5. Imzolarni texnikaviy qalbakilashtirish.
Soxta hujjatlarga haqiqiy asl hujjatdagi imzolarni nuxsa
ko‘chiruvchi qog‘oz yordamida yoki hujjatni yorug‘likka tushirish bilan
imzoning soyasini soxta hujjatga tushirib so‘ng ustidan yozish quroli
bilan yurgiziladi. Mazkur hollarda qalbakilashtirilgan imzodagi yozuv
harakati bir muncha sustlashganligi, chiziqlarning yo‘g‘onlashganligi va
tekisligi buzilganligi kuzatiladi. Hujjatni turli nurlarda ko‘zdan kechirish
natijasida soxta imzoning shtrixlarida qalam, ruchka harakatini to‘xtatish
alomatlari va nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz bo‘yoqlari zarrachalarini
ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |