E’tibor qarating! Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq
qilish eng keng tarqalgan va murakkab tergov harakati hisoblanadi.
Asirga olish bo‘yicha ishlarga doir dastlabki tergov harakatlarining
kompleksida gumon qilinuvchini so‘roq qilish alohida o‘ringa ega.
Ushbu tergov harakati oqibatida tergovchi gumon qilinuvchining
(ablanuvchining) aybini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan qo‘shimcha
dalillarni oladi, chunki aynan u sodir etilgan qilmishning barcha
holatlari va sharoitlarini, hamda uning sabablarini biladi.
Ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi:
1. Topshirilgan predmet portlatish xususiyatiga egami yoki
boshqa bir buyummi;
2. Topshirilgan modda portlatish xususiyatiga egami yoki
boshqa bir buyumga tegishli moddami;
3. Topshirilgan ob’ekt portlatish vositasi bo‘la oladimi;
4.
Tadqiqot uchun topshirilgan ob’ektlar portlatish
vositasining qoldiqlarimi (bir qismi, asosi) yoki boshqa bir buyumga
tegishlimi;
5. Topshirilgan portlatish moddasi (portlatish vositasi) qanday
nomlanadi;
6. Mazkur portlatish moddasi (portlatish vositasi) qanday
sharoitlarda tayyorlangan;
7. Aniqlangan portlatish moddasi (portlatish vositasi)ning
qo‘llanilish doirasi qanday;
8. Tadqiqot uchun taqdim etilgan portlatish vositasi qaysi
tashkilotda va qancha muddatda tayyorlangan, shuningdek,
tayyorlovchi korxona tomonidan qay yo‘nalishlarda tarqatilgan;
9. Portlatish vositasidagi belgilar nimani bildiradi;
10. Taqdim etilgan portlatish vositasining konstruksiyasi va
harakat prinsipi qanday;
11.
Taqdim
etilgan
sanoat
portlatish
uskunasining
konstruksiyasida o‘zgartirish alomatlari mavjud bo‘lsa, aynan qanday
va ularning yo‘nalishi qanday;
12. Mazkur portlatish uskunasida qanday belgilar mavjud,
sanoat yoki qo‘lbola tayyorgarlikka egami;
13. Portlatish uskunasi portash uchun etarlimi, agar yo‘q
bo‘lsa, yo‘qotilgan xususiyatlarni tiklashga qaratilgan detallar va
qismlarning izlari mavjudmi.
520
Bundan tashqari, portlash qoldiqlari va izlariga qarab portlatilgan
portlash qurilmasining konstruksiyasiga bog‘liq mazkur faktlar bo‘yicha
ekspert oldiga yana quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin, masalan:
1. Topshirilgan ob’ektlarda portlash hosilalari yoki portlatish
uskunasining qoldiqlari mavjudmi, agar bo‘lsa, aynan qanday;
2. Portlatish uskunasidagi portlatilgan zaryadning og‘irligi, shakli
va hajmi;
3. Voqea joyida topilgan ob’ektlarning qay birlari portlatish
uskunasi yoki uning konstruksiyasiga tegishli bo‘lishi mumkin;
4. Hodisa joyida portlatilgan portlatish uskunasining konstrukitsyasi
va harakatlanish prinsipi qanday;
5. Portlatish uskunasining zaryadi tarkibida tez yonuvchi
quyilmalar, GSM, neft mahsulotlari, intern to‘ldiruvchilar, shishasimon
elementlarning mavjudligi;
6. Portlatish uskunasining tashqi qoplamasi sifatida qanday material
ishlatilgan, uning nomlanishi va foydalanilish sohasi qanday.
Yuqorida sanab o‘tilgan sud tadqiqotlari jihatlaridan tashqari
portlovchi moddalar, tez yonuvchi materiallar va issiq quymalar,
portlovchi uskunalar, ularning imitatsiyasi, shuningdek, portlash va
yong‘in izlari xamda qoldiqlarining boshqa kriminalistik tadqiqotlari
xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar
va ob’ektlarning sifati va miqdori, shuningdek, tergovning ilk
bosqichida kelib chiquvchi tergov vaziyatidan kelib chiqib, qoida
tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi.
Yong‘in fakti bo‘yicha yong‘in texnik ekspertiza o‘tkaziladi.
Mazkur tadqiqotning maqsadi yong‘in kelib chiqishining asl sababini
aniqlashdan iborat: yong‘in keltirib chiqarilganmi yoki u tez yonuvchi
materiallar va issiq quymalarni ehtiyotkorliksiz saqlanishi oqibatida
kelib chiqqanmi yoxud energota’minot, isitish va energoo‘rnatish
tizimlarini ishlatish, o‘rnatish hamda saqlash qoidalari buzilganligi
oqibatida sodir bo‘lganmi.
Yong‘in keltirib chiqarilganda ekspert oldiga amalga oshirish usuli,
yong‘in vositalari, jinoyatchilar tomonidan foydalanilgan qurol va
uskunalar, ularning o‘rnatilish joyi, yong‘in sodir etish uchun zarur
bilim va ko‘nikmalar (professionallik darajasi xam kiradi),
identifikatsiya qilish uchun kerak bo‘lgan shaxslar, qurollar va uskunalar
bilan bog‘liq savollar qo‘yiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sud tadqiqotlari jihatlaridan tashqari
portlovchi moddalar, tez yonuvchi materiallar va issiq quymalar,
521
portlovchi uskunalar, ularning imitatsiyasi, shuningdek, portlash va
yong‘in izlari xamda qoldiqlarining boshqa kriminalistik tadqiqotlari
xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar
va ob’ektlarning sifati va miqdori, shuningdek, tergovning ilk
bosqichida kelib chiquvchi tergov vaziyatidan kelib chiqib, qoida
tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi.
Undan tashqari, xar qanday shubhali predmet maxsus portlash
texnik tadqiq etilishi shart, ya’ni “tegishli tartibda vakolatli shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan, sog‘lik va hayotga xavf soluvchi
prdmetni o‘z oldiga portlatish uskunasini aniqlash, uning holatini
belgilash, portlash uchun tayyorgarlik darajasini bilish, shuningdek, shu
asosida xavfsizlik choralarini tanlash va voqea joyiga to‘la mos
keladigan prdemetga nisbatan aktiv harakatlarni sodir etishni maqsad
qilib qo‘yadigan maxsus ilmiy texnikaviy vositalar, usullar va metodlar
orqali o‘rganish jarayoni”.
Portlash texnik tadqiqot tasdiqlaydigan portlash xavfi mavjud
bo‘lgan predmet topilgan taqdirda qidiruv harakatlari to‘xtatilmaydi,
chunki jinoyatchi tomonidan portlashi mumkin bo‘lgan bir qancha
uskunalar turli joylarga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Portlash texnik tadqiqot tomonidan portlash uskunasi yoki portlash
vositasi aniqlanganligi tasdiqlangan, uning tuzilishi, ob’ektda o‘rnatilish
usuli, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlashning keyingi oqibatlari
tahlil qilingandan so‘ng, tergovchi (SOG rahbari) saper va portlash
texnik mutaxassisning xavfsizlik to‘g‘risidagi fikrini inobatga olib PUni
zararsizlantirish joyi va keyingi harakatlar haqida qaror qabul qiladi.
Ushbu holatda ikki turdagi harakatlar amalga oshirilishi mumkin:
portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmetni topilgan joyida
zararsizlantirish yoki zarurat bo‘lgan hollarda uni ko‘chirib o‘tkazish
yoxud portlatish kamerasiga olib o‘tish to‘g‘risidagi qaror qabul
qilinadi.
Portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmetni topilgan joyida
zararsizlantirish imkoni bo‘lgan vaziyatda amalga oshirish usuli
haqidagi masala asosiy o‘rin egallaydi, sababi, saperning asosiy vazifasi
bu insonlar o‘limini oldini olib va atrofdagi ob’ektlarga etkazilishi
mumkin
bo‘lgan
zararni
kamaytirib
portlatish
uskunasini
zararsizlantirishdir. SHu bilan birga saperning harakatlari voqea joyidagi
izlarning butkul yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayrim
hollarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish jinoyatning moddiy izlari,
jinoyatchini aniqlash va uni fosh etish bo‘yicha yagona usul bo‘lib
522
qolishi mumkin. Bunga qaramay, PUni zararsizlantirishga oid ishlarda
insonlarning xavfsizligi shubhasiz xar qanday xatto yagona izlarni
olishdan xam muhimroqligini esda tutish lozim.
SHundan kelib chiqib, portlatish uskunasini zararsizlantirishda
saper va portlash texnik mutaxassisi faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini
ajratib ko‘rsatish lozim.
Himoya vositalariga ega bo‘lgan saper videokamera yordamida
turli joylar va rakurslardan PU, uning o‘rnatilish joyi, yonida mavjud
bo‘lgan predmetlar va izlarni (saper bundan oldin videoyozuvda ko‘proq
aynan nimaga e’tibor qaratish lozimligi haqida mutaxassis tomonidan
tayyorlanadi) yozib oladi. SHu bilan birga mutaxassis kriminalist
videokamerani tayyorlaydi va undan foydalanish bo‘yicha saperga
maslahatlar beradi. Ikkinchi kamera voqea joyidagi saperning
harakatlarini yozib oladi.
Videoyozuv ko‘rib chiqilgach, mutaxassis kriminalist saperga
binoda va ochiq er maydonida jinoyatchining oyoq kiyimidan qoladigan
izlarni saqlagan holda harakatlanish; olib qo‘yiladigan ob’ektlarni ajratib
olish va ularni alohida qoplama materialga solish yoki uni xavfli
zonadan olib chiqish; izolyasion lenta qoldiqlari, mustahkamlovchi
provodlar va arqonlar, yashiruvchi material va boshqa shu kabilarni
olish va saqlashga oid maslahatlar beradi.
Mutaxassis kriminalist saperni zaruriy anjomlar (perchatkalar,
pinset, qoplama material va h.k.) bilan ta’minlashi va qanday qilib qay
turdagi izlarni olish lozimligini o‘rgatishi kerak, bularga sigareta
qoldiqlari, qog‘oz parchalari, izolyasion lenta qoldiqlari, provod qismlari
va h.k. Saper olishi mushkul bo‘lgan izlar (masalan, er maydonidagi
tuproq qatlamida oyoq kiyimining namunasini yaratib) qo‘l ostidagi
taxta, korobka va shu kabi narsalar bilan berkitilishi hamda belgilanishi
lozim. Portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmet olib ketilgan yoki
zararsizlantirilgandan keyin aytib o‘tilgan izlarning rasmiylashtirilishi va
olib qo‘yilishi mutaxassis kriminalist tomonidan amalga oshiriladi.
Poligon yoki portlatish kamerasi sharoitida portlatish xavfi mavjud
bo‘lgan predmetni zararsizlantirishda keyinchalik ekspert tekshiruvchini
amalga oshirish imkonini beradigan usul va vositalar tanlanadi.
Poligonda PUni zararsizlantirish joyi tanlanganda mutaxassis
kriminalist va portlovchi texnik mutaxassis saperlar tomonidan
ko‘rsatilgan hududlarni ko‘zdan kechiradi, asosiy vazifasi portatilgandan
keyin
to‘planib,
portlatish
uskunasini
qayta
tiklashda
523
anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan keraksiz
predmetlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilishdir.
Portlashsiz zararsizlantirilgan portlatish xavfi mavjud bo‘lgan
predmet hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichida
mutaxassis kriminalist ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. SHu bilan birga
tayyorgarlik bosqichida portlash xavfisiz ishlash bosqichida portlovchi
uskuna va uning tarkibiy qismlarini sinchiklab kriminalistik ko‘zdan
kechirishni ta’minlovchi qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi
lozim.
Har qanday holatda predmetning shunday holati tushuniladiki,
bunda PUning zaryadi va initsiatsiya vositasi o‘zaro aloqada bo‘ladi
yoki ular bir biriga yaqin joylarda joylashgan bo‘ladi. Bunday holatda
PU detallari kriminalistik ko‘zdan kechirila olmaydi, shuning uchun
tergovchi (tezkor xodim) portlovchi texnik mutaxassis tomonidan PU
zaryadi va initsiatsiya vositasini ajratish bo‘yicha harakatlar amalga
oshirilganligiga ishonch hosil qilishi shart.
Biroq shunday vaziyat bo‘lishi mumkinki, yuqori xavfga ega
bo‘lgan predmet topilmasligi xam mumkin: shubhali ob’ekt portlatish
xususiyatiga ega bo‘lmasligi yoki umuman bu kabi buyumlar mavjud
bo‘lmasligi mumkin. Birinchi holatda, agar predmet portlatish
xususiyatiga ega bo‘lmasa, buyum tergovchi tomonidan hodisa joyini
ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichida porlatish texnik mutaxassis
ishtirokida ko‘zdan kechiriladi, ikkinchi holatda esa voqea joyi deb
tayyorlanayotgan jinoyat haqidagi xabar kelib tushgan joy topiladi.
Yuqori xavfga ega bo‘lgan prdmet qidiruv ishlarini olib borayotgan
mutaxassislar tomonidan topilgan topilmaganligidan qat’i nazar, tadqiq
qilish yoki yuqori xavfga ega bo‘lgan predmetni zararsizlantirish, yoxud
uning xavfli oqibatlari kelib chiqishini bartaraf etishga doir choralar
ko‘rilganidan so‘ng tegishli bo‘linma yoki bo‘lim mutaxassisi ikki
nusxadagi ko‘zdan kechirish aktini (tadqiqot, zararsizlantirish,
dezinfeksiya qilish va h.k.) taqdim etadi. SHu bilan birga, bunday akt
tergovchining keyinchalik voqea joyini yoki ob’ektlarni qayta ko‘zdan
kechirish zarurati haqidagi qaroridan qat’i nazar mustaqil tuziladi (ya’ni,
agar terrorizm xavfi haqidagi xabar kelib tushgan bo‘lsada, yuqori xavf
mavjud bo‘lgan predmet yoki uning imitatsiyasi topilmasa hodisa joyini
ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichi o‘tkazilmasligi mumkin).
Mazkur hujjatda quyidagi ma’lumotlar tartib bilan ko‘rsatilishi
kerak: kim tomonidan va qachon mutaxassis chaqirilgan; guruh tarkibi
va rahbari; voqea joyiga kelish vaqti; shubhali predmetning tavsifi va
524
uning o‘rnatilish joyi; shaxslar va texnikaning yashirinish zonalarining
tavsifi; yuqori xavfga ega bo‘lgan predmet va uning holatini baholashga
qaratilgan foydalanishdagi maxsus vositalar; qanday tezkor
ma’lumotlardan foydalanilgan; yuqori xavfga ega bo‘lgan predmetning
tuzilishi haqidagi ilk xulosalar; zararsizlantirish uchun tanlangan usul;
zararsizlantirish rejasi, vaqti, belgilari va qoidalari kimlar bilan
kelishilgan holda tuzilgan; qanday vositalar qay tartibda qo‘llangan;
natijalar, imzolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |