E’tibor qiling! So‘roq tergovchi bilan jinoiy voqea haqida
ma’lumot beruvchi shaxs o‘rtasidagi o‘zaro muloqotdir. So‘roq
qilishning umumiy vazifasi – so‘roq qilinayotgan shaxslarning har
biridan tergov qilinayotgan jinoyat holatlari va uni sodir etishda
aybdor shaxslar to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan barcha haqqoniy
ma’lumotlarni olish.
258
bilan tartibga solingan tergov harakati bo‘lib, jinoyat ishini to‘g‘ri hal
qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida
tergovchi bilan ayblanuvchining o‘zaro suhbatini qamrab oladi.
Tergovchi ayblanuvchini faqat e'lon qilingan ayb yuzasidan so‘roq
qilishi lozim. Bu avvalambor, jinoiy ta'qibning doirasi va chegarasiga
borib taqaladi. Boshqacha aytganda, jinoyat ishiga ayblanuvchi
tariqasida jalb qilingan shaxsni so‘roq qilishda qo‘zg‘atilgan jinoyat
ishiga daxli bo‘lmagan, e'lon qilingan ayblovga aloqador bo‘lmagan
boshqa holatlar haqida so‘ralishi to‘g‘ri emas. Shunday bo‘lsada,
basharti tergov o‘tkazish chog‘ida dastlabki ayblovni qayta ko‘rib
chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar to‘plangan bo‘lsa yoki dastlabki
ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi noto‘g‘riligi ma'lum bo‘lib
qolsa, dastlabki ayblov o‘zgartirilishi, qisman tugatilishi yoki
to‘ldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda
ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi (JPK 362-moddasi birinchi
qismi).
Yolg‘on ko‘rsatuv berish belgilari aniqlangan taqdirda, so‘roqni
amalga oshirayotgan mas'ul mansabdor shaxs so‘roq vaqtida so‘roq
qilinayotgan shaxsning xulq-atvorini atroflicha kuzatishi maqsadga
muvofiq. Kishining har qanday, shu jumladan, huquqqa xilof faoliyati
ham ruhiy bosim ostida amalga oshiriladi. Shuning uchun so‘roq
qilinayotgan shaxsga savollar bera turib, davlat ayblovchisi uning xulq-
atvorini, nutqini, qo‘yilgan savollarga ta'sirini kuzatib borishi lozim.
Demak, prokurorlarni sudda kuzatuv usulidan foydalanish hamda
ishontirish xususiyatini shakllantirishga o‘rgatish katta samara beradi.
Bir qator adabiyotlarda ham shaxsni gumon qilinuvchi sifatida
e'tirof etishning qonunchilikdagi asoslarining yo‘qligi amaliyot
xodimlarida noaniqliklarni vujudga keltirishi hamda ular tomonidan
qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lishi ta'kidlangan.
Aytish joizki, mazkur muammo O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-
protsessual qonunchiligi uchun ham xos bo‘lib, gumon qilish
institutining yetarlicha huquqiy tartibga solinmaganligi bois, qonun
buzilishi holatlari amalda keng uchrab turadi. Xususan, sud-tergov
amaliyotida amalda gumon qilinayotgan shaxsni guvoh sifatida so‘roq
qilish hollari keng uchraydi. Ushbu salbiy holatning oldini olish
maqsadida 2008 yil 31 dekabrda JPKga guvohning advokati instituti
joriy etildi.
O.D.Jukning yozishicha esa, amaliyotda tergovchi shaxsga guvoh
yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilishni taklif qiladi. Albatta,
259
inson o‘ziga ma'qul huquqiy maqom sifatida guvoh maqomini tanlaydi,
undan keyin tergovchi butun so‘roq jarayoni shaxsga biror-bir
protsessual kafolatlar taqdim etmagan holda uni jinoyat sodir etishdagi
ishtirokini fosh etishga harakat qiladi, - deb ta'kidlangan.
Fikrimizcha, bunday amaliyot inson huquqlarining buzilishi bo‘lib,
bu borada I.A.Panteleyev, A.A.Davletov va V.G.Voytlar shaxsni guvoh
sifatida so‘roq qilishning protsessual chegaralarini quyidagicha
belgilashni taklif qiladi: “basharti so‘roq qilish predmeti guvohning
jinoyatga daxldorligiga oid holatlarni qamrab olmasa, ya'ni tergovchi
so‘roq qilinayotgan shaxsga nisbatan o‘z gumonini bildirmasa, shaxsni
guvoh sifatida so‘roq qilish bo‘yicha hech qanday to‘siq bo‘lmaydi.
Agarda, tergovchi u yoki bu shaklda shaxsga nisbatan gumon e'lon qilsa
(bu so‘roq qilinayotgan shaxs oldiga uning jinoyat bilan bog‘liq o‘z
xatti-harakatlari to‘g‘risida masalani qo‘yishida ifodalanadi), ushbu
shaxs guvoh bo‘la olmaydi. U o‘zining real holatiga mos gumon
qilinuvchi maqomiga ega bo‘lishi hamda unga nisbatan mavjud gumon
rasman e'lon qilinganidan so‘ng, jinoyat protsessining ushbu
ishtirokchisi sifatida so‘roq qilinishi lozim.
Bunday yondashuv qonuniylik, odillik, insonparvarlik kabi
umumhuquqiy prinsiplar mohiyatiga zid bo‘lib, unga qo‘shilib
bo‘lmaydi, chunki mazkur holatda amalda gumon qilinuvchi guvohga
aylantiriladi hamda ko‘rsatuv berishga majbur qilinadi, zero, guvoh
sifatida so‘roq qilinuvchi ayblanuvchiga tegishli bo‘lgan protsessual
huquqlardan foydalanmaydi, chunki ushbu holat bilan ayblanuvchi
amalda o‘ziga tegishli bo‘lgan protsessual huquqlardan mahrum etiladi.
Ayblanuvchining o‘z aybini tan olishi masalasi unga ayb e'lon
qilingandan so‘ng birinchi so‘roq vaqtida yoxud shaxsning o‘z aybiga
iqrorligi to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etishi zahotiyoq yuzaga
keladi. Ushbu bosqichda ayblanuvchining o‘z aybini tan olishi
tergovchini uning haqqoniyligini tekshirish majburiyatidan ozod
qilmaydi. Chunki aybga yolg‘on iqrorlikning kech aniqlanishi haqiqiy
jinoyatchilarning yashirinishi uchun sharoit yaratib, haqiqatni aniqlashga
to‘sqinlik qilishi mumkin.
So‘roq qilish o‘zaro muloqot shakli sifatida hamkorlik yoki
qarama-qarshilik va psixologik kurash yo‘sinida o‘tishi mumkin. Ba’zan
so‘roqda boshqa shaxslar (tarjimon, pedagog, mutaxassis va sh.k.) ham
ishtirok etishlari mumkin. Bunda axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir
ko‘rsatish, bir-biriga baho berish, nuqtai nazarlarni shakllantirish sodir
260
bo‘ladi. Bu erda so‘roqni o‘tkazayotgan shaxs etakchi rol o‘ynashi
lozim.
Tergovchi JPK normalari va kriminalistika tavsiyalariga amal
qilgan holda, so‘roqni o‘tkazish tartibini belgilaydi, boshqa shaxslarning
harakatlarini, ularning ishtiroki darajasini boshqaradi, ayni vaqtda so‘roq
qilinuvchidan tergov qilinayotgan jinoyat to‘g‘risida ma’lumotlar olishni
ta’minlaydi. So‘roq qilinuvchidan mumkin qadar to‘liq va haqqoniy
ko‘rsatuvlar olishga intilib, tergovchi taktik mulohazalarga ko‘ra yuz
bergan voqea tafsilotlaridan xabardorligini ma’lum vaqtgacha oshkor
qilmaydi, o‘zi so‘roqning mazkur bosqichida foydalanish maqsadga
muvofiq, deb hisoblagan ma’lumotlarnigina xabar qiladi.
Olinayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash
– og‘ir vazifa, zero so‘roq qilinuvchi, hatto u butun haqiqatni bayon
etishni istayotgan bo‘lsa ham, o‘z istagini amalga oshirishga, muhim
holatlarni to‘liq eslashga doim ham qodir bo‘lavermaydi. Bundan
tashqari,
u
tergovchini
aynan
qaysi
faktlar
va
tafsilotlar
qiziqtirayotganini doim ham tushunavermaydi.
So‘roq qilinuvchi tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi amalda
qanday rivojlangani xususida vijdonan yanglishishi ham mumkin.
So‘roq qilinuvchi yolg‘on ko‘rsatuvlar bergan, ayrim muhim holatlarni
yashirgan, ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortgan, voqeaning asl
manzarasini aniqlashda tergovchiga halaqit berishga uringan hollarda
vaziyat yanada murakkablashadi.
Yuzlashtirishni o‘tkazayotganda so‘roq qilish ushbu tergov
harakatining alohida turi hisoblanadi. Olinayotgan ma’lumotlarning
ishonchliligiga ko‘ra haqqoniy ko‘rsatuvlar beruvchi shaxsni so‘roq
qilish va yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgani ayon bo‘lgan odamni so‘roq
Do'stlaringiz bilan baham: |