E’tibor qarating! Avtotexnika ekspertizasi hal etadigan
masalalarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
1. Avtomashinaning (motosikl va shu kabilarning) texnik holati.
Bunday paytda transport vositasining texnik holatini o‘rganish
vazifasi faqatgina u yoki bu nosozlikni aniqlash emas, balki bu
nosozlik yuzaga kelishining sababini ochib berishdan ham iboratdir.
Avtotexnika ekspertizasi avtomashinaning aniq uzeli yoki agregati
avariya oqibatida ishdan chiqqanmi yoki avtomashinadagi nosozlik
ta’mirning, texnik xizmat ko‘rsatishning qoniqarsizligi, zavodda yo‘l
qo‘yilgan nuqson, haydovchi tomonidan boshqaruvning noto‘g‘ri
usullari qo‘llanilishi yoki boshqa sabablar natijasimi degan savolga
javob berishi kerak.
2. Hodisaning ayrim detallariga qarab, uning mexanizmini
aniqlash.Ushbu masalalarni hal etish davomida transport vositalari
harakatining tezligi, yo‘nalishi, trayektoriyasi, to‘qnashilgan joy, izlar
hosil bo‘lish (putur yetish) mexanizmi va avariyaning boshqa
holatlari, ularning dinamikasi aniqlanadi.
3. Hodisada ishtirok etgan transport vositalari haydovchilarining
xatti-harakatlari.Ushbu xatti-harakatlarga ekspertiza haydovchi yo‘lda
yuzaga kelgan vaziyatda transport vositasini haydash va boshqarish
usullaridan qay darajada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri foydalanganiga baho
beradi. Ekspertiza haydovchi foydalangan haydash usullari texnika
xavfsizligi talablariga qay darajada mos kelishi, ushbu vaziyatda
avariyaning oldini olish uchun qanday usullar ko‘proq samara berishi
mumkinligi va boshqa shu kabi masalalar haqida ham o‘z
mulohazalarini bildirishi kerak.
461
qoplamalarining
izlari
(transport
vositasini
identifikatsiyalash
maqsadida), oynaning siniq bo‘lakchalari, avariya natijasida uzilib
tushgan yoki putur etgan detallar va uzellar (bo‘laklanishning umumiy
chizig‘i ma’lum bo‘lsa, bo‘lakchalardan yaxlit qism yasash),
avtomashinaning turli qismlarida jabrlanuvchining kiyim-kechaklaridan
qolgan izlar (identifikatsiyalash maqsadida) bo‘yicha trasologiya
tadqiqotlari o‘tkaziladi.
Hodisa yuz bergan joydan yashiringan haydovchilarni fosh qilish
maqsadida identifikatsiyaviy daktiloskopik ekspertizalar tayinlanishi
mumkin. Bunday ekspertizalar uchun hodisada ishtirok etgan transport
vositasining salonida, uzellari va agregatlarida topilgan barmoq izlari
ob’ekt sifatida xizmat qiladi. Tergov vaqtida boshqa kriminalistik
ekspertizalar, xususan, haydovchilik guvohnomasida, yuk tashishga doir
hujjatlarda, transport vositalarining pasportlari va boshqa hujjatlarda
qalbakilik belgilari bor-yo‘qligini bilish uchun hujjatlarning texnik-
kriminalistik ekspertizasi tayinlash zarurati tug‘ilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |