Dastxatning identifikatsiyaviy belgilari
Xat, imzo va boshqa qo‘lda yozilgan matnlarni kim tomonidan
bajarilganligini aniqlashda qo‘llanadigan uslub dastxatshunoslik usluji
deb ata ladi. Identifikatsiyaviy belgilar esa tekshiruv tadqiqot, izlanish
aniqlashda vosita bo‘ladigan xatning belgi - alomatlaridir.
Dastxatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishda ekspert dastxatda
mavjud bo‘lgan quyidagi belgilarni o‘rganib, tahlil qilib tekshiruv
o‘tkazadi.
1. Dastxatning mazmuniga oid sifatlari.
2. Topografik belgilar (xat, imzo, raqam, yozuvlarning hujjatda
joylashuv xususiyatlari);
3. Dastxatni yozish usulining umumiy sifat va belgilari;
4. Xatning alohida (xususiy) belgilari.
Dastxatning birinchi guruhdagi sifat belgilarini “nutq-belgilari”
deb ham ataydilar. Bu belgilar yozgan shaxsning umumiy saviyasini aks
ettiradi. Bularga nutq xususiyati, so‘z boyligi darajasi, so‘zlar o‘z
o‘rnida ishlatilishi, jumla tuzilishi, so‘zlashuvda saqlangan sheva va
xorij iboralarining xatda aks etishi, grammatik xatolarning odat bo‘lib
qolishi kabilar kiradi. Mazkur sifat belgilari ma’lum hajmda yozilgan
qo‘lyozma matnda ifodalanadi. Imzo va qisqa bo‘lgan jumla yoki raqam
yozuvlarida nutq belgilari to‘la aks etmaydi.
Xatshunoslik ekspertizasida nutq belgilari yordamchi, qo‘shimcha
belgilar vazifasini o‘taydi muallifshunoslik ekspertizasida esa u asosiy
o‘rin egallaydi. Dastxatning umumiy belgilari uch guruhga bo‘linadi:
1. Dastxatning shakllanish darajasini bildiruvchi belgilar:
dastxatning ishlanish darajasi, harakat aniqligi, bog‘lanish, yozish
tezligi, bosimi;
2. Harakatlar tuzilishini bildiruvchi belgilar: dastxat tuzilishi,
ustunlik qiluvchi harakat shakli, harflar o‘lchami, oralig‘i, qiyaligi,
harflarning bo‘yi va eni bo‘yicha o‘lchami;
3. Topografik belgilar, ya’ni qo‘lyozma bitilganda harakatlarni
joylanishini bildiruvchi belgilar: yozuv chizig‘ining shakli va yo‘nalishi,
tipografik blanka chizig‘iga nisbatan joylanishi, hoshiya o‘lchami,
hoshiya chizig‘ining shakli, so‘zlar va qatorlar orasidagi masofa va
boshqalar.
Har bir umumiy belgining o‘z sifatlari aniqlanadi. Masalan,
dastxatning ishlanish darajasiga ko‘ra xatning yuqori, o‘rta va past
darajada bajarilish sifatlari belgilanadi. YUqori darajada ishlov berilgan
116
xatning yozilish tezligi ham shunga mos bo‘lib, harflarning umumiy
tuzilishi asosan bir muncha soddalashtirilgan, noaniq bo‘ladi. So‘z va
harflar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir chiziq yo‘nalishida, qo‘lning
avtomatik harakati natijasida, qalam - ruchka qog‘ozda uzilmagan holda
bajariladi.
YUqorida keltirilgan belgilar umumiy bo‘lib, yozgan shaxsning
qaysi guruhga mansubligini bildiradi, ya’ni “dastxati yuqori darajada
ishlangan shaxslar, xatni yirik (mayda) yozadigan shaxslar” degan fikrni
beradi va hujjatning yakka yozgan shaxsni aniqlashda izlanish doirasini
bir muncha toraytiradi va identifikatsiya - aynanlikni aniqlashda birinchi
bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Lekin umumiy belgilar ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib, ma’lum
vazifalarda tasnifiy va darajaviy masalalarni echishga imkon beradi.
Masalan, tekshiriladigan hujjat yuqori darajada ishlangan dastxat bilan
bajarilgan vaziyatda uni bajarishda gumon qilinuvchi shaxs dastxatining
ishlanish darajasi past bo‘lsa, u holatning o‘ziyoq hujjat gumon
qilinuvchi tomonidan bajarilmagan degan xulosaga asos bo‘ladi. Har bir
umumiy belgi guruhi qator alohida xususiy belgilarni ifodalaydi va bir
qancha guruhga bo‘linadi. Bunda qo‘shimcha ravishda xususiy belgilar,
xatning ayrim harflar va ularning qism elementlari aks etadi. Mantiq
ilmining qoidasi asosida umumiy tushuncha xususiy alomatlarda ifoda
etiladi, xususiy belgi alomatlar yig‘indisi esa umumiy sifat haqida
xulosa chiqarishga imkon beradi. Mana shu ilmiy holat xatshunoslik
tekshiruviga to‘la tatbiq etiladi.
Xususiy belgilar bir sifatda bo‘lmay ayrim yoki bir qator harflarda
namoyon bo‘lishiga qarab alohida va yagona (faqat bir harfda)
uchraydigan belgilarga ajratiladi. Masalan, bir nechta - “z”, “d”, “u”
harflarida bir xil shaklda bo‘lgan satr tagidagi halqa qismi alohida belgi
qatoriga kiradi. Agar bunda bitta harfda halqa shakli faqat o‘ziga xos
bo‘lsa, u xususiy belgilar qatoriga kiradi. Harflarning harakatini
murakkabliligi bo‘yicha tuzilishi, harf elementlarini bajarishda harakat
yo‘nalishi, shakli va bo‘yi (vertikal) va eni (gorizontal) bo‘yicha
ko‘lami, birlashtirish usuli, soni (miqdori), ketma-ketligi, bosimning
o‘zgarishi, yozish harakatining boshlanishi, tugallanishi, ulanish,
kesilish nuqtasi joylanishi va boshqalar xususiy belgilar guruhini tashkil
qiladi.
Kriminalistikaga oid so‘nggi tadqiqotlarda dastxatning yana bir
qancha integrativ belgilari haqida so‘z yuritilgan. Bu belgilar umumiy va
xususiy belgilar o‘rtasida o‘rin egallab, dastxatdagi asosiy harakatni
117
bildiradi. Masalan, bir necha harflar va ularning elementlarini bajarishda
halqasimon chap aylanmali harakat kuzatiladi.
Dastxatning umumiy va xususiy belgilari muayyan vaqtga nisbatan
mustahkam bo‘lib, umumiy individuallik va (turg‘unlik) xususiyati
nisbiydir. Bu tushunchani quyidagicha sharhlash mumkin. Xatni, imzoni
bajarayotgan shaxs o‘z ixtiyori bilan yoki biror shart-sharoit ta’sirida
beixtiyor o‘zgartirib yozishi mumkin. Bu holda umumiy belgilarning
o‘zgarishi to‘la yoki qisman osonroq amalga oshadi, xususiy belgilarda
qisman o‘zgarish yuz beradi, umumiy aynanlik xususiyati esa o‘zgarmay
yozuvda saqlanib qoladi.
Hujjat jinoiy harakat uchun qurol sifatida ishlatilgan hollarda uni
qo‘lyozma qismlarini (harf, raqam, imzo kabilar) bajarayotgan shaxs
tergov jarayonida uni tekshirilishi, kim tomonidan yozilganligini
aniqlanishini avvaldan biladi yoki shunday imkoniyat bo‘lishini sezadi.
SHuning
uchun
qalbaki
yoki
noqonuniy
hujjatni
tuzishda,
rasmiylashtirishda yoziladigan raqam-sonlar, so‘z bilan ifodalanadigan
buyruq – ko‘rsatmalarni tasdiqlovchi imzolarni bajarish jarayonida
yozayotgan shaxs xatini o‘zgartirib yozishga harakat qiladi. Hujjatni
qalbakilashtirishda ko‘p hollarda jinoyatchi o‘zining imzosini o‘zgartirib
yoki imzoni boshqa mansabdor shaxs nomidan uning imzosiga
o‘xshatishga taqlid qilib bajaradi. Lekin qasddan o‘zgartirib yozilgan
xatning asosiy qismida belgilar to‘laligicha o‘zgarmas holda saqlanib
qoladi. Ko‘p yillar davomida shakllangan va individuallik xususiyatiga
ega bo‘lgan dastxat to‘la o‘zgarishi mumkin emas. Bu masala
kriminalistik ekspertizaning ko‘p yillik izlanishdagi nazariyasi va amaliy
faoliyati davomida o‘z isbotini topgan.
Dastxat ataylab o‘zgartirib yozilgan qo‘lyozmada, asosan umumiy
belgi sifatlarning odatdagi yozilishidan bir muncha o‘zgarish
alomatlarini kuzatish mumkin. Bular quyidagilardir: yozish jarayonida
tezlik susayadi, natijada harf va ularning birikmalari alohida-alohida
yozilib, qo‘lning titrashi yozuvda aks etadi. Xatni mikroskop (lupa)
ostida bir muncha kattalashtirib kuzatilganda yozishdagi harakatning
ayrim joylarida to‘xtash nuqtalarini ham ko‘rish mumkin. Oval shaklida
yoziladigan harf qismlarida oval-aylanma joylarida burchaklar hosil
bo‘lishi, yozishdagi yo‘nalishning o‘zgarishida harflarning hajmi va
chiziqda
joylashuvini
tuzilishi,
umumiy
yozishdagi
avtomatik
harakatning susayishi kabi alomatlarni kuzatish mumkin bo‘ladi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi imzolar ham xatshunoslik
tekshiruvi ob’ekti hisoblanadi. SHuning uchun yuqorida keltirilgan
118
umumiy va xususiy belgilar tizimi imzolarni tekshirishda ham
to‘laligicha qo‘llaniladi. SHu bilan birga imzolarni o‘ziga xos bo‘lgan
ba’zi xususiyatlariga nisbatan alomatlari ham mavjuddir. Bular
imzoning umumiy tuzilishi va transkripsiyasi; harfli, harfsiz, aralash harf
yoki harfsiz chiziqlar birikmasidan tashkil topgan imzolardagi
belgilardir. Harfli imzo deb faqat harflardan tuzilgan imzoni
ifodalaydilar. Harflar va o‘qilmaydigan aylanma chiziqlardan hosil
bo‘lgan imzolar aralash imzolar deyiladi. Harfsiz, ya’ni faqat o‘qib
bo‘lmaydigan, harf shakliga o‘xshagan chiziqlardan tashkil topgan imzo
esa chiziqli imzo deyiladi.
Ba’zi shaxslar imzosining boshlanish qismida o‘zining ismidagi
bosh harf bilan otasining ismini bosh harfiga qo‘shib “monogramma”
shaklida yozadi. So‘ng boshqa harf yoki chiziqlar bilan tugatadi, chiziq
osti va ustiga qo‘shimcha bezaklar kiritadi. Imzoni tugatadigan turli
shakldagi chiziqlar jimjima deb ataladi.
Raqam va boshqa belgilar bilan ifodalangan yozuvlar ham mazkur
ekspertiza ob’ekti sifatida tekshirilib, belgilarini tavsiflash, matnining
hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yozuvlarda ham insonning yozish
malakasining o‘ziga xos individuallik xususiyati aks etadi.
Insonning xizmati, hunari, mutaxassisligi tufayli uning xizmat
faoliyatida bitta emas bir necha ko‘rinishga ega bo‘lgan yozuvlari
(imzolari) bo‘lishi mumkin. Har bir ko‘rinishdagi umumsifat belgilari
shaxsning individuallik yozish xususiyatini saqlab qoladi va aks ettiradi.
Bular dastxat (imzo)ning turli variantlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |