Nazorat savollari:
1. Identifikatsiya ob’ekti sifatida odamning tashqi qiyofasi
qanday xususiyatlarga ega? Odamning tashqi qiyofa belgilari tizimiga
nimalar kiradi?
2. Portretlar bo‘yicha identifikatsiya qilish turlarini tushuntirib
bering. Aniq jinoyat bo‘yicha odamlarning portretlari asosida
o‘tkaziladigan identifikatsiyaviy tekshiruvga misol keltiring.
Kazuslar:
1-kazus
2014 yil 5-yanvar kuni Olmazor tumani Bog‘ ko‘chasida F.ga
nisbatan talonchilik jinoyati sodir etilgan. Talonchilik natijasi F.ning
bo‘ynidan qimmatbaho taqinchoq olib ketilgan. Tushuntirish ishlari olib
borish jarayonida fuqaro F. talonchi qo‘shnisi S.ga o‘xshab ketishini
Ma’lumot uchun! Ekspertiza tekshiruvida odam kallasining
rentgen surati ham ishlatiladi. Boshning o‘ng yoki chap qiyasi
tomonidan olingan shaklida ayniqsa yumshoq to‘qima soyasida
peshona, burun, lab va boshqa ba’zi nuqtalari aniq ifodalanadi.
Rentgen surati boshning to‘g‘ri (fas) holatida olinsa unda yuzning
shakli, o‘lchovi bosh chanog‘ining shakli – o‘lchovi kabi belgilar
ifodalanadi. O’lgan odamning suyak qoldiqlaridan turli qoliplar ham
yasalib tekshiruvga yuborilishi mumkin. Ularga kalla suyagiga gips
yoki boshqa yumshoq moddadan qoliplar yasab uning shakli –
tuzilishi tiklanadi. Bunday hollarda marhumning tishlaridan qolip
olish hodisalari ham uchrab turadi va mazkur ob’ektlar kompleks
tekshiruvga yuboriladi.
152
ta’kidlab o‘tgan.
YUqoridagi holatga kriminalistik jihatdan baho bering, bunda
tergovchi qanday tergov va tezkor qidiruv harakatlarini amalga
oshirishi kerak? Ularni amalga oshirish taktikasi va qo‘llaniladigan
kriminalistik texnik vositalarni bayon qiling.
Ushbu hoglatda odamning portretlari asosida o‘tkaziladigan
identifikatsiyaviy tekshiruv olib borish mumkinmi?
2-kazus
Fuqaro D. Yunusobod tuman prokuraturasiga murojaat etib,
o‘zining tilla taqinchog‘ini o‘g‘irlab ketishganligini aytdi. Fuqaro D.
ning aytishicha, o‘g‘irlik ko‘chada sodir etilgan, u o‘g‘rining kim
ekanligini bilmasligini, o‘g‘ri taqinchoqni egasidan yulib olib
ketganligini ta’kidladi. Keyinchalik surishtiruv va dastlabki tergov
jarayonida hodisa joyini ko‘zdan kechirilganida va atrofda bir
qancha do‘kon sotuvchilari bilan so‘rov o‘tkazilganida ulardan biri
jinoyatchini yuzini ko‘rganligini lekin kimligini tanimasligini aytdi.
Mazkur ish bo‘yicha tergovchi dalillarni to‘plash uchun
qanday tergov harakatlarini amalga oshirishi mumkin? O‘hrini
tashqi qiyofa belgilari bo‘yicha identifikatsiya qilish mumkinmi?
Odam tashqi qiyofasi bo‘yicha qanday tartibda identifikatsiya
qilinadi?
153
Do'stlaringiz bilan baham: |