Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet454/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   548
 

 

32-mavzu. EKOLOGIYA JINOYATLARINI 

TERGOV QILISH 

 

Ekologiya  sohasidagi  jinoyatlarning  oqibatlari.  Jinoyat  ishini 



qo‘zg‘atish. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha isbotlash. 

 

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning oqibatlari 

 

Ekologiya  sohasidagi  jinoyatlar  moddiy  tarkibli  bo‘lgani  bois, 



ularni  tugallangan  deb  topish  uchun  jinoyat-huquqiy  oqibatning  yuz 

berganligi muhim ahamiyatga ega.  

Ekologik  jinoyatlar  tergovining  samaradorligi,  eng  avvalo, 

tergovchining  tegishli  korxona  va  tozalash  inshooti  ishini  tashkil 

etishning o‘ziga xos tomonlarini bilishiga bog‘liq.  

Bu  jinoyatlarning  barchasi  tergov  uslubi  nuqtai  nazaridan  bir  xil 

ko‘rinishga ega va o‘z kriminalistik belgilariga ko‘ra, ya’ni sodir etilish 

tarzi,  mexanizmi  va  shart-sharoiti,  sodir  etgan  shaxs  va  keltirgan  zarar 

xarakteri jihatdan bir-biriga juda o‘xshashdir. Mazkur toifadagi ijtimoiy 

xavfli  xatti-harakatlarni  tergov  qilish  va  ochish  ekologik  jinoyatlar 

qoldirgan  tipik  moddiy  izlarda  kriminalistik  alomatlar  butunlay  aniq 

namoyon  bo‘lishi  va  uyg‘unligiga  bog‘liq.  Masalan,  tabiiy  muhitning 

ifloslanishi  turli  kimyoviy  vositalardan  foydalanish,  energetik  issiqlik, 

shovqin, tebranish, radiatsiya tarzida haddan ziyod tarqalishi atrof-muhit 

tarkibiy  qismini  biologik  va  fizik  tuzilmalar  va  sifat  jihatdan  jiddiy 

og‘ishlarga olib keladi. 

Tuproq va er osti boyliklari, daryo, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, 

suv  havzalari,  sizot  suvlari,  muzliklar  va  hokazolar  asosan  sanoat, 

transport,  kommunal  xo‘jaliklar  va  boshqa  korxonalardan  chiqqan 

tozalanmagan  va  zararsizlantirilmagan  oqovalardan  ifloslanadi.  Havo 

bo‘shlig‘i esa asosan qora va rangli metallurgiya korxonalari, kimyoviy, 

energetik,  neftni  qayta  ishlash  sanoati  tomonidan  normativ  hujjatlarda 

belgilangan va ruxsat etilgan konsentratsiya (REK)dan yuqori miqdorda 

chiqariladigan  uglevod  oksidi,  oltingugurt,  qo‘rg‘oshin,  azot  oksidlari, 

simob,  vodorod  sulfidi  va  boshqa  jonli  mavjudot  uchun  xavfli  bo‘lgan 

moddalardan ifloslanadi. 




 

466 


Bir  qator  holatlarda  davlat  organlarining  sanitariya  nazorati  va 

boshqa inspeksiya xodimlarining talablari, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarini 

bajarmaslik,  tozalash  inshootlarini  qurish  yoxud  ta’mirlashdan  bosh 

tortish  natijasida  havo  va  suvlar  ifloslanmoqda.  Bunda  ko‘rsatmalarni 

bajarmaslik  sabablari  va  vajlarini  belgilash,  korxona  rahbari  yoxud 

bevosita  ijrochilar  aybini  aniqlab  olish  zarur.  Tergov  ishlari 

mukammalligini  ta’minlash  uchun  jinoyat  sodir  etishga  olib  kelgan 

engillashtiruvchi  va  og‘irlashtiruvchi  vaziyat  bo‘yicha  ayblanuvchilarni 

shart-sharoitlarini  aniqlash  lozim.  Ishlab  chiqarishni  tashkil  etish, 

texnologik  rejim  talablariga  rioya  qilish  tozalash  inshootlari,  chang  va 

turli  gazlarni  tutib  qoladigan  qurilmalarni  o‘rganishda  muhim  o‘rin 

tutadi. 



Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish