Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tergovni olib borish yo‘nalishini aniqlash



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet443/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   548
Tergovni olib borish yo‘nalishini aniqlash 

 

Yo‘l  harakati  xavfsizligi  qoidalarini  jinoiy  tarzda  buzganlikni 



tergov  qilishning  yo‘nalishlarini  belgilash-  tergovchining  dastlabki 

vaziflarini  aniqlashi  va  ularni  hal  etishning  yo‘llarini  tanlab  olishini 

anglatadi.  Bunday  vazifa  negizida  tergovchi  olib  borayotgan  tergov 

ishlarining dastlabki bosqichida yuzaga kelayotgan vaziyatlarning tahlili 

yotadi. Ushbu bosqichda tergov vaziyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, 

asosan,  avariya  yuz  berishi  bilanoq  yo‘l  xavfsizligi  qoidalarini  buzgan 

shaxslar  va  hodisa  boshqa  ishtirokchilarining  xulq-atvori  qanday 

bo‘lganligiga,  hodisaning  shohidlari  bor-yo‘qligiga,  moddiy  holatning 

qay  ahvoldaligiga,  tergovchi  hodisa  yuz  bergan  joyga  etib  kelganida 

izlar saqlangan-saqlanmaganligiga va boshqa holatlarga bog‘liq bo‘ladi. 

Haydovchi,  transport  vositasi  va  yo‘l  yuqorida  ko‘rib  chiqilgan 

barcha holatlar hamda ular tufayli yuzaga keladigan turli vaziyatlarga 

bog‘liq, chunonchi: 

1) 


piyodalar, 

velosipedchilar, 

motosiklchilar 

va 


boshqa 

harakatlanuvchi ob’ektlar bir-birini urib yuborishi;  

2) harakat qilmaydigan ob’ektlarni (yoritgich, telegraf ustunlari va 

boshqa ustunlarni, yo‘l bo‘yidagi inshootlarni, to‘xtab turgan transport 

vositalari  va  boshqa  shu  kabilarni)  urib  yuborish  yoki  ular  bilan 

to‘qnashish; 

3) harakatdagi transport vositalari bilan to‘qnashish; 

4)  keskin  to‘xtatilishi  yoki  yo‘ldagi  to‘siqlarga  urilishi  tufayli 

yoxud  boshqa  sabablarga  ko‘ra  turg‘unlikni  yo‘qotishi  natijasida 

transport vositasining ag‘darilishi; 

5)  harakatdagi  transport  vositasidan  yo‘lovchilarning  ag‘anab 

tushushi; 

6) transport vositasining ag‘darilishi (masalan, ko‘prikdan); 

7) 


transportda 

(elektr 


simlarida 

transport 

vositalarining 

to‘qnashishi  natijasida  yoqilg‘i  uzatish  tizimida  yuzaga  keladigan 

nosozliklar,  yoqilg‘ining  portlashi  va  boshqa  sabablarga  ko‘ra)  kelib 

chiqadigan yong‘indan iborat bo‘lishi mumkin.  




 

450 


Sanab  o‘tilgan  faktorlar  ob’ektiv  va  sub’ektiv  sabablar  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  turli  rivojlanishiga  sabab  bo‘ladi.  Vaziyatning  qulay  yoki 

noqulay  deb  e’tirof  etilishi  ish  olib  borilayotgan  paytda  tergov 

qilinayotgan  voqeaning  holatlari  to‘g‘risida  axborot  olish  imkoniyatiga 

bog‘liq.  

Aybdorlarning jinoyat izlarini yashirgan holda voqea sodir bo‘lgan 

joydan yashirinishi, guvohlarning yo‘qligi yoki ularning yashash joylari 

noma’lum,  hodisa  yuz  berganligi  haqidagi  ma’lumot  YHXX  xodimiga 

yoki tergovchiga juda kech xabar qilingan bo‘lib, vaziyat jiddiy o‘zgarib 

ketgan  bo‘lsa,  eng  murakkab,  binobarin,  eng  noqulay  vaziyat 

hisoblanadi.  Bunday  hollarda  tergovning  asosiy  yo‘nalishi  axborot 

manbalarini  qidirish:  yashiringan  haydovchilarni  qidirish,  voqeaning 

guvohi  bo‘lishi  ehtimol  tutilgan  shaxslarni  aniqlash,  voqea  holatlariga 

aniqlik  kiritish  mumkin  bo‘lgan  jinoyatning  saqlanib  qolgan  moddiy 

izlarini  topish  va  shu  kabilardan  iborat  bo‘lishi  kerak.  Bunday  vaziyat 

uchun noaniqlik darajasining yuqoriligi xos xususiyat bo‘lib, isbotlovchi 

axborotlarning  ehtimol  tutilgan  manbalari  aniqlanmaguncha  boshqa 

biror-bir masalaning hal etilishi mumkin emas.  

Tergov  uchun  qulay  vaziyat  yuzaga  kelayotganida,  masalan, 

hodisa  qatnashchilari  va  guvohlar  tergovchi  etib  kelguniga  qadar  o‘z 

joylarida qolsa, izlarni saqlab qolish uchun o‘z vaqtida choralar ko‘rilsa 

va  hodisa  sodir  bo‘lgan  joydagi  holatning  o‘zgarishsiz  qolishi 

ta’minlansa,  tergov  yo‘nalishini  belgilovchi  vazifa  xarakterini,  ya’ni 

qatnashchilarning  xatti-harakatlarida  jinoyat  tarkibi  belgilari  bor-

yo‘qligini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Buning uchun, eng avvalo, hodisa 

yuz  bergan  joyda  hozir  bo‘lgan  barchaning  (YTH  qatnashchilari, 

guvohlar,  jabrlanuvchilar)  ko‘rsatuvlari  va  tushuntirishlarini  protsessual 

vositalar  yordamida  mustahkamlash  va  bu  dalillarni  hodisa  yuz  bergan 

joyni  ko‘zdan  kechirish  jarayonida  o‘rganilgan  moddiy  holat  bilan 

taqqoslash  zarur.  Agar  tergovchi  tergov  yo‘nalishini  belgilab  va 

keyinchalik  isbot  qilinishi  lozim  bo‘lgan  aniq  vaziyatlarda  barcha 

holatlarni  aniqlab  olsa,  u  jarayon  davomida  katta  kiyinchiliklarga  duch 

kelmaydi. 

Dastlabki  bosqichda  YTHni  tergov  qilishning  yo‘nalishlarini 

belgilab  olish-tekshirilayotgan  voqeaga  doir  ma’lumotlar  o‘ta  taqchil 

bo‘lgan  bir  sharoitda  tergovchi  ishini  aniq  maqsadga  qaratilishiga 

yordam  beradigan  eng  umumiy  tarzdagi  harakat  rejasinigina  ishlab 

chiqishni anglatadi, xolos. YTH yuz bergan joyni ko‘zdan kechirishdan 

oldinoq,  hodisa  ishtirokchilari,  shohidlari  va  hodisa  yuz  bergan  joyni 



 

451 


qo‘riqlayotgan  YHXX  xodimlaridan  olingan  tushuntirishlar  dastlabki 

ma’lumotlar  hisoblanib,  tergov  taxminlarining  asosini  tashkil  etishi 

mumkin. 



 

452 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Voqeaning xarakteri to‘g‘risidagi versiyalarni  taqsimlash yoki rad 

etish hodisa yuz bergan joyni ko‘zdan kechirishning dastlabki natijalari 

va  voqea  qatnashchilarining  dastlabki  tushuntirishlari  olinganidan 

keyinoq  mumkin  bo‘ladi.  Huddi  mana  shu  ma’lumotlar  YTHning 

sabablari, 

yo‘l  harakati  xavfsizligi  borasida  yo‘l  qo‘yilgan 

qoidabuzarliklar, uni sodir etgan shaxslar, yashash joylari va boshqa shu 

kabilar  to‘g‘risida  xususiy  versiyalar  qilish  uchun  dastlabki  ma’lumot 

sifatida  xizmat  qiladi.  Tergovning  asosiy  yo‘nalishlarini  belgilovchi 

vazifalarga,  shuningdek,  ilgari  surilgan  tergov  versiyalarini  tasdiqlash 

yoki  rad  etish  uchun  zarur  javoblar  topish  maqsadida  hal  etilishi  lozim 

bo‘lgan  aniq  masalalarga  asoslangan  holda  tergovning  eng  umumiy 

rejasi  tuziladi.  Dastlabki  tergov  harakatlari  va  tezkor  qidiruv  chora-

tadbirlari  yordamida  hali  aniqlanmagan,  ammo  isbot  qilinishi  lozim 

bo‘lgan  taxminlarni  ilgari  surishga,  tergovni  davom  ettirishning  keng 

rejasini  ishlab  chiqishga  kirishish  imkonini  beradigan  ma’lumotlar 

bazasini yaratadi. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish