149
1. Ekspertiza shaklida o‘tkazilib, uning natijasi tergov ishi
yuzasidan dalil bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchisi tezkorlik tekshiruvi
bo‘lib, uning natijasi dalil bo‘lmasada, ekspertiza tayinlashga va boshqa
protsessual
harakatlarni
o‘tkazishga asos bo‘ladi. Ekspertiza
tekshiruviga ob’ektlar odamning tashqi tuzilishini aks ettiradigan
fotosuratlari, ularning ko‘chirmalari, yuzning ayrim qismlarining
qoliplari, bosh suyagi (chanog‘i) va ularning rentgen nurlarida olingan
tasvirlari yuboriladi. Ekspertizaga rassomchilik, chizmachilik va yig‘ma
(sun’iy portretlar) ham yuborilishi mumkin. Lekin bular yuzasidan
o‘tkaziladigan ekspertiza tekshiruvining natijalari bir muncha
cheklangan bo‘ladi.
Ekspertizaga yuboriladigan fotoportretlarni tadqiq etish, ularni
ko‘zdan kechirib umumiy xususiyatini qayd etishlikdan boshlanadi.
CHunonchi, portretning shakli, o‘lchovi, qanday yozuvlari borligi,
tasvirlangan shaxslarning jinsi, taxminiy yoshi, fotosurat ishlangan vaqt
va boshqalar aniqlanadi.
Tekshiriluvchi shaxsning fotoportreti bilan shunga o‘xshash
bo‘lgan yoki namuna vazifasini bajaruvchi fotoportretlarni tadqiq etish,
ularda tasvirlangan bitta shaxsning aynanligini aniqlash uslubi, umumiy
ekspertiza tekshiruvi uslubiyotidan bir muncha o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlari
bilan
farqlanadi.
Jumladan,
qiyosiy-uslubiy
modellashtirish, portretlarni bir-biriga ustma-ust tushirish, birlashtirish
va boshqa texnik usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqi tuzilish
alomatlarining bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas belgilari bo‘yicha ayni
bir xil o‘lchamga keltirilgan taqqoslanayotgan tasvirlarni birlashtirish
(montaj) usullari ham mavjud. Hozirgi kunda fotoportret tekshiruvlarida
o‘lchash uslublari ham keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, ayrim anatomik
nuqtalar o‘rtasidagi burchak kattaliklari oddiy transportir asbobi bilan
yoki uning qo‘shimcha qo‘shilmasi bo‘lgan doiraviy shakldagi maxsus
asbob yordamida o‘lchanadi.
Bir xil shaklda tayyorlangan fotoportretlardagi tasvirlarni
taqqoslashda grafik yasash uslubi ham samaralidir. Taqqoslanayotgan
ob’ektlardagi bir guruhga tegishli belgilar aniqlanib, ulardagi
uchburchak, romb, trapetsiya va boshqa geometrik shakllarning (bir-
biriga to‘g‘ri kelishi) tengligi rasmdagi shaxslar tasviri mazkur
izlanuvchi shaxsning tasviri ekanligi, ya’ni aynanligi aniqlanadi.
SHuningdek, grafik identifikatsiyalashning algoritmlarini tuzish uslubi
ham mavjuddir. Bu uslub tekshirilayotgan ob’ektning o‘ziga xos bo‘lgan
150
nuqtalari, belgilar tizimi, istiqbolli muvofiqlik yoki aksini kuzatish
uchun tavsiya qilingan.
Ekspertiza tekshiruviga odam murdasining suyak qoldiqlari
(asosan bosh chanog‘i) yuborilib, uning shaxsini aniqlash zarur bo‘lsa,
ekspertizaga shubhalangan shaxsning hayotiy davridagi foto yoki
boshqa portretlari yuboriladi. SHu bilan birga iloji bo‘lsa, o‘lgan
shaxsning rentgen surati, ko‘zdan kechirishda tayyorlangan fotosurati,
qo‘lda chizilgan boshqa turdagi portretlari ham yuboriladi. Bu
ekspertizani o‘tkazishda kriminalistlar bilan bir qatorda tibbiyot
sohasidagi mutaxassislar ham jalb etiladi.
Ekspertiza
tekshiruvi
dastlab
portretlarni
alohida-alohida
o‘rganishdan boshlanadi, so‘ng har bir tekshirilayotgan portretdagi
tashqi qiyofa belgilari aniqlanib, o‘zaro o‘xshash belgi-tuzilish
xususiyatlari solishtirilib tahlil qilinadi. Belgilarning o‘zaro o‘xshashligi
yoki aksincha xar xil bo‘lishi sharhlanib o‘xshashlik yoki o‘xshamaslik
sabablari asoslantiriladi. Portretlardagi tasvirlangan shaxslar qiyofasi bir
odamga tegishlimi yoki har xil o‘xshash bo‘lgan shaxslarning tasvirimi -
bu haqda xulosa qilinadi. Tekshirilayotgan portretlardagi umumiy va
xususiy belgilar yig‘indisi bir-birini takrorlasa (bir xilda ekanligi
kuzatilsa), portretlardagi tasvir bitta shaxsga tegishli ekanligi, ya’ni
qidirilayotgan odamning aynanligi tasdiqlanadi. Belgilarning ba’zilari
o‘xshash bo‘lsayu, ba’zilari mutloq boshqa shakl, o‘lchov va hokazo
bilan tasvirlansa, aynanlik masalasi inkor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: