Giyovandlik vositalari – «Giyovandlik vositalari to'g'risida»gi
BMTning 1961 yilgi Yagona Konventsiyasining I va II Ro'yxatlariga
kiritilgan tabiiy yoki sun'iy tayyorlangan har qanday giyovandlik
vositalari, «1961 yilgi «Giyovandlik vositalari to'g'risida»gi Yagona
Konventsiyaga tuzatishlar haqida»gi 1972 yilgi Protokolga asosan
kiritilgan tuzatishlar bilan birga.
Hujjat – bu biror hodisani o‘zida yozma ravishda aks ettiruvchi
moddiy ob’ektdir.
Hujjatlarni qalbakilashtirish – bu hujjatning butun yoki bir
qismiga o‘zgartirish kiritish yoki to‘liq sohtalashtirishdir.
Hujjatlarni texnikaviy usulda tekshirish - bu qator optik asboblar
yordamida, oddiy lupalar, mikroskoplar, moslamalar, turli nur hosil
qiluvchi manbalarni ishlatish bilan amalga oshirish jarayon.
Identifikatsiya – bu lotincha “idem” (aynan o‘sha) so‘zidan olingan
bo‘lib, aynanlikni aniqlashni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |