan  va  murakkab  tergov  harakati  hisoblanadi.  Asirga  olish 

bo‘yicha  ishlarga  doir  dastlabki  tergov  harakatlarining  kompleksida 

gumon  qilinuvchini  so‘roq  qilish  alohida  o‘ringa  ega.  Ushbu  tergov 

harakati  oqibatida  tergovchi  gumon  qilinuvchining  (ablanuvchining) 

aybini  tasdiqlaydigan  yoki  rad  etadigan  qo‘shimcha  dalillarni  oladi, 

chunki  aynan  u  sodir  etilgan  qilmishning  barcha  holatlari  va 

sharoitlarini, hamda uning sabablarini biladi. 

Terrorchilar  oldindan  qo‘lga  olish  va  so‘roq  qilish  holatida 

tergovchiga qarshilik ko‘rsatish uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi. Ular 

qanday  sharoitlarni  yashirish  kerakligini  kelishib  oladi,  tergovda  o‘zini 

qanday tutish kerakligini muhokama qilishadi. Kriminalistik nazariya va 

tergov  amaliyotining  ko‘rsatishicha,  tergovchining  bu  haqidagi 

tasavvurlari  to‘liq  bo‘lmaydi.  Jinoyatni  ochish  va  uning  mazmunini 

bilish  jarayonida  u  terrorchilarning  harakatlaridan  biroz  orqada  qoladi. 

Vaqt  bo‘yicha  imkoniyatga  ega  bo‘lgan  gumon  qilinuvchi  tergovchini 

maksimal murakkab vaziyatda ish ko‘rishga majbur qiladi. 

Asirga olish holatida vaqt yo‘qligiga qaramasdan, gumon qilinuvchi 

so‘roq qilinishidan oldin quyidagi tayyorgarlik choralari ko‘rilishi kerak: 

hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  bilan  bog‘liq  materiallar  (rejalar, 

sxemalar,  fotosuratlar,  videoyozuvlar);  ashyoviy  dalillarni  ko‘zdan 

kechirish  bayonnomasi  va  guvohlarning  so‘roq  qilinganligi  hujjatlari; 

texnik komissiyalar va ekspertiza materiallari va shu kabilarni sinchiklab 

o‘rganish zarur. 

Qo‘lga  olingan  terrorchini  so‘roq  qilish  o‘z  vaqtida  va  maqsadli 

bo‘lishi zarur. Tergovchi aynan qanday savollar aniqlanishi lozimligini 

bilishi  va  tartibini  belgilashi,  shuningdek,  dalillarni  tayyorlab  qo‘yishi 

lozim.  Terrorchiik  aktda  qatnashganligini  tan  olayotgan  gumon 



 

525 


qilinuvchi so‘roq qilinganda quyidagi savollar beriladi: Jinoiy sheriklar 

mavjudmi, bo‘lsa  ular haqida  ma’lumotlar, tashqi ko‘rinishi,  manzil va 

mazkur  jinoyatdagi  roli;  ular  qanday  usul  va  aloqalardan  foydalangan; 

qaerda,  qachon  va  kimdan  qurol,  o‘q  dorilar  va  portlatish  vositalarni 

olgan;  qurollar  qaerda  saqlanmoqda;  qaerda  va  qay  vaqtda  portlatish 

uskunalari  jamlangan,  uni  tuzishda  qanday  vosita  va  asboblardan 

foydalanilgan;  qo‘poruvchilik  harakatlari  qanday  tayyorlangan  va 

o‘tkazilgan;  nega  aynan  shunday  usul  tanlangan  va  ko‘zlangan  asosiy 

maqsad;  mamlakatga  va  ob’ektlarga  (aeroport,  vokzal,  havo  kemasi, 

yashash joyi va shu kabilar)  kirish yo‘llari qanday. 

Agar  gumon  qilinuvchi  qo‘lga  olingan  ob’ektda  yoki  o‘sha 

ob’ektning joylashuv joyida ta’qib qilish natijasida ushlangan bo‘lsa uni 

so‘roq  qilishni  quyidagi  savollarni  berishdan  boshlash  maqsadga 

muvofiq:  u  voqea  joyida  nima  sababdan  yashiringan?  Terrorchiik  akt 

sodir bo‘lishidan oldingi davrda qaerda bo‘lgan va nima bilan mashg‘ul 

bo‘lgan?  Jinoyatchini  fosh  qilish  uchun  gumon  qilinuvchining  biror 

joyda bo‘lishidagi mantiqsizlik, ta’qibdan qochish, yashirinish, qarshilik 

ko‘rsatish  va  h.k.lar  kabi  qo‘lga  olishning  sharoitlaridan  foydalanish 

maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Tezkor  amalga  oshirilgan  qo‘lga 

olishdan  va  berilgan  savollarning  tuzilishidan  o‘zini  yo‘qotib  qo‘ygan 

gumon  qilinuvchi  shaxs  ko‘pincha  mantiqqa  zid  va  o‘zaro  nomuvofiq 

tushuntirishlar  berishni  boshlaydi.  Bu  holatni  tergovchida  mavjud 

bo‘lgan dalillar bilan fosh qilish uchun xam qo‘llash lozim. 

Gumon  qilinuvchi  ashyoviy  dalil  (qurol,  PU  yoki  uning  detallari) 

bilan qo‘lga olingan taqdirda o‘sha vaqtning o‘zidayoq shaxsiy tintuv va 

tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  o‘tkazilganidan  keyin  ovoz  yozuv  yoki 

videoyozuvdan  foydalangan  holda  so‘roq  qilinadi.  So‘roq  qilish 

chog‘ida  quyidagilar  aniqlanadi:  jinoiy  sheriklar  mavjudmi,  undan  olib 

qo‘yilgan  portlovchi  uskunaning  ishlash  prinsipi,  o‘zini  o‘zi  yo‘q 

qiluvchi  mexanizmning  mavjudligi;  portlash  vaqti  qanday  aniqlanadi; 

boshqa  portlatish  harakatlari  amalga  oshiriladimi,  qachon  va  qaerda; 

qurol mavjudmi, qanday turga mansub, qaerda, kimda, unga o‘q dorilar 

mavjudmi. 

Terrorchining  yashash  joyida  tintuv  amalga  oshirilgan  bo‘lsa, 

terrorchi  topilgan  va  olib  qo‘yilgan  ish  bilan  bog‘liq  predmetlar, 

hujjatlar, boshqa dalillarga oid so‘roq qilinishi kerak.  




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish