Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet441/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   548
31-MAVZU. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI 

QOIDALARINI JINOIY TARZDA BUZGANLIK 

HOLLARINI TERGOV QILISH 

 

Yo‘l-transport  hodisalarining  kriminalistik  tavsifi.  Tergovni  olib 

borish  yo‘nalishini  aniqlash.  Dastlabki  tergov  harakatlari  va  tezkor 

qidiruv  chora-tadbirlari.  Yo‘l-transport  hodisalari  bo‘yicha  keyingi 

tergov harakatlarini o‘tkazish. 

 

Yo‘l-transport hodisalarining kriminalistik tavsifi 

 

Ehtiyotsizlik oqibatida eng ko‘p sodir etiladigan jinoyatlardan biri 

yo‘l  harakati  xavfsizligi  qoidalarini  buzish  jinoyatlari  hisoblanadi. 

Bunday  qoidabuzarliklarning  ijtimoiy  xavflilik  darajasining  yuqoriligi 

nafaqat ularning keng tarqalganligi, balki kelib chiqadigan oqibatlarning 

og‘irligi,  ya’ni  jarohatlarning  ko‘pligiga,  qurbonlar  bo‘lishiga,  mulkiy 

ziyon jiddiyligiga bog‘liq.  

Transport  vositalarining  harakatini  boshqarishga  nisbatan  muayyan 

tizim  sifatida  qaraladigan  bo‘lsa,  ularni  shartli  ravishda  quyidagicha 

tizimlashtirish mumkin: haydovchi;transport vositasi va yo‘lning holati. 

Ushbu  tizimning  shart  bo‘lgan  va  o‘zaro  bog‘liq  elementlarini 

tashkil  etadi.  Yo‘l  harakati  xavfsizligi  ana  shu  uchala  elementning 

to‘g‘ri  ishlashi  va  bir-biriga  bog‘liq  holda  amal  qilishi  orqali 

ta’minlanadi.  



 


 

448 


“Haydovchi”  bo‘g‘inida  tartib-qoidalardan  chetga  chiqishning 

sub’ektiv sabablariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

a)  zarurat  taqozo  etmagan  bir  paytda  yo‘l  harakati  qoidalarini 

qasddan  yoki  ehtiyotsizlik  oqibatida  buzganlik:  tezlikni  yo‘l  qo‘yilishi 

mumkin  bo‘lgan  darajadan  oshirish,  chorrahalardan  o‘tish  qoidalarini 

buzish, yo‘l belgilariga rioya etmaslik va shu kabilar; 

b)  kasbiy  jihatdan  etarli  darajada  tayyorgarlikka  ega  emaslik, 

yo‘ldagi  holatni  noto‘g‘ri  baholash  yoki  tajribaning  etishmasligi 

oqibatida 

transportni 

boshqarishning 

noto‘g‘ri 

usullaridan 

foydalanganlik; 

v)  haydovchi  holatidagi  uning  ish  qobiliyati  va  tashqi  vaziyatni 

sezish  hissini  pasaytiruvchi  psixofiziologik  o‘zgarishlar  (transport 

vositasini  uzoq  vaqt  boshqarish  oqibatida  haddan  ziyod  toliqish, 

alkogoldan mast bo‘lish, tan nosog‘ligi va shu kabilar).  

“Transport  vositasi”  bo‘g‘inida  chetga  chiqishlar  transport 

vositalarining  texnik  jihatidan  nosozligi  va  ulardan  foydalanish 

qoidalarini  buzish  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ayni  ana  shu  salbiy  ko‘rinishlar 

YTHlari yuz berishiga sabab bo‘ladi. 

“Yo‘l” transport vositasi harakatini boshqarish tizimining elementi 

o‘z ichiga: 

harakat  amalga  oshirilayotgan  hududdagi  yo‘lning  texnik  holatiga 

(yo‘lning  profili,  ulanish  qismi,  qoplamasi,  nuqsonlari,  to‘siqlar  va  shu 

kabilarga); 

yo‘lning xavf to‘g‘risida ogohlantiruvchi, to‘siqni aylanib o‘tishni 

ko‘rsatuvchi  va  shu  kabi  boshqa  zarur  yo‘l  belgilari  va  ishoralari  bilan 

qay darajada ta’minlanganligiga; 

yo‘lning  harakat  amalga  oshirilayotgan  qismida  piyodalar  va 

boshqa  transport  vositalarining  bor-yo‘qligiga,  ularning  harakat 

yo‘nalishlari va tezligiga doir masalalarni oladi. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish